Oilalarni sifatli qo'llab-quvvatlash ijtimoiy ishning asosidir

2020 yil 5-7 oktabrda O'zbekistonning uchta viloyatida ijtimoiy xodimlar uchun trening bo'lib o'tdi

UNICEF Uzbekistan
Участники тренинга в процессе обсуждения
UNICEF Uzbekistan/2020
23 Oktabr 2020

Karantin cheklovlari tufayli ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xizmatlar sohasida ba’zi qiyinchiliklar yuzaga keldi, shu bois zaif oilalardagi farzandlari tarbiyalashda stress kuchaydi. Buning sabablaridan biri ta'lim muassasalarining vaqtincha yopilishi va bolalarni o'z tengdoshlari bilan ko'risha olmasligi bo’ldi.

Qurolli mojarolar hududlaridan qaytarib olib kelingan ko'plab ayollar va bolalar pandemiya paytida og'ir ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardan qiynaldi, chunki bolalar va oilalarni himoya qilish xizmatlarining muammolarni hal etishdagi faoliyati sustlashdi.  Bunday qiyin davrdazaif oilalarningularni himoya qilishda ishtirok etadigan vasiylik organlari, oilalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha mutaxassislar, ijtimoiy xodimlar va paraprofessionallar kabi davlat idoralarining yordamiga ehtiyoji oshadi.

UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi ushbu vaziyatni yaxshilash uchun davlat idoralari bilan hamkorlikni davom ettirib, bolalar va ularning oilalarini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga sarmoya kiritmoqda. Buning uchun zaif oilalar bilan ishlaydigan mutaxassislar yaxshi malakaga ega bo'lishi va ish paytida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday vaziyatga tayyor bo'lishi kerak.

UNICEF Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi, shuningdek Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda Namangan, Andijon va Toshkent viloyatlarida mutaxassislar uchun "Ayollar va bolalar bilan ijtimoiy ish amaliyoti" mavzusida uch kunlik trening o'tkazdi.

Trening ijtimoiy qadriyatlar va keys-menejment standartlariga asoslangan holda ijtimoiy ish amaliyotining tarkibiy qismlarini qamrab oldi. Trening ishtirokchilari O'zbekistondagi oilalar va bolalarni ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, ayollar va bolalarga nisbatan noto'g'ri munosabatda bo'lish muammolari, ularning kelib chiqish sabablari va bu bilan bog'liq xavflarni muhokama qildilar. Trenerlar “Bog’lanib qolish nazariyasi”ga asoslanib, bolaning rivojlanishida oilaning ahamiyatini tushuntirib berishdi/ Ushbu nazariyaga ko'ra, bolalarning hayotida larnga e'tibor, mehr va muhabbat beradigan inson bo'lishi muhimdir.

Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi mutaxassislari hamda mahalla qo'mitalarining oilalar bilan ishlash bo’yicha mas'ul mutaxassislari qurolli mojarolar hududlaridan qaytgan bolalar va oilalar yordam ko'rsatish bo'yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar.

Ishtirokchilar ixtisoslashtirilgan axloq tuzatish muassasalaridan chiqib ketayotgan bolalarпф oilada g’amxo’rlikqilish va psixologik-ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning muqobil shakllarini kengaytirish zarurliginito’g’risida so’z yuritdilar. Individual integratsiya rejalarini amalga oshirish va bolalarning o’z oilalari va hamjamiyati bilan birlashishlariga ko’maklashish orqali bunga erishish mumkinligini ta'kidladilar.

Trening davomida olingan bilim va ko'nikmalardan foydalanib, vazirliklar va hamjamiyatlar  mutaxassislari pandemiya paytida oilaviy muammolarni hal qilish va bolalar himoyasi sohasidagi muammolarni kamaytirish bo'yicha qo'shimcha xizmatlarni joriy etishlari mumkin.

UNICEF vazirlik va uning hududiy bo’limlari bilan ijtimoiy xodimlar salohiyatini oshirish va hamjamiyat darajasida oilalarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash bo'yicha hamkorlikni davom ettiradi.

Treninglar Birlashgan Millatlar Tashkilotining COVID-19ga qarshi kurashish va uning ta’siridan keyin qayta tiklanish bo'yicha ko'p tomonlama hamkorlik trast fondi doirasida tashkil qilingan bo'lib, O'zbekistondagi COVID-19 inqirozidan zarar ko'rgan zaif guruhlarga ko'mak va har tomonlama xizmat ko'rsatishga alohida e'tibor qaratilgan.