Ijtimoiy himoya tizimidagi kadrlar salohiyatini mustahkamlash

Ijtimoiy himoya tizimi

UNICEF

25 mingdan ortiq nogironligi bo’lgan bolalar turli internat turidagi muassasalarida istiqomat qiladi. Bolalarning yarmidan ko'pi uyda intizomning shabqatsiz uslublariga duchor bo'ladi. Boshqa mamlakatlarga mehnat migratsiyasi sababli ota-onalar ko‘plab bolalarni qoldirmoqda.

Kuchli ijtimoiy himoya tizimi kadrlari bolalar va ularning oilalariga sog'liqni saqlash, ta'lim va ijtimoiy himoya sohasida muhim ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish orqali bolalarning jismoniy va psixologik farovonligiga yordam beradi. Shuningdek, ular bolalar huquqlarini poymol etuvchi zararli me’yorlarni bartaraf etish ustida ish olib boradilar. Biroq ijtimoiy himoya sohasidagi kadrlarning rivojlanishi hali ham  boshlang'ich bosqichda.

Biz 2005 yildan buyon O‘zbekistonda ijtimoiy ishning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlab kelmoqdamiz, bunda alohida e’tibor bolalarni himoya qilish va oila farovonligini mustahkamlashga qaratiladi. Ushbu yo'nalishdagi ishimizning natijasida 2022 yil boshida ijtimoiy ish to'g'risidagi qonun loyihasini ishlab chiqildi.

Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning minimal standarti sifatida keys menejmentni (alohida olingan ishni olib borishni) joriy etdik hamda ijtimoiy himoya va bolalarni himoya qilish sohasida 1000 dan ortiq mutaxassislarning malakasini oshirishga hissa qo‘shdik.

2017-yilda O‘zbekiston Milliy universitetida “Ijtimoiy ish” kafedrasining ochilishi faoliyatimizdagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligiga mahalliy hamjamiyatlardagi ijtimoiy soha xodimlari, shuningdek, tuman va viloyatlar miqyosida ijtimoiy himoya xodimlarining malakasini oshirishda ko‘mak bermoqdamiz.

Iroq va Suriyadagi mojaro zonalaridan repatriatsiya qilingan 400 dan ortiq ayollar va bolalarni reintegratsiyasini qo’llab-quvvatladik. Bunda kadrlar salohiyatini oshirishda gender jihatlari va yoshga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu yordam ehtiyojlarni chuqur baholash, psixologik-ijtimoiy yordam va huquqiy ma'lumot, zarur hujjatlarni olishda yordam berish, uy-joy, sog'liqni saqlash va ta'lim kabi asosiy ijtimoiy xizmatlarga yo'naltirishni o'z ichiga olgan.

O‘zbekistonda biz hukumat, xususan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, ilmiy doiralar va nodavlat tashkilotlari bilan ijtimoiy himoya xodimlar salohiyatini oshirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilib, ijtimoiy ishchi va psixologlarga alohida e’tibor qaratamiz.

Biz siyosat, qonunchilik, me'yoriy hujjatlarni takomillashtirishga yordam beramiz va ishchi kuchini mustahkamlash uchun inson resurslariga ko'proq sarmoya kiritilishiga ko’mak beramiz. Bunga quyidagilar kiradi:

• kadrlarni tanlash, tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor qaratgan holda ijtimoiy himoya tizimi kadrlarini tayyorlashga ko‘maklashish;

• sifat menejmentiga sarmoya kiritish;

• karyera o'sishiga ko'maklashish.