Rehina Mariya Kastijio xonim - UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasining yangi rahbari

UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

UNICEF
UNICEF

Rehina Mariya Kastijio xonim Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi.

Ushbu lavozimga tayinlanishdan avval Kastijio xonim UNICEFning Xorvatiya Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari va UNICEFning Paragvaydagi vakolatxonasi rahbari lavozimlarida ishlagan.

2016 yilda UNICEF da mehnat faoliyationi boshlashdan oldin Kastijio xonim Boliviya, Ekvador va Perudagi UNAIDS direktori, Shveytsariyada UNAIDS xususiy sektor bilan hamkorlk bo‘limi rahbari va BMT Bosh kotibi Kofi Annan Ijroiya apparatida Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodimi bo‘lgan.

Kastijio xonim AQShning Vashington shtatidagi G‘arbiy Vashington universitetida iqtisod va xalqaro munosabatlar bo‘yicha tahsil olgan, AQShning Indiana shtatidagi Notr-Dam universitetida davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar bo‘yicha magistrlik darajasini olgan.

Rehina Mariya Kastijio xonim ispan, ingliz va frantsuz tillarida ravon so‘zlashadi. Oilali, ikki farzandi bor.

***

Batafsil ma’lumot olish uchun kontaktlar:

Nargiza Egamberdiyeva, UNICEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchisi 

Telefon: + 998 93 380 34 19

El. pochta: [email protected]