Immunizatsiya

Immunizatsiya

UNICEF
UNICEF

UNICEF O‘zbekistonning Milliy immunizatsiya dasturini ko‘p yillardan beri qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Bu faoliyat birlamchi tibbiy yordam muassasalarigacha bo‘lgan xizmatlarni qamrab oladi. Biz muntazam emlash jarayoni uzluksiz bo’lishiga hamda COVID-19 vaksinalarini butun mamlakat bo’ylab namunali ravishda tarqatishga ko’mak berdi.

2024 yilda 5 yoshgacha bo‘lgan 4 millionga yaqin bolalar va bir yoshgacha bo‘lgan deyarli bir million bolalar Milliy emlash dasturi bilan qamrab olindi. Vaksinalarni xarid qilish, ularni xavfsiz tashish va lozim bo’lgan sharoitda saqlash, sovuqlik zanjirini yaxshilash orqali  UNICEF bunday tadbirlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

UNICEF talabni shakllantirish va qizamiq va qizilchaga qarshi emlash kampaniyasini monitoring qilish uchun texnik yordam ko'rsatdi. Natijada bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning 96,8 foizi difteriya, qoqshol va ko‘kyo‘talga qarshi vaksinaning uch dozasi, 98,9 foizi qizamiqqa qarshi vaksina bilan emlandi.

UNICEF ko’magida COVID-19 ga qarshi 72,5 million doza vaksinalar, jumladan bolalar uchun 201600 doza yetkazib berildi. Aholining 52,1 foizi to‘liq emlandi.

UNICEF mamlakatdagi sovuqlik zanjiri tizimini to‘liq modernizatsiya qildi. Tuman miqyosida 33 ta sovuq kamera, 558 ta muzlatgich va 206 dona muzlatgich kameralari, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasida 2078 ta muzlatgich xarid qilinib, o’rnatildi hamda 6100 dan ortiq vaksinalarni tashish konteynerlari yetkazib berildi.

UNICEF butun mamlakat bo‘ylab jami 21 ta vaksina ombori – 1 ta milliy, 14 ta viloyat va 6 ta tuman obektlarini qurishni amalga oshirdi. Shuningdek, 206 dona izotermik mikroavtobus, 17 dona muzlatkich, 16 dona sedan sotib olib, Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirdik.

UNICEF O‘zbekistonda uyga tashrif buyurishning universal progressiv tizimini joriy etishga o‘z hissasini qo‘shdi. Natijada O‘zbekistonda 4 milliondan ortiq ona va bolaning tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlari yaxshilandi.

O‘zbekistonning barcha hududlarida logistika, tarqatish va monitoring tizimlarining samarali ishlashini ta’minlash maqsadida tibbiyot xodimlari, immunizatsiya dasturi menejerlari hamda ta’minot va logistika mutaxassislarining salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Shu doirada Milliy vaksina omborining quyosh energiyasiga o‘tkazilishi boshlab yuborilgan bo‘lib, bu sovuq zanjir tizimining uzluksiz ishlashini va energiya barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, elektron immunizatsiya reyestrlari va axborot tizimlarini joriy etish va takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu esa real vaqt rejimida ma’lumotlarni kuzatish, qamrov monitoringini yaxshilash va bolalarni kuzatib borishni osonlashtiradi. Shu bilan birga, nol dozali va to‘liq emlanmagan bolalarni aniqlash va emlash bo‘yicha maqsadli strategiyalar amalga oshirilmoqda, ayniqsa olis, ijtimoiy zaif va qamrovi past hududlarda. Bu chora-tadbirlar mamlakat bo‘ylab immunizatsiya tizimining yanada integratsiyalashgan, barqaror va moslashuvchan bo‘lishini ta’minlaydi.