UNICEF va JSST: 2025 yilda Yevropa va Markaziy Osiyoda qizamiq bilan kasallanish holatlari soni oldingi yilga nisbatan kamaydi, ammo epidemiya xavfi saqlanib qolmoqda
Epidemiyani nazorat qilish choralari, jumladan emlash kampaniyalari, 2025 yilda qizamiq bilan kasallanish holatlari sonini kamaytirishga yordam berdi, ammo UNICEF va JSST progress barqaror emasligi va virus tarqalishda davom etayotganini ogohlantirmoqda
КОPENGAGEN/JENEVA, 2026 yil 11-fevral. JSST Yevropa mintaqasidagi 53 ta mamlakat tomonidan taqdim etilgan dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2025 yilda Yevropa va Markaziy Osiyoda qizamiq bilan kasallanish holatlari soni 2024 yilga nisbatan sezilarli darajada kamaygan, ammo epidemiya xavfi yuqoriligicha qolmoqda, deb ogohlantirmoqda UNICEF va JSST.
Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida 2025 yilda 33 998 ta qizamiq holati qayd etilgan, bu 2024 yildagi 127 412 ta holatga nisbatan qariyb 75% ga kam. Kasallik holatlari sonining umumiy kamayish tendentsiyasi ham epidemiyani cheklash choralari, ham virus yetarlicha emlanmagan jamoalar orqali tarqalishi bilan qizamiq infektsiyasiga moyil bo'lgan odamlar sonining asta-sekin kamayishi bilan bog'liq.
Ko'pgina holatlarning oldini olish mumkin edi, chunki jamoa darajasida muntazam emlash qamrovi ko'paygan va epidemiyaga qarshi o'z vaqtida choralar ko'rilgan.
"Kasallanish holatlari soni kamaygan bo'lsa-da, so'nggi yillarda ushbu xavfli kasallikning qayta avj olishiga olib kelgan sharoitlar saqlanib qolmoqda va ularga yechim topish kerak. Barcha bolalar emlanmaguncha va noto'g'ri ma'lumotlarning tarqalishi tufayli emlanishga nisbatan kuchaygan ikkilanishga yechim topilmaguncha, bolalar qizamiq va boshqa emlash orqali oldini olish mumkin bo'lgan kasalliklar sababli o'lim yoki jiddiy kasallik xavfi ostida qoladilar", dedi UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Rejina De Dominichis.
2025 yilda kasallanish holatlari soni 2000 yildan beri ko'p yillarda qayd etilgan sondan hali ham yuqori bo'ldi va ba'zi mamlakatlar hatto 2025 yilda 2024 yilga qaraganda ko'proq holatlar haqida xabar berishdi. 2026 yilda ham mintaqada qizamiq bilan kasallanish holatlarining aniqlanishi davom etmoqda.
“Oʻtgan yili qizamiq bilan kasallanish holatlari soni qariyb 75 foizga kamaydi, ammo kasallikning avj olish xavfi saqlanib qolmoqda. Soʻnggi uch yil ichida mintaqamizda 200 000 dan ortiq odam qizamiq bilan kasallandi. Agar har bir jamoada emlash qamrovi 95 foizga yetmasa, barcha yosh guruhlari boʻyicha emlashdagi kamchiliklar bartaraf etilmasa, kasalliklarni nazorat qilish kuchaytirilmasa va avj olish holatlariga qarshi tezkor choralar koʻrilmasa, bu juda yuqumli virus tarqalishda davom etadi. Bugungi soxta yangiliklar muhitida odamlar JSST, UNICEF va milliy sogʻliqni saqlash organlari kabi ishonchli manbalardan olingan tasdiqlangan sogʻliqni saqlash tizimi maʼlumotlariga tayanishlari juda muhimdir. Qizamiqni yoʻq qilish milliy va mintaqaviy sogʻliqni saqlash xavfsizligi uchun juda muhimdir”, dedi JSSTning Yevropa mintaqaviy direktori doktor Xans-Genri P. Klyuge.
Qizamiq va qizilcha kasalligini yo'q qilish bo'yicha Yevropa mintaqaviy tekshirish komissiyasi 2024 yil uchun mamlakatlar hisobotlariga asoslanib, 2025 yil sentabr oyida bo'lib o'tgan yig'ilishida qizamiq yuqishi davom etayotgan yoki qayta tiklangan endemik mamlakatlar soni oldingi yildagi 12 tadan 19 taga ko'paygan degan xulosaga keldi. Bu so'nggi yillarda mintaqada qizamiqni yo'q qilishdagi eng katta regressdir.
Qizamiqning tarqalishiga tayyorgarlik va unga qarshi kurash, shuningdek, uni yo'q qilish Yevropa va Markaziy Osiyoda sog'liqni saqlashning ustuvor yo'nalishlari bo'lib qolmoqda. UNICEF va JSST hukumatlar bilan hamkorlikda va Vaksinalar alyansi (GAVI) va Yevropa Ittifoqi kabi hamkorlar ko'magida jamoatchilik bilan aloqalar, tibbiyot xodimlarini o'qitish, immunizatsiya dasturlari va kasalliklarni nazorat qilish tizimlarini mustahkamlash hamda qizamiqqa qarshi emlash kampaniyalarini tashkil etish orqali qizamiq epidemiyalarining oldini olish va ularga qarshi kurash ustida ish olib bormoqda.
Qizamiq odamlarga ta'sir qiluvchi eng yuqumli virusli kasalliklardan biridir. Qizamiq bilan kasallangan har bir kishi, agar emlanmagan bo'lsa, 18 kishiga qadar yuqtirishi mumkin. Shuning uchun, qizamiq grippga qaraganda taxminan 12 baravar yuqumliroqdir. Qizamiq nafaqat kasalxonaga yotqizish va o'limga, balki uzoq muddatli, sog'liq uchun zararli oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, u immunitet tizimiga zarar etkazishi, infektsiyalarga qarshi qanday kurashish haqidagi xotirasini bir necha oy yoki hatto yillar davomida o'chirib tashlashi, omon qolganlarni boshqa kasalliklar va o'limga moyil qilishi mumkin.
Qizamiqqa qarshi vaksinaning ikki dozasi bu kasallikdan umrbod 97% gacha himoya qiladi. Qizamiq epidemiyasining oldini olish hamda juda yosh chaqaloqlarni, shuningdek, tibbiy sabablarga ko'ra emlash tavsiya etilmaydigan boshqa shaxslarni, masalan, immuniteti zaif odamlarni va qizamiqqa qarshi emlash uchun himoya qiluvchi kollektiv immunitetni ta'minlash uchun har bir jamoani yiliga qizamiqqa qarshi vaksinaning ikki dozasi bilan emlash qamrovini 95% ga yetkazish kerak.
###
Muharrirlarga eslatma
Ma'lumotlar JSST Yevropa mintaqasining 53 ta a'zo davlatini qamrab oladi. Yakuniy kuzatuv ma'lumotlari JSST/UNICEFning yillik qo'shma hisobot tizimiga hisobot berilishi sababli, 2025 yildagi umumiy holatlar soni ko'proq bo'lishi mumkin. 2024 yilda JSSTning immunizatsiya axborot tizimi orqali har oyda xabar qilingan qizamiq holatlarining umumiy soni 127 412 tani, yillik qo'shma hisobot tizimiga xabar qilingan yakuniy son esa 151 040 tani tashkil etdi.
JSSTning emlash axborot tizimi orqali taqdim etilgan dastlabki oylik ma'lumotlar qizamiq va qizilcha holatlari bo'yicha boshqaruv panelida aks ettirilgan: Microsoft Power BI. 2025 yil yanvar-dekabr oylari uchun ma'lumotlarni boshqaruv panelida 2026 yil 11-fevral kuni Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 09:00 dan boshlab ko’rish mumkin.
JSST/UNICEF qoʻshma hisobot tizimi orqali xabar qilingan holatlar va emlash qamrovi boʻyicha yillik maʼlumotlar har yili iyul oyida yangilanadi va JSSTning immunizatsiya bo’yicha global portalida (WHO Immunization Data portal - Global) eʼlon qilinadi
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun murojaat qiling:
Jorjina Djayalo xonim | UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy vakolatxonasi | +41 763206814| [email protected]
Katarina Margaret Reynen-De Kat xonim I JSST Yevropa I [email protected]
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to'g'risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagram da kuzatib boring.