Programme
Biz haqimizda
UNICEF haqida bilishingiz kerak bo'lgan narsalar

Biz kimmiz
70 yildan beri dunyoda va 24 yil mobaynida O'zbekistonda, UNICEF faoliyatini bolalar va ularning oilalari hayotini yaxshilash uchun, o`z e`tirborini ayniqsa eng qiynalib qolganlarga qaratgan holda, yuritmoqda.
Dunyo bo`ylab katta qiyinchiliklar mavjudligiga qaramay, UNICEF xodimlari har bir bolaning ovqatlanish, tabiiy ofatlardan va zo'ravonliklardan himoya qilinish va tenglik huquqlarini amalga oshirish uchun ishlaydi.
Missiya
UNICEF Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaga amal qilib, uning qoidalari bolalarga nisbatan etika tamoyillari va xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirilishini ilgari suradi.

Biz qanday ishlaymiz
UNICEF o'zining hamkorlik dasturlari orqali O'zbekiston hukumatiga markaziy va mahalliy darajada bolalar va ularning oilalari huquqlari va farovonligi bilan bog'liq masalalarni hal etishda fuqarolik jamiyati tashkilotlari, parlament, jamoalar, yoshlar, ommaviy axborot vositalari, hamda ko'p tomonlama va ikki tomonlama rivojlanish bo'yicha hamkorlar bilan birgalikda yordam ko'rsatdi.
