Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yorqinroq dunyo sari

UNICEF O‘zbekiston Hukumatiga nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning oilalari uchun optimal ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash paketlarini ishlab chiqishda ko‘mak bermoqda

UNICEF
UNICEF
UNICEF
07 Oktabr 2025

Oilaning eng kichik farzandi bo’lgan to‘rt yoshli Muhammad Solih — o’z qadirdonlarining eng sevimliy dilbandi. «Biz butun hayotimizni shu farzandimiz ehtiyojlariga moslab, oiladagi barcha ishlarimizni uning uchun qulayliklar yaratishga va uning kelajagiga qaratdik,” — deydi Muhammad Solihning onasi Muhayyo.

U kunu-tun o‘g‘liga g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda. Muhammad Solih bolalar bosh miya falaji va boshqa sog‘liq muammolari bilan yashamoqda. Otasi imkon qadar doimo o’g’li yonida bo‘lishga harakat qiladi, ba’zida esa mashinasida kichik buyurtmalarni bajarish orqali oilasi uchun tirikchilik qiladi.

Muhammad Solih yurmaydi va gapira olmaydi, lekin atrofda sodir bo‘layotgan hamma narsani yaxshi tushunadi. Uning kuni ertalab maxsus bolalar bog‘chasiga borishdan boshlanadi, tushdan keyin esa shifokor qabulida bo’ladi. Kun davomida onasi uni mehir bilan parvarish qiladi.

Bunday kundalik hayot oson emas. Qarindoshlari Muhammad Solihga nogironlar aravachasini olib berishga yordam berishdi, biroq tibbiy xizmatlardan foydalanish ko‘pincha uzoq vaqt navbatlarda turishni anglatadi. Bundan tashqari, akvaterapiya yoki moslashtirilgan massaj singari terapiya xizmatlari hududda mavjud emas. Shunga qaramay, Muhayyo umidini yo‘qotmaydi va o‘g‘liga o‘xshagan bolalar uchun tuman markazlari tashkil etilishini orzu qiladi.

«Men 17 yil nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha tarbiya tashkilotida ishlaganman va shunday markazlarning ochilishida o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. 
Agar bu markazlar yaqin joyda bo‘lsa, oilalar o’z vaqtlari va kuchlarini tejashlariga,  bolalar esa jismoniy va ruhiy rivojlanishda uchun ko’poq imkoniyatlarga ega bo‘lar edilar», — deydi u.

Albatta, Muhayyoning hikoyasi sabr-toqat va matonat misolidir. Shu bilan birga, u nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning oilalari uchun individul ehtiyojlarga asoslangan optimal ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash paketlari zarur ekanligini ham ko’rsatadi. 
Oilalarga faqatgina turli tashkilotlardan umumiy yordam emas, balki yaxlit va individual ehtiyojlarga moslashtirilgan, tizimlashtirilgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash paketlari kerak.

Bunday paketlari bolalarga tibbiy yordam, reabilitatsiya, ta’lim, transport va yordamchi texnologiyalardan samaraliroq foydalanish imkoniyatini beradi, nogironligi bo‘lgan bolalarning ehtiyojlari tan olinadigan va qondiriladigan, ota-onalar esa yolg‘iz emas, balki qo‘llab-quvvatlanayotganini his qiladigan muhitni ta’minlashi mumkin.

«Men boshqa onalar uchun ertangi kun mening bugungi kunimdan  osonroq bo‘lishini istayman. Har bir oila yolg‘iz emasligini, ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor tizim borligini his qilishi juda muhimdir», — deydi Muhayyo.

UNICEF O‘zbekiston Hukumatiga nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning oilalari uchun optimal ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash paketlarini ishlab chiqishda ko‘mak  bermoqda. 
Bu paketlar nogironligi bo‘lgan bolalarni jamiyatga to‘liq qo‘shish uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar qiymati bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot asosida ishlab chiqilgan. 
Tadqiqot Milliy ijtimoiy himoya agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi va “Quyoshli olam” nogironligi bo’lgan bolalarning ota-onalari tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Bu hamkorlik O‘zbekistonning nogironlikni aniqlashning tibbiy modelidan huquqiy va ijtimoiy modelga o‘tish jarayonining bir qismi bo’lib hisoblanadi.