Mahalliy boshqaruv

Bolalar, o‘smirlar va yoshlarga qulay inklyuziv va samarali mahalliy boshqaruvni rivojlantirish

UNICEF

Dolzarb muammolar

O‘zbekistonda bolalar va yoshlar uchun sifatli va inklyuziv xizmatlarni taqdim etishda mahalliy boshqaruv tizimini kuchaytirish zarurligiga tobora ko‘proq e’tibor berilmoqda. Bu sohada erishilgan yutuqlar bilan birga kelgusi taraqqiyot uchun yechilishi kerak bo‘lgan masalalar ham mavjud. Mahalliy hokimiyatlarning ma’muriy va moliyaviy salohiyatini oshirish, hokimliklar va mahallalar o‘rtasidagi muvofiqlikni yaxshilash shular jumlasiga kiradi. Qarorlar qabul qilishda turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlardan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, mavjud bo‘lgan huquqiy, moliyaviy va axborot bilan bog‘liq to‘siqlarni bartaraf etish zarur, shunda mahalliy hokimiyatlar barcha bolalarning, xususan, qizlar, nogironligi bo‘lgan bolalar va ijtimoiy jihatdan chetda qolgan o‘smirlarning ehtiyojlariga samarali javob bera oladi.

Har bir bola uchun adolatli natijalarga erishish kuchli, inklyuziv va javobgar mahalliy boshqaruvni talab etiladi. Shu nuqtayi nazardan, UNICEF bolalarga va yoshlarga nisbatan do‘stona bo‘lgan boshqaruvni ilgari suradi. Bunday yondashuvda mahalliy ehtiyojlarni e’tiborga olinadi hamda bolalar va yoshlar ularga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida faol ishtirok etadilar. Bunga ma’lumotlarga asoslangan rejalashtirish, teng moliyalashtirish, sektorlar va boshqaruv darajalari o‘rtasidagi samarali muvofiqlashtirish hamda natijaga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish kiradi.

Yutuqlar

UNICEF “Yoshlar va bolalarga do‘stona mahalliy boshqaruv” tashabbusini O‘zbekistonning oltita pilot shahrida amalga oshirdi. Bundan maqsad mahalliy hokimiyat organlariga bolalar va yoshlar farovonligini birinchi o'ringa qo'yish imkonini berishdir. Joylarda rivojlanishni rejalashtirish, boshqaruv tamoyillarini amalga oshirish va natijaga asoslangan byudjetlashtirishda yoshlarning faol ishtiroki rag‘batlantiriladi.2023-yilga mo‘ljallangan 

Harakat dasturini ishlab chiqishga shahar va qishloqlardan 6 ming nafardan ortiq o‘smir va yoshlar jalb etildi va ularning ovozi jamoatchilik tashabbuslarida o‘z aksini topdi. Bu faoliyat nafaqat mahalliy hokimiyatlarni bolalar huquqlarini faol himoyachilariga aylantirdi, balki bolalar va yoshlarga o'z hamjamiyatlarida ijobiy o'zgarishlar qilish uchun vosita va platformalar taqdim etdi.

Istiqboldagi rejalar

“Yoshlar va bolalarga do‘stona mahalliy boshqaruv” tashabbusi tajribasi va saboqlariga asoslangan holda, UNICEF Shveysariya hukumati ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda bolalar va yoshlar uchun qulay mahalliy boshqaruvni inklyuziv transformatsiyalash” nomli BMTning qo‘shma dasturi doirasida O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda mahalliy boshqaruv tizimlarini yanada inklyuziv, javobgar va yoshlar ehtiyojlariga mos shakllantirishga ko‘maklashmoqda. Dastur 12 ta pilot tuman va shaharda hokimliklar, mahalla raislari, yoshlar kengashlari va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda ishtirokchi rejalashtirish va byudjetlashtirish tamoyillarini joriy etishni o‘z ichiga oladi.

O‘smirlar va yoshlarning mahalliy ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash hamda harakat rejalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqdalar, mahalliy darajada qarorlar qabul qilishda . ularning fikrlari e’tiborga olinmoqda. Shu bilan birga, mahalliy xizmatlarning shaffofligi, tengligi va samaradorligini oshirish uchun mahalliy boshqaruv organlariga natijalarga asoslangan yondashuvlarni tatbiq etishda texnik yordam ko‘rsatiladi.

UNICEF 2024–2028-yillar davomida mahalliy boshqaruvdagi ushbu yondashuvlarni institutsionallashtirish va muvaffaqiyatli modellarni kengaytirish ustida ishlaydi. Bunga mahalliy hokimiyatlarning salohiyatini kuchaytirish, mahalliy rejalashtirish va monitoringda disaggregatsiyalangan ma’lumotlardan foydalanishni targ‘ib qilish, yoshlar ishtiroki uchun platformalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek shaharlararo muvofiqlashtirishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy asosni shakllantirish kiradi. Ushbu sa’y-harakatlar bolalar va oilalar uchun inklyuziv xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishni takomillashtirish orqali davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga xizmat qiladi.