Ijtimoiy himoya
Bolalar va ularning oilalarining ijtimoiy va iqtisodiy zaifligining oldini olish va bartaraf etish
UNICEF aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, ayniqsa bolalar, o‘smirlar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish borasidagi muammolarni hal etishda O‘zbekiston hukumatining asosiy hamkori hisoblanadi. Asosiy sohalar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) Ijtimoiy himoya maqsadlarini qonunlar va siyosatda aks ettirish, shuningdek ijtimoiy himoyani yetarli darajada moliyalashtirishni ta'minlash;
2) milliy ijtimoiy nafaqa dasturlarini yaratish va rivojlantirish uchun texnik yordam ko'rsatish, jumladan diagnostik tahlillarni o'tkazish, reyestrlarni ishlab chiqish, monitoring va baholash tizimlarini joriy etish;
3) gender jihatlarini hamda nogironligi bo’lgan insonlarning manfaatlarini hisobga oladigan, moslashuvchan va samarali ijtimoiy himoya tizimlarini ilgari surish;
4) Iqlim o'zgarishi, iqtisodiy inqirozlar, nizolar va boshqa omillar tufayli yuzaga keladigan turli xil zarbalarga ijtimoiy himoya tizimlarining chidamliligi va javob berish salohiyatini oshirish. Bu zaiflikni kamaytirishga va gumanitar inqirozlar paytida yordam berish imkoniyatini kengaytirishga ko’mak berishi kerak.
UNICEFning O‘zbekistondagi strategik yordami aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining ahvoli yaxshilanishiga yordam berdi. 2021yildan boshlab bolalarni ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olish 3 barobarga oshdi va 2023-yilda bolalarning 40 foizi ushbu nafaqa bilan qamrab olindi.
Yagona ijtimoiy himoya reyestrning joriy etilishi tufayli kam ta’minlangan oilalardagi 4,8 milliondan ortiq bolalarga nafaqa berildi, 60 mingdan ortiq kishi nogironligi bo’lgan bolalarni parvarishlash bo’yicha nafaqa ola boshladi, hamda 16 mingdan ortiq xotin-qizlarga homiladorlik va tug‘riq davri uchun nafaqa tayinlandi. UNICEFning texnik yordami quyidagilarga qaratildi: ijtimoiynafaqalarni tayinlash mezonlarini, nafaqalarning tarkibiy tuzilmalariini, ariza berish, ularni ko’rib chiqish va nafaqa to'lovlarini amalga oshirish jarayonlarini hamda monitoring mexanizmlarini belgilash.
UNICEF milliy ijtimoiy himoya tizimidagi tarkibiy islohotlarni ilgari surishi hamda ularni amalga oshirishdagi nexnik yordami ijtimoiy himoya funktsiyalarini o’zida birlashtirgan Ijtimoiy himoya milliy agentligining (IHMA) tashkil etilishiga ko’mak berdi. Shu yo’sinda bolalar, nogironligi bo’lgan insonlar ijtimoiy homoyasi, shuningdek bolalar va ayollarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olish boyicha dasturlar yagona tizimga integratsiyalashdi.
UNICEF hukumat bilan Oʻzbekiston ijtimoiy himoya tizimining tashqi taʼsirlarga javob berishga tayyorligini oshirish boʻyicha hamkorlik qildi. Jumladan tizimning favqulodda vaziyatlarga tayyorligini baholash uchun tahlil o‘tkazish va qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, UNICEF iqlim juda issiq bo’lgan davrlardagi tadbirlarni o’tkazishda ijtimoiy nafaqalarning roli bo'yicha tadqiqot o’tkazib, bunday holat bolalar va zaif guruhlarga ta’sir qilishini ta'kidladi. UNICEF inqirozlar ta'sirining oldini olish uchun gumanitar yordamdan foydalanishni kengaytirish uchun 16 turli vazirliklarning 25 ta asosiy mansabdor shaxslari salohiyatini oshirishga yordam berdi.
UNICEFning strategik yoʻnalishi Oʻzbekistonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari, xususan nogironligi bo’lgan bolalar va ularni parvarishlovchi shaxslarni ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olish dasturlarining samaradorligini oshirish va qamrovini kengaytirishda ko’mak berishdan iboratdir. Bu bolalar uchun nafaqa bo'yicha islohotlarni qo'llab-quvvatlash, ularning ta'siri va ushbu sohadagi to'siqlar haqida dalillar to'plash bo’yicha islohotlarni qo’llab-quvvatlashni hamda onalik nafaqalari singari boshqa ijtimoiy himoya dasturlari muhokamasida ishtirok etishni nazarda tutadi.
Nogironligi bo’lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarini tahlil qilish, milliy va mahalliy darajalarda kompleks ijtimoiy himoyani mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlar qilinmoqda. UNICEF ijtimoiy himoya qonunchiligini ishlab chiqishda ko’mak bermoqda va, shu orqali, kutilmagan shok va muammolarga bardosh bera oladigan, hamda va Ijtimoiy himoya Yagona reyestri electron moduli orqali moddiy yordamni etkazishga qodir bo’lgantizimni shakllantirishga o’z hissasini qo’shmoqda. tabiiy ofatlar va inqirozlarga samarali javob bera oladigan mexanizmlarni ta'minlash uchun moliyalashtirish strategiyasi bilan bog’liq xatarlar tahlil qilinmoqda.