Bolalar kambag’alligi

Bolalar kambag’alligini o’lchash va doimiy ravishda baholash milliy tizimini yaratish

UNICEF
UNICEF

UNICEF bolalar kambag'alligini o'lchash uchun mamlakatga xos usullarni ishlab chiqishga yordam beradi. Bu esa kambag’allikni kamaytirish uchun ma'lumotlarga asoslangan va natijalarga yo'naltirilgan siyosatni amalga oshirish imkonini beradi.

Mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan siyosatni rejalashtirishda bolalarning aholidagi demografik ulushining tez o‘sib borayotganini, ularning kattalarga nisbatan kambag‘allikka nisbatan ko‘proq zaifligini, shuningdek monetar va ko‘p o’lchovli mahrumligini hisobga olish zarur.

UNICEF monetar va ko‘p o’lchovli kambag’allik to’g’risidagi  ma’lumotlarini muntazam ravishda baholash va e’lon qilish bo‘yicha milliy salohiyatni mustahkamlash maqsadida Statistika agentligi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda Bandlik va kambag’allikni qisqartirish vazirligi bilan yaqindan hamkorlikni davom ettirmoqda. 2024 yilda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi UNICEF bilan bolalar monetary kambag’alligining milliy ko'rsatkichini ishlab chiqish bo'yicha qo'shma tadqiqot natijalarini e'lon qildi.

Taqdim etilgan natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonda bolalar monetary kambag’alligi 2021 yildagi 21,5 foizdan 2023 yilda 13,7 foizga kamaygan. Tahlil shuni ko'rsatdiki, ijtimoiy nafaqalar mavjud bo'lmaganda, bolalar monetary kambag’alligi darajasi 21,8 foizni tashkil qilgan bo’lar edi.

UNICEF O‘zbekiston tarixida birinchi marta bolalar kambag’alligi bo‘yicha ko‘p o’lchovli tadqiqot o‘tkazdi. Uning natijalari shuni ko'rsatdiki, bolalarning 44 foizdan ortig'i ko'p o'lchovli mahrumlikni boshdan kechiradi. Bu ular O'zbekiston uchun ishlab chiqilgan ko'p o'lchovli bolalar kambag’alligi metodologiyasida belgilangan ikki yoki undan ortiq ko'rsatkichlar bo'yicha mahrumlikni boshdan kechirishlarini anglatadi.

Kambag’allini qisqartirish bo‘yicha ikkinchi xalqaro forum ushbu tadqiqotning dastlabki natijalarini taqdim etdi. Ular mamlakatda bola huquqlarini amalga oshirishdagi progressni kuzatish imkonini beradi, shuningdek ko‘p o’lchovli kambag’allikni o‘lchashning milliy metodologiyasini yaratish bo‘yicha jamoatchilik muhokamasiga turtki bo‘ladi. Keyinchalik ushbu metodologiyadan davlat siyosatini belgilashda foydalaniladi.

UNICEFning O‘zbekistondagi bolalar kambag‘alligi masalasiga kompleks yondashuvi mamlakatdagi ko‘p o’lchovli kambag’allik darajasi eng yuqori bo‘lgan ikki viloyat uchun maqsadli dasturlarni ishlab chiqishga hukumatning qiziqishini uyg‘otdi.

UNICEF O‘zbekistonda bolalar kambagalligini qisqartirish bo‘yicha choralarni bir qator tadbirlar orqali ilgari surishni rejalashtirmoqda. Ulardan biri bolalarning yoshiga qarab ajratilgan monetary hamda ko’p o’lchovli kambag’allik haqidagi ma'lumotlarni ishlab chiqish va muntazam ravishda nashr etishga ko'mak berishdir. Bolalar kambag’alligiga qarshi kurash siyosati va dasturlarini ishlab chiqishda bu ma’lumotlardan foydalanish zarurdir.

UNICEF bolalar farovonligi, jumladan, bolalarning iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki haqida ma’lumotlarni to‘plashga intiladi, so‘ngra bolalar farovonligini oshirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etishga tayyor.. Ushbu sa’y-harakatlar orqali UNICEF bolalar kambag’alligi bilan bog‘liq masalalrni hal etish va O‘zbekistonda ijtimoiy himoya choralarining samaradorligini oshirishga harakat qiladi.