Ona va bola salomatligi

Ona va bola salomatligi sifatli tibbiy tizimidagi ahamiyatini takomillashtirish

UNICEF

UNICEF O‘zbekiston Respublikasi hukumatini har bir ona va bola salomatligini ta’minlash yo‘lida asosiy masalalarni hal etishda qo‘llab-quvvatlaydi. Homiladorlik, tug‘ruq va erta neonatal davrda sifatli tibbiy yordamga adolatli ravishda ega bo’lish shular jumlasiga kiradi.

Shuningdek, UNICEF milliy hamkorlar bilan zamonaviy tibbiy uskunalarning yetarli emasligi, ba’zi tibbiyot muassasalarining eskirgan infratuzilmasi hamda hududlar bo‘yicha tibbiy xizmatlar sifatidagi farqlar kabi tizimli kamchiliklarni bartaraf etishda hamkorlik qiladi.

O‘zbekiston hukumati UNICEF va boshqa hamkorlar ko‘magida ona va bola salomatligini mustahkamlash yo‘lida yetakchilik va sadoqatini namoyon etdi. 46 ta tumanlararo perinatal markazlar tashkil etilishi va patronaj xizmatlari tizimining kengaytirilishi mamlakat bo‘ylab tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirdi.

"Salomatlik – 2030" dasturi doirasida neonatal parvarishga oid ilmiy asoslangan amaliyotlar joriy etildi, milliy salohiyat kuchaytirildi va hayot uchun zarur bo‘lgan tibbiy uskunalar bilan ta’minlash yaxshilandi.

UNICEF O‘zbekiston hukumati bilan birga ona va bola salomatligi tizimini yanada kuchaytirish borasida sodiq hamkor bo‘lib qoladi. Erishilgan natijalarga tayanib, kelgusidagi sa’y-harakatlar xizmatlar sifati va adolatini oshirishga qaratiladi — yangilangan klinik protokollarni joriy etish, amaliyotga asoslangan o‘qitish va infratuzilmani yaxshilash orqali.

E’tibor, shuningdek, inson manfaatiga yo‘naltirilgan, hurmat asosidagi yondashuvni ta’minlashga hamda xizmatlar bilan yetarli ta’minlanmagan aholiga, xususan iqlim o‘zgarishlaridan zarar ko‘rgan va qishloq hududlarida yashovchilarga xizmatlarni kengaytirishga qaratiladi.

UNICEF innovatsiyalar, inklyuzivlik va tarmoqlararo hamkorlikni ilgari surgan holda, har bir ona va bola sog‘lom ulg‘ayishi va rivojlanishi uchun milliy hamkorlar bilan birga ishlashda davom etadi.