Oila a’zolarining bir-biridan ajrashining oldini olish va bolalarga vasiylik tizimi isloh qilish

Bolalarni himoya qilishning yanada keng qamrovli tizimi

UNICEF
UNICEF

O‘zbekistonda bolalarga vasiylik tizimini deinstitutsionalizatsiya qilish bo‘yicha erishilgan yutuqlarga qaramay, internat muassasalaridagi bolalar soni har 100 000 bolaga 241 bolani tashkil etadi, bu dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar yuqoridir. Bolalar turli sabablarga ko'ra internat muassasalarga joylashtiriladi. Jamoatchilik asosidagi g'amxo'rlik va qo'llab-quvvatlash, inklyuziv ta'lim va ijtimoiy nafaqalar bo’yicha ijtomoiy xizmatlar bilan bog’liq bo’lgan kambag’allik, nogironlik va oiladagi muammolar shular jumlasiga kiradi.

O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi 6275-son qarori va tegishli yo‘l xaritasining qabul qilingani bolalarga vasiylik qilish tizimini isloh qilish borasidagi ishlarimizning asosiy natijasi bo‘ldi. Ushbu hujjatlar bolalar uchun katta internat muassasalarini yaratishga moratoriyni belgilaydi va deinstitutsionalizatsiya milliy strategiyasini va muqobil oilaga asoslangan parvarish shakllarini ishlab chiqishga chaqiradi.

2023-yil iyun oyida bolalar himoyasi va ularga vasiylik qilishni muvofiqlashtirish vakolatiga ega bo’lgan Milliy ijtimoiy himoya agentligining tashkil etilishi bolalarga vasiylik qilish tizimini isloh qilishdagi yana bir muhim qadam boʻldi. UNICEF Agentlikka muqobil parvarishning turli shakllaridagi bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini takomillashtirish, shuningdek, muqobil bolalarga muqobil vasilylik qilish bo‘yicha qonunchilik bazasini takomillashtirishda qo‘llab-quvvatlaydi va yordam beradi.

Biz bolalarga vasiylik qilish tizimining deinstitusionalizatsiyasini qo'llab-quvvatlash maqsadida ishlaymiz. Bu sa’y-harakatlar katta internat joy muassasalarini yopish va shu bilan birga hamjamiyat asosidagi xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Xususan, internat tusidagi muassalardagi barcha tarbiyalanuvchilarning 85 foizini tashkil qiluvchi nogironligi bo’lgan bolalar, 3 yoshgacha bo'lgan bolalar hamda murakkab hissiy va xulq-atvorda qiyinchiliklarga ega bolalar e’tiborimiz markazidadir.