Davlat moliya tizimi
Davlat byudjetidan samarali foydalanishni qo'llab-quvvatlash orqali bolalar huquqlarini amalga oshirish
Bolalar manfaatlari yo’lidagi faoliyat natijalarini yaxshilash odatda davlat moliya resurslarini boshqarish (DMRB) sohasidagi muammolarni hal qilishga bog'liqligini UNICEF tan oladi. Shu nuqtai nazardan, UNICEF byudjet masalalarida bolalar farovonligi va huquqlarini ustuvor bilib, DMRBning bolalarga qaratilgan yondashuvlarni ilgari suradi. Shunda UNICEF bolalar uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning samaradorligi va ijobiy natijalarini oshirish bo‘yicha takliflarni ilgari surish, byudjet ma’lumotlarining sifati, shaffofligi va hisobot berish tartibini oshirish, samarali monitoring mexanizmlarini, jumladan parlament va jamoatchilik nazoratini yaratishni qo‘llab-quvvatlashga o‘z ko’magini beradi.
UNICEF tegishli muassasalar, xususan O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi, parlament va boshqa soha vazirliklari va idoralari bilan hamkorlik qilish orqali ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya kabi bolalar uchun muhim sohalarda davlat xarajatlari samaradorligini oshirishga intiladi.
UNICEF ko‘magi bolalar manfaatlariga yo‘naltirilgan natijalarga ustuvor ahamiyat berish uchun mamlakatning davlat moliya resurslarini boshqarish tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
UNICEF Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekistonda dasturiy byudjetlashtirishni amalga oshirish tartiblarini belgilovchi eng muhim me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilishga o‘z hissasini qo‘shdi. Ushbu me'yoriy hujjatlar byudjet mablag'larini taqsimlashda samaradorlik, ijobiy natijalar, shaffoflik va hisobot berish sifatini oshirish orqali bolalar rivojlanishining natijalari bilan bog'liq turli muammolarni hal qilish uchun mo'ljallangan.
UNICEF O'zbekistondagi bolalarga do'stona byudjet amaliyotini samarali amalga oshirish uchun institutsional va inson salohiyatini mustahkamlashga e'tibor qaratdi. Turli vazirlik va idoralarning 135 dan ortiq davlat amaldorlarini qamrab olgan kompleks oʻquv dasturlari orqali UNICEF oʻzining Bolalar uchun davlat moliyasi boʻyicha global strukturani taqdim etdi. Bunda asosiy eʼtibor dasturga asoslangan byudjetlashtirish va natijalarga asoslangan boshqaruv tamoyillariga qaratilgan.
UNICEF bolalar manfaatlari uchun davlat tomonidan moliyalashtirish tamoyillari haqida xabardorlikni strategik jihatdan oshirdi. Tashkilot ikki tomonlama va ko‘p tomonlama majburiyatlarga asoslanib, ushbu sohada faoliyat olib boradi. Moliya sohasidagi dialoglar va boshqaruv tizimini isloh qilish borasida muloqotlar shular jumlasiga kiradi.
UNICEF dalillarga asoslangan siyosatni shakllantirishga qat'iy sodiqligini namoyish etdi. Bu borada Qaror qabul qiluvchi shaxslarga bolalar farovonligini oshirish bo’yicha keng qamrovli ma'lumotlarni taqdim etish uchun turli miqdoriy va sifat tahlil vositalaridan foydalaniladi. Bolalar, o‘smirlar va ularning oilalariga davlat investitsiyalarining adekvantligi, samaradorligi, adolatliligi va shaffofligini oshirish bo‘yicha moliyaviy jihatdan maqsadga muvofiq taklif va tavsiyalar berish orqali UNICEF O‘zbekistondagi bolalar va yoshlarning ehtiyojlari va huquqlarini birinchi o‘ringa qo‘yishga katta hissa qo‘shmoqda.
UNICEFning O‘zbekistondagi bolalar manfaatlari uchun davlat tomonidan moliyalashtirish tashabbuslari strategik jihatdan bolalar farovonligini oshirishga qaratilgan. Gender va inklyuzivlik jihatlarini hisobga olgan holda bolalar uchun davlat xarajatlarini kuzatish va muntazam e’lon qilish metodologiyasini ishlab chiqish va tadbiq etish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikka alohida e’tibor berilyapti.
Biz bolalar, o‘smirlar va ularning oilalari manfaatlari yo’lida byudjet nazoratini kuchaytirish uchun parlament bilan hamkorlik qilmoqdamiz.
Davlat boshqaruvining barcha darajalarida bolalar va yoshlarga sarflanadigan davlat xarajatlarini samarali rejalashtirish, ijro etish, monitoring qilish, baholash va hisobot berishni ta’minlash uchun dasturga asoslangan byudjetlashtirish va natijalarga asoslangan boshqaruv yondashuvlarini joriy etish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom ettiriladi.