Bolalar ovozi: Mening kunim. Mening huquqlarim
Jahon bolalar kuni bolalar nafaqat benefitsiarlar foyda oluvchilar, balki o'zgarishlarning muhim agentlari, siyosatni shakllantirish va jamiyatni o'zgartirishga qodir ekanligini ta'kidlaydi
TOSHKENT, 2025-yil 20-noyabr — Boshqa mamlakatlar qatori O'zbekiston ham Jahon bolalar kunini nishonlamoqda. UNICEF va hamkor tashkilotlar — davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari va yosh faollar — bolalar huquqlarini targ'ib qilishga bag'ishlangan tadbirlarni o'tkazmoqdalar. Birgalikdagi ushbu sa'y-harakatlar bolalarning ovozini kuchaytirish, yutuqlarni nishonlash va innovatsion, inklyuziv va bolalarga yo'naltirilgan harakatlarga yangicha e'tibor qaratgan holda taraqqiyot yo'lini belgilashga qaratilgan.
Jahon bolalar kunini nishonlash avvalroq bir oylik milliy kampaniya — "Mening kunim. Mening huquqlarim" tanlovi bilan boshlangan edi. Ushbu tanlov doirasida O'zbekistonning barcha hududlarining vakillari bo’lgan 100 dan ortiq bolalar sermazmun videolarni taqdim etishdi. Bolalar o'z hikoyalarini aytib, bolalar huquqlarini hurmat qilish haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdilar. UNICEF uchta eng yaxshi video yaratuvchilarini taqdirladi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi va UNICEF birgalikda BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyasi bo'yicha ochiq dars tashkil etdilar. Ushbu tashabbusda mamlakat bo'ylab to'qqiz million bola va o'smir ishtirok etdi. Dars o'quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, ularni Konventsiya bilan tanishtirish va uni o'z hayotlari bilan bog'lash uchun mo'ljallangan edi.
O'zbekistonning barcha hududlaridan 120 nafar bola Oliy Majlis Senatiga qaror qabul qiluvchilar bilan muloqot qilish, o'z fikrlarini bildirish va bolalar huquqlarini himoya qilish uchun tashrif buyurdi. Ular bolaning sog'lom muhitga bo'lgan huquqiga e'tibor qaratdilar va iqlim o'zgarishiga qarshi choralar samaradorligini oshirish yo'llarini taklif qilishdi. Mintaqalardan yana 60 nafar bola onlayn tarzda ishtirok etdi va shunday muloqotlar mahalliy hokimiyat organlari bilan tashkil etiladi.
Bola huquqlari sohasida uzoq yillik ish tajribasiga ega 100 dan ortiq yuqori darajadagi hamkorlar, jumladan, hukumat vakillari, rivojlanish bo'yicha hamkorlar, xususiy sektor vakillari, yoshlar va bolalar BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyasining 36 yilligi va Jahon bolalar kuni munosabati bilan o'tkazilgan yuqori darajadagi tadbirda ishtirok etishdi. Tadbir asosiy yutuqlarni va hamkorlar o'zgaruvchan dunyoda bolalar va yoshlar uchun dasturlarni qanday qayta tasavvur qilishlari mumkinligini muhokama qilish imkoniyatini berdi.
Bolalar huquqlarini ramziy ma’noda ilgari surish belgisi sifatida mamlakatdagi bir qancha binolar ko’k rangda yoritildi.
OAV vakillari uchun kontaktlar:
Inna Volfson Yoshlar va o‘smirlar rivojlanishi masalalari bo‘yicha maslahatchi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Telefon: 99893 5055256 El.pochta: [email protected]
| Nargiza Egamberdieva Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi Теlefon: +99893 3803419 El. pochta: [email protected]
|
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to'g'risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagram da kuzatib boring.