UNICEF Qashqadaryo viloyatiga kislorod uskunalarining birinchi partiyasini yetkazib berdi
UNICEF Qashqadaryo viloyatida 150 ming ona va bolaga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun kislorod uskunalarining birinchi partiyasini yetkazib berdi
Joriyyilning may oyida UNICEF tomonidan Qashqadaryoviloyatidagi Viloyat bolalarshifoxonasi va Viloyat perinatalmarkaziga kislorod uskunalariningbirinchi to’plami yetkazib berildi. Viloyatdagi bir yuz ellik ming nafardan ortiq bola va onalarga tibbiy xizmat ko’rsatishni yanada yaxshilash uchun ushbu hayotiy zarur tibbiy asbob-uskunalar intiqlik bilan kutilgan edi.
Keltirilgan tibbiy uskunalar yordamida tibbiyot xodimlari og’ir ahvoldagi yangi tug’ilgan chaqaloqlar va onalarning hayotini saqlab qolish uchun tezkor harakatlarni amalga oshirishlari mumkin bo’ladi.
UNICEF tug’ruq vaqtida va undan keyingi davrda hayotni saqlab qoluvchi tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash uchun ko’mak berishda davom etmoqda. Bu esa, o’z navbatida, yangi tug’ilgan chaqaloqlarning omon qolish ko’rsatkichlarining oshishiga xizmat qiladi.
Kislorod uskunalarini yetkazib berish UNICEFning COVID-19 ga qarshi kurash vositalaridan foydalanishni tezlashtirish uchun ta’minotni moliyalashtirish fondi yordamida amalga oshirildi.