Ta'lim
O'zaro bog'liq va uzoq davom etadigan ta'lim tizimidagi faoliyat
UNICEF maktabgacha va maktab darajasida sifatli va inklyuziv ta'limni ilgari suradi. Qiyin sharoitdagi, qishloq joylardagi, nogironligi bo’lgan bolalar, shuningdek ta’lim muassasalariga bormaydigan qiz va o’g’il bolalar ta’lim bilan qamrab olinishiga intilamiz.
O‘zbekistonda bugun yuqori sifatli inklyuziv ta’limga o‘tish jarayonini boshlash uchun noyob imkoniyat mavjud. UNICEF Oʻzbekiston hukumatiga taʼlim sohasidagi tizimli islohotlarning barcha asosiy yoʻnalishlari boʻyicha texnik koʻmak koʻrsatadi, shuningdek, Taʼlim boʻyicha Global hamkorlik doirasida taʼlim sohasi uchun muvofiqlashtiruvchi agentlik vazifasini bajaradi.
UNICEF ko‘magida O‘zbekiston hukumati 2023–2026 yillarga mo‘ljallangan ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha Milliy hamkorlik bitimini ishlab chiqdi. Ushbu hujjat hukumat tomonidan ma'qullangan va rivojlanish bo'yicha hamkorlar tomonidan imzolangan, dalillarga asoslangan yo'l xaritasi bo'lib, unda ta'lim sohasiga sarmoya kiritishning ustuvor yo'nalishlari belgilangan. Hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) va milliy taʼlim natijalariga erishishda rivojlanish boʻyicha hamkorlar va keng fuqarolik jamiyatining faol ishtirokini taʼminlaydi.
Ta’lim dasturining yo’nalishlari
MAKTABGACHA TA'LIM
O'RTA TA'LIM
INKLYUZIV TA'LIM
O’SMIRLAR VA YOSHLAR RIVOJLANISHI HAMDA ISHTIROKI