Inklyuziv ta’lim
Bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etilishi kerak
UNICEFning O‘zbekistondagi eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri e’tibordan chetda qolgan bolalrni inklyuziv ta’lim bilan qamrab olishdir.
Muhim ijobiy natijalar bilan bir qatorda tengsizlik hali ham davom etayotganini ko'rish mumkin. Bu, ayniqsa, qishloq joylaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar va nogironligi bo’lgan bolalarga nisbatan seziladi. Ta'lim sifatini oshirish bo'yicha ish olib borishda UNICEF inklyuzivlikka va eng zaif bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab olishga alohida e'tibor qaratadi.
UNICEFning Maktab binolarini universal loyihalash bo‘yicha yo‘riqnomasiga asoslanib, UNICEF nogironligi bo’lgan bolalar uchun qulay infratuzilmaga ega maktablarni loyihalashtirish, shuningdek, Toshkent shahridagi oddiy maktabda tegishli ishlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatladi. Bu mazkur yondashuvni yanada keng qo’llash uchun namuna bo'lib xizmat qiladi.
“Ishonch 2030” loyihasi doirasida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va mamlakat bo‘ylab ellikta namunaviy maktabda inklyuziv texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha UNICEF hukumat bilan hamkorlik qilmoqda.
Ushbu jarayon maktablar qurilishi va jihozlanishining joriy standartlarini ko'rib chiqish uchun asos bo'ldi, bu esa Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga 2027 yilgacha barcha yangi va ta'mirlangan maktablarning 20 foizida nogironligi bo’lgan bolalar uchun sharoitlar ta'minlanishi bo’yicha majburiyatini bajarishga yordam berdi.
UNICEF va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi inklyuziv maktablarni modellashtirishni boshladi, bunda inklyuziv taʼlimning yangi yoʻriqnomalari, standartlari/talablari va mexanizmlari inklyuziv taʼlim sifatini yuqori standartlarga koʻtarish uchun yangi qonunchilik va siyosatlarni ishlab chiqishda maʼlumot berish uchun sinovdan oʻtkaziladi. Ushbu namunali maktablar ilg'or tajribani o’rganizh, namoyish etish va uni keng qo’llashga ko’mak beradi.