Bizning faoliyatimiz

UNICEF O'zbekistondagi bolalar manfaatini ko'zlab ish olib boradi

UNICEF

Biz bolani, barcha huquqlari to`liq tadbiq qilinishi lozim bo`lgan, tirik qolish va rivojlanish uchun shaxsiy ehtiyojlarga ega shaxs sifatida ko'ramiz. Biz har bir bola uchun teng imkoniyatni ta'minlash maqsadida eng zaif bolalarga e'tiborimizni qaratamiz. Bu bizga, mamlakat hukumati bilan hamkorlikda bola quvonch, umid va qadr-qimmatga to'la hayot kechirishi uchun turli xil ehtiyojlarini qondirish maqsadida yaxlit yondashuvni ishlab chiqishga yordam beradi.

Bolalar himoyasi

UNICEF O‘zbekiston hukumatini bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, ekspluatatsiya, shafqatsiz munosabat, befarqlik, zararli amaliyotlarning oldini olish va ularga qarshi kurashni kuchaytirish uchun samarali va inklyuziv bolalarni himoya qilish tizimini yaratishda qo‘llab-quvvatlaydi.

Bizning maqsadimiz har bir bola uchun qo‘llab-quvvatlovchi oila muhiti, adolatga erishish, parvarish va qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini  ta’minlashdir. Faoliyatimiz bolalarni himoya qilish borasida natijalarga erishish uchun aniq javobgarlik bo‘lgan holda aholi darajasida ilmiy nuqtayi nazardan asoslangan profilaktika bo‘yicha yondashuvlarni kengaytirishdan iborat. Bu odil sudlovdan universal foydalanish, oila va ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash, xavfsiz maktablar va onlayn xavfsizlik hamda ijobiy me’yorlar va qadriyatlarni umume’tirof etishni o‘z ichiga oladi.

Bola himoyasi dasturining yo'nalishlari 

Bolalar sog'ligi

UNICEF O‘zbekistonda hukumat va hamkorlar bilan birgalikda har bir bolaning tug‘ilgan paytidan boshlab omon qolishi va to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash maqsadida faoliyat olib boradi.

UNICEF dalillarga asoslangan sa’y-harakatlarni amalga oshirish orqali tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash va qamrovini kengaytirish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga ko‘mak beradi.

Shuningdek, bolalarning butun bolalik davrida sog‘lom o‘sishi va rivojlanishi borasidagi ishlarga hissa qo‘shamiz. UNICEF immunizatsiya qamrovini kengaytirish, oziqlantirish xizmatlarini rivojlantirish va istisnosiz ko‘krak suti bilan oziqlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarda o‘z hissasini qo‘shadi. Infeksion bo‘lmagan kasalliklar hamda o‘smirlar orasida surunkali kasalliklar ortib boyayothanini inobatga olib, ruhiy-ijtimoiy yordam oziqlanish hamda gigiyena bo‘yicha ta’limni maktab va birlamchi tibbiyot muassasalariga integratsiya qilish ustida ishlamoqdamiz.

Sog‘lom va qo‘llab-quvvatlovchi bilim olish muhitini yaratish uchun sog‘liqni saqlash muassasalari va maktablarda iqlimga chidamli suv, sanitariya va gigiyena (SSG) xizmatlaridan foydalanishni yaxshilashda UNICEF O‘zbekiston hukumatiga ko‘mak beradi. Iqlimga chidamli SSG amaliyotlari va infratuzilmasi SSG xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirib, ular barqaror bo‘lishini ta’minlaydi. Rejalashtirish, loyihalash va amalga oshirishda iqlim omillarini hisobga olgan holda, taklif etilayotgan dastur SSG tizimlari hamda jamoalarning chidamliligi barqaror bo‘lishiga oshirishga ushbu dastur yordam berishi mumkin.

Bizning ishimiz dalillarga va adolatga asoslangan. Uyga tashrif buyuruvchi patronaj xizmati va raqamli sog‘liqni saqlash innovatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash orqali UNICEF eng zaif qatlamlarga ham xizmatlar yetib borishini hamda hech bir bola e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlashga harakat qiladi.

O‘zbekiston hukumati va hamkorlarimiz bilan birgalikda barqaror, inklyuziv va bolalarga yo‘naltirilgan kelajak sog‘liqni saqlash tizimini barpo etmoqdamiz.

Sog'liqni saqlash dasturining yo'nalishlari 

Ta'lim

UNICEF maktabgacha va maktab darajasida sifatli va inklyuziv ta'limni ilgari suradi. Qiyin sharoitdagi, qishloq joylardagi, nogironligi bo’lgan bolalar, shuningdek ta’lim muassasalariga bormaydigan qiz va o’g’il bolalar ta’lim bilan qamrab olinishiga intilamiz.

O‘zbekistonda bugun yuqori sifatli inklyuziv ta’limga o‘tish jarayonini boshlash uchun noyob imkoniyat mavjud. UNICEF Oʻzbekiston hukumatiga taʼlim sohasidagi tizimli islohotlarning barcha asosiy yoʻnalishlari boʻyicha texnik koʻmak koʻrsatadi, shuningdek, Taʼlim boʻyicha Global hamkorlik doirasida taʼlim sohasi uchun muvofiqlashtiruvchi agentlik vazifasini bajaradi.

UNICEF ko‘magida O‘zbekiston hukumati 2023–2026 yillarga mo‘ljallangan ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha Milliy hamkorlik bitimini ishlab chiqdi. Ushbu hujjat hukumat tomonidan ma'qullangan va rivojlanish bo'yicha hamkorlar tomonidan imzolangan, dalillarga asoslangan yo'l xaritasi bo'lib, unda ta'lim sohasiga sarmoya kiritishning ustuvor yo'nalishlari belgilangan. Hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) va milliy taʼlim natijalariga erishishda rivojlanish boʻyicha hamkorlar va keng fuqarolik jamiyatining faol ishtirokini taʼminlaydi.

 

Ta’lim dasturining yo’nalishlari

Ijtimoiy siyosat

 

UNICEF O‘zbekistonda yanada samarali va inklyuziv ijtimoiy siyosatni amalga oshirish orqali mamlakatdagi har bir bolaning hayotda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlashga intiladi. Biz O‘zbekiston hukumatining kundalik hayotda va favqulodda vaziyatlarda ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz.  Maqsadimiz - har bir bola hayotining munosib boshlanishini ta’minlash, bolalar kambag’alligini  qisqartirish, bolalar ehtiyojlariga qaratilgan davlat moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish, bolalar va yoshlarga do‘stona munosabatdagi mahalliy boshqaruv rivojlanishiga ko’mak berish.

UNICEF O‘zbekiston hukumatining bir qator tizimli islohotlarni, jumladan, ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilish, ma’muriy konsolidatsiya va ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirishni amalga oshirishdagi asosiy hamkori hisoblanadi. Biz natijalarga qaratilgan byudjetlashtirishni ilgari surishda yordam beramiz, bu esa davlat moliyasini boshqarish bilan bog'liq muammolarni hal qilishga yordam beradi. Shuningdek, UNICEF O'zbekistondagi monetar va ko'p o'lchovli bolalar kambag’allibini o'lchashga yordam bermoqda.

Ijtimoiy siyosat dasturining yo’nalishlari