Bolalar va o‘smirlar uchun maktab ovqatlanishi va sog‘lom oziq-ovqat muhitlari bo‘yicha Milliy ekspertlar muloqoti

…muloqot hukumatning maktablarda sog‘lom ovqatlanishga e’tibor qaratayotgan bir paytda o‘tkazilmoqda

10 Aprel 2026
UNICEF
UNICEF

Toshkent, 2026-yil 10-aprel - Bolalar va o‘smirlar ovqatlanishini yaxshilash yo‘lida muhim qadam sifatida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) bugun O‘zbekistonda maktab ovqatlanishi va bolalar hamda o‘smirlar uchun sog‘lom oziq-ovqat muhitlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan ilk Milliy ekspertlar muloqotini tashkil etmoqda.

Mazkur muhim tadbir parlament, asosiy vazirliklar va idoralar, xalqaro tashkilotlar hamda ekspert hamjamiyati vakillarini bir joyga jamlab, ovqatlanish bo‘yicha milliy siyosatning strategik yo‘nalishlarini muhokama qilish, yangi shakllanayotgan dalillarni ko‘rib chiqish va bolalar hamda o‘smirlar ovqatlanishini yaxshilashga qaratilgan siyosiy choralar bo‘yicha umumiy kelishuvga erishishni maqsad qilgan.

Maktab ovqatlanishini rivojlantirish inson kapitaliga muhim sarmoya sifatida keng e’tirof etilayotgan bo‘lsa-da, u ta’lim, sog‘liqni saqlash va iqtisodiy samaradorlikni bog‘lovchi asosiy omil hisoblanadi. Shu bilan birga, yangi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, har 6 ta maktabdan faqat bittasi maktab ovqatlantirish xizmatlarini taqdim etadi, 4 ta maktabdan 3 tasi esa oziq-ovqat va ichimliklar sotadi, ular ko‘pincha shakar, tuz va yog‘larga boy bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smirlarning 25 foizdan ortig‘i ortiqcha vazn yoki semizlikdan aziyat chekmoqda, ayniqsa o‘g‘il bolalar orasida bu ko‘rsatkich yuqori.

“Olingan yangi milliy ma’lumotlar maktab oziq-ovqat muhitlari va o‘smirlar ovqatlanishidagi kamchiliklarni ochib bermoqda. Bu esa nosog‘lom oziq-ovqat mavjudligini tartibga solish, standartlarni kuchaytirish hamda to‘yimli va teng imkoniyatlarga asoslangan maktab ovqatlantirish tizimlariga o‘tish zarurligini ko‘rsatadi,” — dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasining rahbari.

Mazkur muloqotni asoslash maqsadida ikkita o‘zaro bog‘liq tadqiqot o‘tkazildi. Bular Maktab oziq-ovqat muhitini baholash (NEATs) va O‘smirlar ovqatlanishi bo‘yicha milliy tadqiqot bo‘lib, ular maktab oziq-ovqat muhitlari, o‘smirlarning ovqatlanish odatlari hamda oziq-ovqat tanloviga ta’sir etuvchi omillar haqida keng qamrovli tasavvur beradi.

“Mazkur muloqot hukumat rahbarligidagi, ko‘p tarmoqli yondashuvni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir,” — dedi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Oral Ataniyazova. “Natijalarga erishish uchun sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va moliya sohalari o‘rtasida aniq institutsional mas’uliyat va hisobdorlik mexanizmlariga asoslangan muvofiqlashtirish zarur.”

O‘zbekiston xavfsiz, arzon va to‘yimli maktab ovqatlanishini kengaytirishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilagan bo‘lib, bu nosog‘lom oziq-ovqat muhitlarini cheklash choralar bilan birgalikda tengsizliklarni kamaytirish va ovqatlanish bilan bog‘liq yuqumli bo‘lmagan kasalliklar ortishini oldini olishga xizmat qiladi.

Ekspertlar muloqotining asosiy natijalari sifatida ko‘p tarmoqli muvofiqlashtirish mexanizmlarini yaratish hamda maktab ovqatlanishini mustahkamlash bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

 

Muloqot uchun ma’sul xodim:

Olga Kim — Sog‘liqni saqlash va ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis 
Ofis: +998 78 1480200 | Mobil: +998 93 5050161

 

OAV uchun mas'ul xodimlar

Tsitsi Singisi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha bo’lim rahbari
UNICEF O'zbekiston
Telefon: +998 93550 57 53
Elektron pochta: [email protected]

UNICEF to'g'risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagram da kuzatib boring.