Yosh avlod – O’zbekiston kelajagi

O'zbekistonda o'smirlar salomatligi va farovonligini ta'minlash bo'yicha strategik rejani ishlab chiqishda UNICEF O'zbekiston hukumatini qo'llab-quvvatlamoqda

UNICEF Uzbekistan
Yoshlar bukletga qarab o'tirishibdi.
UNICEF Uzbekistan
04 Avgust 2020

O‘zbekistonda o‘smirlar (10 yoshdan 19 yoshgacha) umumiy aholining 16,2 foizini tashkil etadi (2019 yil holatiga ko'ra). O'smirlar sog'lig'ini himoya qilishga sarmoya kiritish o'smirlar uchun bugungi kunda, ularning kelajakdagi hayotlarida va keyingi avlodlar uchun foyda keltiradi. Ularning salomatligi va farovonligi yanada sog'lom va barqaror jamiyatni yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarning harakatlantiruvchi omilidir. O'smirlar salomatligi va rivojlanishining ahamiyati hamda sog'liqni saqlash sohasidagi islohotlarning ustuvorliklarini hisobga olgan holda, UNICEF Sog'liqni saqlash vazirligiga O'zbekistonda o'smirlar salomatligi va farovonligi bo'yicha strategik rejani ishlab chiqishda ko'mak berdi.

Yaqinda UNICEF tomonidan o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, o'smir yigit-qizlarning salomatligini himoya qilish talab darajasida ta'minlangan. Shu bilan birga, ularning farovonligiga ta'sir qiluvchi qator omillar, jumladan ruhiy salomatlik, jarohat, zo'ravonlik, jinsiy va reproduktiv salomatlik, yuqumli kasalliklar, xususan OIV bilan bog'liq bo'lgan muammolar o'z yechimini kutmoqda. O’smirlar atrof-muhitning ifloslanishi, to'yib ovqatlanmaslik, ortiqcha vazn va aksincha, rfv vazn, jismoniy faoliyatning etishmasligi, tamaki va alkogol ichimliklarni suiiste'mol qilish bilan bog'liq bo'lgan o'tkir respiratorli infektsiyalaridan aziyat chekishlarini tadqiqot davomida aytib o'tganlar.

Ehtiyojlarni baholash natijalarini tasdiqlash, milliy darajada ustuvor yo’nalishlarni belgilash va dasturlarni ishlab chiqish jarayonini boshlash maqsadida UNICEF milliy hamkor tashkilotlar va BMTning tegishli vakolatxonalari ishtirokida uch kunlik onlayn seminar tashkil etdi. Seminarda Sog'liqni saqlash vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, BMT Aholishunoslik jamg’armasi, Jahon sog’liqni Saqlash tashkiloti va UNICEF vakillari ishtirok etdilar.

O'smirlar va yoshlarning fikr-mulohazalari dastur ishlab chiqish jarayonida e’tiborga olinishi uchun seminarda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi yetakchilari ham qatnashdilar.

“Seminarda ishtirok etish menga o'smirlarning muammolari to’grisida fikr bildirishimga imkoniyat berdi. Meni quloq tutganlaridan juda xursandman”, - dedi Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Sarvinoz Rahmonova. “ Tajribali mutaxassislar va yosh tadqiqotchilar o'rtasidagi muhokamalarda ishtirok etish mening hayotimdagi katta tajribaga bo’ldi”, deya qo'shimcha qildi u.

Ishtirokchilar o'smir yoshlarning salomatligi va farovonligini himoya qilishga yo'naltirilgan sarmoyalarga tegishli masalalar O'zbekistndagi pandemiya bilan bog'liq bo'lgan muammolarga qaramay hukumatning rejalarida qolishi haqida kelishib oldilar. O'smirlar salomatligi va farovonligini ta'minlash bo'yicha milliy strategik rejani ishlab chiqishda O'smirlar sog'lig'ini saqlashga qaratilgan global harakatni amalga oshirish bo'yicha ko'rsatmalar (AA-HA!) asosiy qo'llanma sifatida qabul qilinib, milliy darajadagi siyosatchilar va dastur rahbarlari undan o'smirlar sog'lig'ini himoya qilishga qaratilgan dasturlarni rejalashtirish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholashda foydalanishlari mumkin.

“Yosh avlod mamlakatimiz kelajagi ekanligi shubhasizdir, shuning uchun o'smir yoshlarning salomatligini himoya qilishga, ularnng shaxsiy va kasbiy hayotiga sarmoya kiritish mamlakatning kelajagi uchun eng katta va eng muhim sarmoya sanaladi. Mening fikrimcha, seminarda taklif qilingan ustuvor yo'nalishdagi tadbirlarning amalga oshirilishi yaxshi natijalarga olib keladi,” - dedi O'zbekiston yoshlar ittifoqining ilmiy xodimi Jamshidbek Ashurov.

Seminar ishtirokchilari o'smirlar salomatligi va farovonligini ta'minlashga qaratilgan strategiyaning ahamiyati va uni kelgusida amalga oshirilishining muhimligini ta'kidladilar. “O'smir yoshlarning salomatligini himoya qilish hukumatimizning strategik ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Ularning salomatligi va farovonligini ta'minlash uchun ko'p tarmoqli yondashuvdan foydalanishimiz va ularning ehtiyojlariga har tomonlama e'tibor qaratishimiz zarur" - deb ta'kidladi O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligini boshqarma rahbari doktor Barno Abdusamatova.

Ushbu tadbir asosida hamda milliy va xalqaro hamkorlar ko'magida o'smir yoshlarning salomatligi va farovonligini himoya qilishga qaratilgan milliy strategik reja ishlab chiqilib, u Vazirlar Mahkamasiga ko’rib chiqish uchun taqdim etiladi. Ushbu strategiya Vazirlar Mahkamasi boshchiligida barcha milliy va xalqaro agentliklar tomonidan amalga oshiriladi.