O’rta ta’lim
Barcha bolalarga asosiy ta’lim olishida teng imkoniyatlar berishga ko‘maklashish
Kompetensiyalarga asoslangan hamda gender va inklyuzivlik jihatlarini hisobga oladigan oʻquv dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligini qoʻllab-quvvatlaymiz. Jumladan, yuqori sifatli o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqishda hamda o’quvchilarning bilim olish natijalarini baholashning kompleks tizimini ishlab chiqishda ham ko’mak beramiz.
Ikki milliondan ortiq o‘quvchilar 1-3 va 6-sinflarda kiritilgan matematika, ona tili va tabiiy fanlar bo‘yicha yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanmoqda, 60 mingdan ortiq o‘qituvchi (barcha o‘qituvchilarning deyarli 10 foizi) yangi o‘quv dasturini amalda qo’llash bo’yicha malaka oshirdi.
UNICEF O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga raqamli ta’lim, iqlimga chidamlilik, gender-transformativ ta’lim uchun ijtimoiy-emotsional ta’lim va inklyuziv ta’limga e’tibor qaratgan holda kompetensiyaga asoslangan yondashuv asosida ta’limni isloh qilish imkonini beruvchi Ta’lim standartlariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda texnik ko‘mak ko‘rsatdi. Talablar Mahalliy ta’lim guruhi (LEG) tomonidan ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi hamda Vazirlar Mahkamasining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish va joriy etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2024 yil 27 martdagi 157-son qarori bilan tasdiqlandi.
UNICEF ko‘magida o‘qituvchi kompetentsiyalari professional standarti ishlab chiqildi va uni milliy darajada yuzma-yuz va onlayn o‘qitish orqali amalga oshirish boshlandi.
UNICEF maktablar Internet tarmog‘iga ega bo’lishini kengaytirish, ta’lim maqsadlarida foydalaniladigan innovatsion raqamli texnologiyalarni joriy etish va ta’lim natijalarini yaxshilash orqali ta’limning raqamli transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Giga tashabbusi doirasida Oʻzbekistondagi barcha davlat maktablarining joylashuvi xaritasini tuzishda, shuningdek, ushbu maktablarda internet sifati va tezligi boʻyicha real vaqt rejimida aniq maʼlumotlarni aniqlashda UNICEF Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligini qoʻllab-quvvatladi. Bu maʼlumotlar maktablarni Internet tarmogʻiga ulashni moliyalashtirish uchun ajratilayotgan davlat resurslarini taqsimlash samaradorligini oshirishga, shuningdek, maktablarning Internetdan foydalanish boʻyicha masʼuliyatini oshirishga yordam beradi.
Maktablarni uy xo‘jaliklari, korxonalar va maktab atrofidagi boshqa muassasalarga yuqori tezlikdagi internetni qayta taqsimlash bo‘yicha markazga aylantirish imkonini beruvchi davlat-xususiy sheriklikning innovatsion modeli ishga tushirildi.
Investitsiya qilingan har bir dollar ta'lim sohasiga uch dollar foyda keltirishi kutilmoqda.
UNICEF hozirda maktabgacha va maktab o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha umumiy metodologiyani ishlab chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli salohiyatni oshirish tadbirlari orqali Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga texnik ko‘mak ko‘rsatmoqda, bunda o‘zaro ko‘nikma va malakalarga, shuningdek, fanlar o\rtasodagi aloqalarga e’tibor qaratilmoqda. O'zaro faoliyat ko'nikmalari va malakalari XXI asr ko'nikmalarini o'z ichiga oladi.Bunda gender jihatlari e’tiborga olingan o'quv dasturi, ijtimoiy-emotsional ta'lim, hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirish, iqlim o’zgarishiga chidamlilik va ekologiya bo'yicha yangi kompetensiyalar joriy etiladi.
2025–2028-yillarda Islom taraqqiyot banki granti va Taʼlim boʻyicha global hamkorlik doirasida UNICEF mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan, xorijiy oliy oʻquv yurtlariga kirish talablari darajasida, umumtaʼlim maktablari uchun yangi taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqishni qoʻllab-quvvatlaydi.