Oziqlanish

Bolalar va homilador ayollar o'rtasida oziq-ovqat yetishmovchiligini hal qilish

UNICEF
UNICEF

Global kontekstning o‘zgarayotgan sharoitlarini — urbanizatsiya, oziq-ovqat tanqisligi va yuqumsiz kasalliklar o‘sishini — inobatga olgan holda, UNICEF sog‘liq va ovqatlanishning butun hayotiy davrini qamrab oluvchi, adolatga asoslangan kompleks yechimlarni ilgari surmoqda. Jamiyat bilan ishlash, raqamli innovatsiyalar va tarmoqlararo hamkorlik orqali biz eng zaif qatlamlarni qamrab olishga va birorta ham bola e’tibordan chetda qolmasligiga intilamiz

UNICEF va O‘zbekiston hukumati hamkorlikda ona va bola oziqlanishini yaxshilash sohasida sezilarli yutuqlarga erishisdilar. Go’daklarni istisnosiz ko‘krak suti bilan oziqlantirishni targ‘ib qilish,

A vitamini va mikronutrientlar bilan ta’minlash, shuningdek 500 dn ziyod  tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish oziqlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga hissa qo‘shdi.

Homiladorlikdan to o‘smirlik davrigacha bo‘lgan hayot davrida nosog‘lom ovqatlanishning barcha turlarining oldini olishga UNICEF sodiq qoladi. Samarali ozuqalanish dasturlarini kengaytirishda, ovqatlanish masalalarini maktab salomatligi dasturlariga integratsiya qilishda hamda jamiyat darajasida maslahat va yordam ko‘rsatish platformalarini kengaytirishda UNICEF hukumatga yordam berishda davom etadi. Adolat, iqlimga chidamlilik va mahalliy yetakchilikni ustuvor yo’nalishlar deb bilgan holda UNICEF har bir bola sog‘lom o‘sib-ulg‘ayadigan barqaror va inklyuziv oziqlanish tizimini barpo etishga intiladi.