COVID19 paytida bolalar va zaif oilalar bilan samarali ishlash uchun ko'nikmalarni takomillashtirish

UNICEF bolalar va oilalar bilan ijtimoiy ishdagi asosiy ko'nikmalarni takomillashtirish bo'yicha onlayn trening tashkil qildi.

UNICEF Uzbekistan
Qiz singlisining sochini turmaklamoqda.
UNICEF Uzbekistan/2020
06 Iyul 2020

UNICEF bolalar va oilalar bilan ijtimoiy ishdagi asosiy ko'nikmalarni takomillashtirish bo'yicha onlayn trening tashkil qildi. UNICEF maslahatchisi Lyudmila Kim olib borgan trening 2020 yil 16-18 iyun kunlari ZOOM ilovasi orqali o'tdkazildi.

Treningning qurolli mojarolar bo'layotgan hududlardan qaytgan va migratsiya ta'siriga uchragan oilalar bilan ishlaydigan ijtimoiy xodimlarning aloqa ko'nikmalarini yaxshilashga qaratildi. O'zbekistonning turli viloyatlari vakillari bo'lgan  o'ttiz bitta ijtimoiy xodim, psixologlar va ijtimoiy sohadagi davlat tashkilotlarining mutaxassislari karantin davrida ayollar va bolalarning farovonliginita'minlashga xizmat qiladigan yangi bilim va ko'nikmalarni egalladilar.

Treningdan oldin o'tkazilgan so'rovnoma COVID-19 tufayli tadbiq etilayotgan o'zini-o'zi izolyatsiya qilish ijtimoiy xodimlarning ish faoliyatiga ta'sir qilganini ko'rsatdi. Ular ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan, asosan, telefon va telegramm kanalari orqali qanday muloqot qilayotganlari ma'lum bo'ldi. Muloqot ijtimoiy ishning muhim jihatlaridan biri bo'lganligi sababli mutaxassislarning ushbu ko'nikmalarini yaxshilash juda muhimdir.

Trening ishtirokchilari ijtimoiy xizmatlar amaliyotidagi axloqiy tamoyillar va qadriyatlar, stigma va kamsitishga qarshi amaliyot, og'zaki va og'zaki bo'lmagan shaxslararo muloqot va faol tinglash ko'nikmalari bilan tanishdilar. Ular qadriyatlar ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlar bilan ishlashga qanday ta'sir qilishi mumkinligini aniqladilar. Ijtimoiy xodimlar stigma, uning oqibatlari haqida o'z bilimlarini kengaytirdilar hamda kamsitmasdan so'zlashish orqaliqanday qilib kamsitishga qarshi ish olib borish borasidagi misollar bilan tanishdidar.

"Men o'zimiz ishlayotgan oilalarga shaxsiy e'tiqodimiz, nuqtai nazarimiz va qadriyatlarimizni singdirayotganimizni, bu esa noto'g'ri ekanligini angladim. Shaxsiy fikr kasbiy maslahatlarga ta'sir qilmasligi lozim, bu ikki tushuncha doimo bir-biridan ajralib turishi kerak", dedi Aziza To'raqulova, O'zbekiston milliy universiteti ijtimoiy ish kafedrasi o'qituvchisi.

Rol’ o'ynash mashg'uloti orqali trening ishtirokchilari ijtimoiy xodimlar va ularning mijozlari o'rtasidagi muloqotni tahlil qilib, xatolarni aniqladilar va muloqot ko'nikmalarini takomillashtirish yo'llarini o'rgandilar.

"Rol’ o'ynash mashg'uloti mijozlar bilan gaplashishda bizning ba'zi savollarimiz ularga og'ir botishi mumkinligini ko'rsatdi. Shuning uchun qaysi savollar o'rinli ekanligini hamda ularni qanday berishni bilshimiz muhim", - dedi Buxorolik ijtimoiy xodim Zumrat Kenjayeva.

Ijtimoiy xodimlar og'zaki va og'zaki bo'lmagan muloqot ko'nikmalarining turlarini o'rganishdi va mashg'ulotlar davomida ularni amalda qo'llashdi. Og'zaki bo'lmagan muloqot va suhbat davomida empatik tinglash oilalarga ijtimoiy xodimlar ularning tarixiga qiziqishiga ishonishga va suhbat chog'ida o'z fikrlarini erkin ifoda etishga yordam berishi ham ta'kidlandi. Ishtirokchilar mijoz bilan gaplashayotganda empatik tinglashning ahamiyati va samaradorligi haqida ham tushunchaga ega bo'ldilar.

Trening ishtirokchilari ushbu tadbir to'g'risida  ijobiy fikrlar bildirib, murabbiy va tashkilotchilarga keyinchalik o'z amaliyotlarida qo'llanadigan bilim va ko'nikmalar olganlari uchun uchun minnatdorchilikizhor etdilar. Ular keyingi treninglarda ham ishtirok etish istagini bildirdilar.

"Bu juda qiziqarli va foydali tajriba bo'ldi. Biz zaif, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan juda ko'p muloqotda bo'lamiz va ular ko'pincha ochiqchasiga suhbat qilishga moyil emaslar. Endi men ular bilan qanday muomila qilishni bilaman", dedi Lola Boynazarova, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi vakili.

Ijtimoiy ish bo'yicha keyingi trening mazkur guruh ishtirokchilari uchun mazkur yilning iyul’ oyida tashkil etiladi. O'zbekistonda ijtimoiy xodim kasbini targ'ib qilishga, shuningdek ijtimoiy ta'minot bo'yicha milliy kadrlar xizmatini rivojlantirishga ko'mak beradi.

Trening Yevropa Ittifoqi va UNICEF tomonidan moliyalashtirilayotgan "Janubi-Sharqiy, Janubiy va Markaziy Osiyoda migratsiya ta'siriga uchragan bolalarni himoya qilish" loyihasi doirasidagi tadbirlardan biridir.