O’smirlar va yoshlar rivojlanishi hamda ishtiroki

UNICEF ularning ko‘nikmalarini rivojlantirish va ishga joylashish dasturlarini taqdim etadi

UNICEF
UNICEF

Dolzarb masala

O‘zbekistondagi bolalar va yoshlar aholining 55 foizini tashkil etishini hisobga olgan holda, mamlakat hukumati yoshlarning ta’limi, rivojlanishi, ularni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash masalalarini davlatning asosiy ustuvor yo‘nalishlari deb belgilaydi. Mamlakatning inson kapitalini rivojlantirishga katta hajmdagi resurslar va kuchlar yo‘naltirilmoqda. Biroq, maktabdan ishga o'tish hali ham juda murakkab jarayon bo’lib qolmoqda.

O‘smir va yoshlarga kelgusidagi ish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni, kasbga yo’naltirish va birinchi ish tajribasi bo’yicha xizmatlarni taqdim etish bugungi kunda murakkab masaladir. O‘smirlarga qiyinchiliklarni yengishda yordam berish uchun UNICEF ularning ko‘nikmalarini rivojlantirish va ishga joylashish dasturlarini taqdim etadi. Bunda eng zaif qatlamlarga – chekka hududlardagi yoshlar, qizlar, nogironligi bo’lgan yoshlar, vaqtincha yashash joyidan ko’chganlar va ishsizlarga alohida e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, UNICEF yoshlarni o‘z jamiyatlarini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishga jalb qilish uchun platformalar yaratdi.

Ko’nikmalarni rivojlantirish

So’nggi to’rt yil davomida 1.8 milliondan ortiq yoshlar (893,761 dan ortiq o‘g‘il va 894,053 qiz) quyidagi dasturlar orqali o‘zlarining ijtimoiy, emotsional, tadbirkorlik, raqamli, STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) va ishga joylashish uchun zarur bo’lgan ko‘nikmalarini rivojlantirdilar:

UNICEF

UPSHIFT - yoshlarni ijtimoiy innovatsiyalar va ijtimoiy tadbirkorlikka o'rgatish dasturi

UPSHIFT 16 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan o'smirlar va yoshlarni qamrab oladi. UPSHIFT yoshlarni ijtimoiy va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘z jamoalari oldida turgan ijtimoiy muammolarga innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlaydi. Haqiqiy hayotiy tajriba beradigan ochiq, do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda amalga oshirilayotgan mazkur dastur ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘smirlarga qaratilgan. Qizlar, chekka qishloqlardagi yoshlar, nogironligi bo’lgan yoshlar, internat muassasalarining bitiruvchilari, shuningdek, o’qimaydigan, ishlamaydigan va ta’lim olmayotgan (NEET) yoshlar shular jumlasiga kiradi. 

UNICEF

“Skills4Girls” ta’lim dasturi

Dastur chekka hududlardagi qizlar hamda ko‘rish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan qizlarga kompyuter savodxonligi, dasturlash hamda boshqa raqamli va ishga joylashish uchun zarur bo’lgan boshqa ko‘nikmalarni o‘rganishga yordam beradi.

UNICEF

STEM sohasidagi UniSat ta'lim dasturi

UniSat qizlarga mo’ljallangan bo’lib, ularga dasturlash, muhandislik, ma'lumotlarni tahlil qilish bo'yicha ko'nikmalarni rivojlantirishga, nanosun'iy yo'ldosh yaratish va uni stratosferaga uchirish jarayoni orqali koinot va iqlim fanlari bo'yicha bilimlarini kengaytirishga yordam beradi. Dasturni tugatgandan so'ng ko'pchilik qizlar fan va texnologiya sohasida o'qishni yoki o’z karyeralarini davom ettirmoqdalar. 

UNICEF

Chatga asoslangan FunDoo raqamli platformasi

FunDoo yoshlarga, jumladan, ularning eng zaif qatlamlariga XXI asrning atrof-muhit va bandlik ko'nikmalarini interaktiv ryoki vustaqil ravishda o'rganish orqali kelajakka tayyorgarlik ko'rishga yordam beradi.

UNICEF

Ishtirok etish

Milliy hamkorlar bilan birgalikda UNICEF yoshlar va qaror qabul qiluvchi shaxslar salohiyatini kuchaytirdi. UNICEF oʻsmirlar va yoshlarning hayotiga taaluqli masalalarda ishtirokini taʼminlash uchun quyidagi tashabbuslar orqali platformalar yaratdi:

“Bolalar va yoshlarga do‘stona mahalliy boshqaruv” tashabbusi

Tashabbus yoshlar va bolalar huquqlarini, jumladan, ularning ahamiyatli ishtirokini mahalliy boshqaruv va qarorlar qabul qilish markaziga qo‘yadi. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi mahalliy boshqaruvni bolalar va yoshlarning ehtiyojlarini tizimli ravishda hal qilish orqali o'z jamoalarining rivojlanish ehtiyojlarini eng yaxshi tarzda qondiradigan tarzda tashkil etishdir.

UNICEF

“Yosh eko chempionlar” milliy tarmog‘i

Tarmoq O‘zbekistonning barcha hududlaridagi 15-18 yoshli o‘smirlarni birlashtirgan. Ular tengdoshlar orasida iqlim o'zgarishi haqida xabardorlikni oshirish va jamiyat darajasida iqlim o’zgarishiga qarshi kurash harakatliarni safarbar qilish uchun faoliyat olib boradilar. Hukumat bilan hamkorlikda yosh eko chempionlar milliy va xalqaro darajada iqlim o‘zgarishiga qarshi advokatsiya ishlarini olib boradilar. 2024-2025 yillarda yosh ekologiya chempionlari 17,000 dan ortiq tengdoshlarini faol ekologik harakatlarga jalb qildilar, ular Bokudagi COP-29 kabi milliy va xalqaro siyosiy platformalarda chiqish qildilar.

UNICEF
UNICEF

Istiqboldagi rejalar

UNICEF yoshlarning o’qishdan ishga o‘tishini va faol fuqarolik pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator innovatsion dasturlarni ishga tushirdi. Bunda eng zaif qatlamlarga alohida e’tibor qaratdi. Bu dasturlar rasmiy va norasmiy ta’lim tizimlari orqali ularni yanada kengaytirish va amalga oshirish, yoshlarning mehnat bozoriga kirib borishi va faol fuqaro bo‘lib yetishishi uchun model bo‘lib xizmat qilmoqda.