Global darjadagi immunizatsiya harakatlari so'nggi 50 yil ichida kamida 154 million kishining hayotini saqlab qoldi

2024 yil Jahon emlash haftaligi davomida JSST, UNICEF, Vaktsinalar alyansi Gavi va Bill va Melinda Geyts jamg'armasi butun dunyo bo'ylab emlash dasturlarini kengaytirish uchun "Barchasi insoniya qo’lida" kampaniyasini boshladi

25 Aprel 2024
UNICEF
UNICEF

2024 yil 24-aprel| Jeneva / Nyu-York/Sietl / Toshkent – ​​The Lancet nashri tomonidan e’lon qilingan yirik tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi 50 yil ichida immunizatsiya bo‘yicha global sa’y-harakatlar 154 million kishining hayotini -  bu har yili har daqiqada 6 kishining hayotini bildiradi - saqlab qolgan. Bularning katta qismini 101 million go’daklar tashkil etadi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, immunizatsiya bolalarning nafaqat birinchi tug'ilgan kunigacha omon qolishi, balki balog'at yoshiga etganida ham sog'lom bo'lishini ta'minlashga qaratilgan har qanday sog'liqni saqlash amaliyotiga qo’shilgan eng katta hissasidir.

So’nggi 50 yil ichida 14 ta kasallikka (difteriya, B tipidagi Haemophilus infektsiya, gepatit B, yapon ensefaliti, qizamiq, meningit A, ko'k yo'tal, invaziv pnevmokokk infektsiyasi, poliomielit, rotavirus, qizilcha, qoqshol, sil va sariq isitma) qarshi emlash dunyo bo'ylab go’daklar o'limini 40% ga qisqartirdi.

Poliomiyelitga qarshi emlash tufayli falaj bo'lib qolishi mumkin bo’lgan 20 milliondan ortiq odam endi yurishi mumkin. Bugungi kunda dunyo poliomielitni butunlay yo'q qilish arafasida turibdi.

Bolalarning omon qolishi bo'yicha erishilgan yutuqlar butun dunyo bo'ylab emlash taraqqiyotini himoya qilish va pandemiya davrida bir yoki bir nechta vaksinalarni o'tkazib yuborgan 67 million Bolani vaksinatsiya bilan qamrab olish uchun sa'y-harakatlarni jadallashtirish muhimligini ta'kidlaydi.

Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, Emlash bo'yicha kengaytirilgan dastur boshlanganda butun dunyo bo'ylab chaqaloqlarning 5% dan kamrog'ini muntazam emlash imkoniyati bor edi. Bugungi kunda chaqaloqlarning 84% difteriya, qoqshol va ko'kyo'talga qarshi uch dozali vaksina bilan himoyalangan, bu emlash qamrovining global ko’rsatkichidir.

O‘zbekistonda UNICEFning Gavi vaksinalar alyansi, JSST va USAID bilan hamkorlikdagi texnik ko‘magi emlash xizmatlari va infratuzilmasini sezilarli darajada yaxshilab, Milliy emlash dasturi doirasida uch yarim million bolaga yordam berdi. Bu har yili 950 ming bolaga difteriya, qoqshol va ko‘kyo‘talga qarshi uch dozali vaksina olish imkonini beruvchi xavfsiz vaksinalarning barqaror ta’minlanishini o‘z ichiga oladi.

2023 yilda UNICEF COVAX dasturi orqali rejali emlash uchun 28,1 million doza vaksinalarini hamda o’n million doza COVID-19 ga qarshi emlash uchun vaksinalarini xarid qilishga yordam berdi. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, rejali emlash qamrovi 96 foizni, COVID-19 ga qarshi birlamchi emlash seriyasining yakuni 54,1 foizni tashkil etmoqda. Bundan tashqari, aholining 47,3 foizi (16,1 million kishi) revaksinatsiya qilingan, bunda vaksinalar taqchilligi kuzatilmagan.

UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi UNICEF ta’minot departamenti bilan hamkorlikda mamlakatga sifatli vaksinarni hamyonbop narxda yetkazib berishga Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko’mak beradi.

Dunyodagi eng yirik vaksina xaridorlaridan biri sifatida UNICEF dunyo bolalarining deyarli yarmini qamrab olish uchun mamlakatlar va hamkorlar nomidan har yili 2 milliarddan ortiq dozani sotib oladi. UNICEF, shuningdek, emlash xizmatlaridan foydalanish uchun yetarli imkoniyatga ega bo’lmagan eng chekka joylarda vaksinalar bolalarga yetib borishini ta'minlash ustida ish olib boradi.

“Emlash tufayli koʻproq bolalar besh yoshga toʻlgunga qadar omon qolmoqda va tarixdagi har qanday davrdagidan ham koʻproq yaxshi rivojlanmoqda”, - dedi UNICEF ijrochi direktori Ketrin Rassel. “Ushbu ulkan yutuq bolalarni o‘limga olib keladigan kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha hukumatlar, hamkorlar, olimlar, tibbiyot xodimlari, fuqarolik jamiyati, ko‘ngillilar va ota-onalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasidir. Biz bundan foydalanib, butun dunyoda har bir bola hayotini saqlab qoluvchi vaksinalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishini ta'minlashimiz kerak”.

O‘zbekistonda UNICEF vaksinalarni saqlash va tarqatish sharoitlarini yaxshilashda yordam ko‘rsatdi, bu esa mamlakatning immunizatsiya dasturi samaradorligini oshirdi. Bunga sovuqlik zanjir infratuzilmasini mustahkamlash, barcha vaksinalar omborlarida haroratni baholashni xaritasini tuzish va barcha 221 ta vaksina omborlarida haroratni masofadan nazorat qilish tizimini joriy etish kiradi. Ushbu tizim real vaqt rejimida monitoring va optimal saqlash sharoitlarini saqlab qolish uchun o'z vaqtida aralashuvni ta'minlaydi.

Bundan tashqari, UNICEF O‘zbekistonni immunizatsiya tizimi va ta’minot zanjirini mustahkamlash uchun foydalaniladigan raqamli texnologiyalardan foydalanishda qo‘llab-quvvatlamoqda. UNICEF boshqa tizimlar bilan mosligini ta'minlovchi Elektron emlash reyestrini (EER) ishlab chiqdi va joriy qildi. Immunizatsiya sohasidagi 8 ming nafar xodim EER bilan ishlash bo‘yicha o‘qitildi va ularning ishi uchun 3000 ta planshet kompyuterlar xarid qilindi. Ushbu tadbirlar fuqarolarga 2024 yilda yagona veb-portal orqali onlayn ravishda o‘zlarining emlash haqidagi ma’lumotlarini olish imkonini beradi.

“O‘zbekistonda immunizatsiya tarixi insoniyat g‘alabasi tarixidir”, – dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Joffri Ijumba. "Barcha - onalar, patronaj hamshiralar, mobil emlash brigadalari vaksinatorlari, vaksinalar ombori menejerlari va haydovchilar - haqiqatan ham barchasi insoniyat qolida ekanligini ko'rsatadi."

Global miqyosda, jumladan, O‘zbekistonda ham emlash dasturlari shuni ko‘rsatdiki, ko‘p tomonlar, jumladan, davlat rahbarlari, mintaqaviy va global sog‘liqni saqlash agentliklari, olimlar, xayriya tashkilotlari, yordam ko’rsatish agentliklari, biznes va hamjamiyatlar birgalikda ishlaganda barcha narsa insoniyat qo’lida bo’ladi.

Bugun JSST, UNICEF, Gavi vaktsinalar alyansi va Bill va Melinda Geyts fondi BMGF 2024 yil 24-30-aprelda har yilgi Jahon immunizatsiya haftaligini nishonlash maqsadida “Barchasi insoniyat qo’lida” Humanly Possible nomli qo‘shma kampaniyani boshlamoqda.

Global xabardorlik kampaniyasi dunyo yetakchilarini insoniyatning eng katta yutuqlaridan birini nishonlash bilan birga sog‘liqni saqlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlab, hayotni saqlab qoluvchi vaksinalar va immunizatsiya dasturlarini ilgari surish, qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirishga chaqiradi.

Kengaytirilgan emlash dasturining keyingi 50 yili nafaqat emlanmagan bolalarni, balki keksalarni grippdan, onalarni qoqsholdan, o'smirlarni odam papillomasi virusidan, barchani sil va boshqa ko'plab yuqumli kasalliklardan himoya qilishni talab qiladi.

****

Muharrirlar uchun eslatma

The Lancet nashrida 2024 yil 22-aprelda e'lon qilingan

“Emlashning bolalar omon qolishini yaxshilashga qo'shgan hissasi: Emlash bo'yicha kengaytirilgan dasturning 50 yilligini modellashtirish”

Read the study, Contribution of vaccination to improved child survival: modelling 50 years of the Expanded Programme on Immunization, accepted for publication in The Lancet on 22 April 2024.

Batafsil ma’lumaot:

JSST 2024 yil Jahom immunizatsiya haftaligi - World Immunization Week 2024 (who.int)

“Barchasi insoniyat qo’lida ”kampaniyasi” -  http://itshumanlypossible.org  

Fotosuratlar

 

OAV murojaati uchun kontaktlar

WHO Media Team: [email protected]

Sara Alhattab, UNICEF New York, Tel: +1 917 957 6536, [email protected]

Meg Sharafudeen, Gavi, [email protected] +41 79 711 5554

Cirũ Kariũki, Gavi, [email protected] +41 79 913 9441

The Bill & Melinda Gates Foundation: [email protected] 

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: [email protected]

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.