Bolalar uchun odil sudlovdan foydalanish imkoniyati

Reabilitatsiya, jazo emas

UNICEF
UNICEF

O‘zbekistonda ham, boshqa mamlakatlarda ham bolalar turli sabablarga ko‘ra qonun bilan kontaktga kirishadi:

• jinoyat protsessida ayblanuvchi, jabrlanuvchi yoki guvoh sifatida;

• fuqarolik protsessida va ma'muriy ish yuritishda taraf sifatida;

• jismoniy, ruhiy, jinsiy zo'ravonlik yoki boshqa jinoyatlar yoki huquqlarning buzilishi qurbonlari sifatida.

Odil sudlov imkoniyatiga ega bo’lish adolatli, teng va o'z vaqtida huquqiy yordam izlash va olish qobiliyatidir. Odil sudlovdan foydalanish inson huquqlarini, xususan bolalar huquqlarini ro‘yobga chiqarishning asosi bo‘lishidan tashqari, qonun ustuvorligi hamda inklyuziv va barqaror rivojlanish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistonda bolalar uchun xalqaro standartlarga mos ixtisoslashtirilgan adliya tizimlari hozircha mavjud emas. Ixtisoslashgan sudyalar, prokurorlar va advokatlar yo'q. Bepul yuridik yordam ko'rsatish faqatgina qonun bilan ziddiyatda bo’lgan voyaga yetmaganlar bilangina cheklangan.

UNICEFda biz bolalar uchun odil sudlovning xalqaro standartlariga muvofiq adolatdan foydalanish huquqiga barcha bolalar ega bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz.

Bolalar odil sudlov imkoniyatiga ega bo’lishlari uchun biz Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Bolalar ombudsmanı, “Madad” va “Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda ishlaymiz.

Bolalarning odil sudlovdan foydalanishlari uchun qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlashda, bolalar bilan ishlaydigan adliya mutaxassislari va advokatlar salohiyatini oshirishda, bolalar uchun qulay muhit va tartiblarni yaratishda hukumatni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Biz hukumatga xulq-atvorida muammolari bo'lgan bolalar uchun ikkita yopiq muassasani isloh qilishda yordam berdik.

Biz Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiga uchta joyda bolalar uchun qulay so‘roq va kutish xonalarini yaratishda yordam berdik. Keyinchalik bunday xonalar mamlakat bo‘yicha 39 ta joyda tashkil etildi.

“Madad” va “Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda 2000 dan ortiq bolalar va 200 nafar kattalarga bepul, gender jihatlari e’tiborga olingan va bolalarga do‘stona munosabatda bo‘lgan huquqiy yordam ko‘rsatdik.

Biz hozirda bolalarning odil sudlovdan foydalanishini ta’minlash bo‘yicha strategiya va harakatlar dasturini ishlab chiqishda hukumatni qo‘llab-quvvatlayapmiz. Strategiya O‘zbekistonda yanada ixtisoslashgan bolalar adliya tizimlari uchun asos soladi va bolalarning odil sudlovdan foydalanishi borasidagi islohotlarni ko‘rish imkonini beradi.

Biz hukumatni voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini xalqaro standartlarga muvofiq isloh qilishda hamda qonun bilan ziddiyatda  bo’lgan voyaga yetmaganlarni qamoqqa olishda jamiyat tomonidan boshqariladigan va muqobil choralarni joriy etishda qo‘llab-quvvatlaymiz.

Shuningdek, biz inson huquqlari va bolalarning yuridik huquqlari to’g’risida xabardorlikni oshirishda, bolalarning ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga gender jihatlari e’tiborga olingan va do‘stona yuridik yordam ko‘rsatishda davlat va nodavlat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilamiz.