Dunyo miqyosida 5ta maktabdan 2tasi COVID-19 pandemiyasidan oldin qo‘l yuvish uchun asosiy sharoitlarga ega emas edi - UNICEF, JSST

O‘zbekistonda maktablarning 83 foizi toza ichimlik suvidan foydalanish va 78 foizi asosiy sanitariya sharoitlariga ega.

17 Avgust 2020
Девочка моет руки с мылом.
UNICEF

N'YU-YORK/JENEVA, 2020 yil 13-avgust - Dunyo bo‘ylab maktablar qayta ochilish masalasini ko‘rib chiqayotgan bir paytda, JSST va UNICEFning Birlashgan Monitoring Dasturining (BMD) so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekistonning 13 foiz maktablarida qo‘llarni sovun va suv bilan yuvish uchun zarur sharoit yo‘q. Bu COVID-19 pandemiyasi sharoitida maktablarning xavfsiz faoliyat yuritishi uchun muhim shartdir.

O‘zbekistonda maktablarning 83 foizi toza ichimlik suvidan foydalanish va 78 foizi asosiy sanitariya sharoitlariga ega.

“Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda maktablarning yopilishi 8 milliondan ortiq bolalarning ta'lim olishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. O‘zbekiston hukumati bosqichma-bosqich tarzda maktablarni qayta ochishni rejalashtirar ekan, bunda maktablarning qayta ochilishi xavfsiz bo‘lishi va mamlakatning COVID-19 pandemiyasiga qarshi sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan tayinlangan umumiy chora-tadbirlariga rioya qilinishi lozim. O‘quvchilar, xodimlar va o‘qituvchilar hamda ularning oilalarini himoya qilish uchun barcha tegishli choralar ko‘rilishi muhimdir,” dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Maktablar qayta ochilishidan oldin maktablar barcha zarur suv, sanitariya va gigiena (WASH) sharoitlari bilan sifatli va yetarli miqdorda jihozlanganligiga, va o‘quvchilarga o‘qish uchun xavfsiz, ishonchli qulay muhit yaratish uchun maktablarda tozalash va dezinfeksiyalash ishlari tegishli ravishda ta'minlanganligiga ishonch hosil qilish kerak,” deya qo‘shimcha qildi u.

Hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 818 million bolalar o‘zlarining maktablarida qo‘l yuvish uchun asosiy vositalarga ega emas, bu esa ularga COVID-19 va boshqa yuqumli kasalliklar yuqishining xavfini oshiradi. Ularning uchdan bir qismidan ko‘pini (295 million) Afrikadagi Saxroi kabirdan janub tomon joylashgan mamlakatlardagi bolalar tashkid etadi . Kam rivojlangan mamlakatlarda 10 ta maktabning 7 tasi qo‘l yuvish uchun asosiy vositalarga, maktablarning yarmi esa asosiy sanitariya va suv ta'minotiga ega emas.

Hisobotda ta'kidlanishicha, COVID-19ning tarqalishini nazorat qilishni istagan hukumatlar sog‘liqni saqlash choralarini amalga oshirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirlarni muvozanatlashi kerak. Maktablarning uzoq vaqtga yopilishi bolalarning xavfsizligi, farovonligi va o‘qishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi isbotlangan, deyiladi hisobotda.

WASH xizmatlaridan foydalanish maktablarda infeksiya tarqalishining oldini olish va nazorat qilish uchun zarurdir va davom etayotgan COVID-19 global pandemiyasi davrida maktablarni xavfsiz qayta ochish va ishlatish bo‘yicha hukumat strategiyalarining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.

Hisobotdagi boshqa asosiy fikrlar quyidagilardir:

  • Maktabda qo‘l yuvish uchun sharoit mavjud bo‘lmagan 818 million bolalarning 355 millioni qo‘l yuvish uchun suv bo‘lgan, ammo sovun bo‘lmagan maktablarda, 462 millioni esa qo‘l yuvish uchun suv va sovun bo‘lmagan maktablarda o‘qiydi.
  • COVID-19 tufayli sog‘liqni saqlash va gumanitar inqiroz xavfi yuqori bo‘lgan 60 mamlakatda har to‘rtta boladan uchtasi maktabda qo‘l yuvish uchun asosiy sharoitga ega emas edi; barcha bolalarning yarmi asosiy suv ta'minotidan mahrum; va yarmidan ko‘pi asosiy sanitariya xizmatiga ega emas.
  • Dunyodagi har 3 ta maktabning bittasi ichimlik suvi bilan cheklangan tarzda  ta'minlangan yoki umuman ichimlik suvi bilan ta'minlanmagan.
  • 698 million bolalar uchun ularning maktablarida asosiy sanitariya shariotlari mavjud emas.

Hisobotda COVID-19 tarqalishining oldini olish va maktablarda nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan bir nechta manbalar, shu jumladan 10 ta tezkor harakatlar va xavfsizlikni tekshirish bo‘yicha ruyxat keltirilgan. U YuNESKO, YuNISEF, Jahon oziqg‘ovqat tashkiloti tashkiloti va Jahon banki tomonidan chiqarilgan maktablarni xafsiz qayta ochish ko’rsatmalariga asoslanib, milliy va mahalliy hokimiyat idoralariga maktablarni xavfsiz qayta ochishga tayyorgarlik ko‘rish va maktabga qaytganlarida bolalar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalarga asoslanadi. Tavsiyalar gigiena, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, tozalash va dezinfeksiyalash, shuningdek toza suvdan foydalanishni ta'minlash, sovun mavjud bo‘lgan qo‘l yuvish joylari va xavfsiz hojatxonalar to‘g‘risida WASHga aloqador bir nechta protokollarni o‘z ichiga oladi.

UNICEF va JSST dunyo bo‘ylab WASH xizmatlaridan barcha foydalanishini ta'minlashga intiladi. Yaqinda agentliklar eng zaif jamoalarni o‘zlarining sog‘lig‘i va atrof-muhitni himoya qilish vositalariga yordam berish uchun Hamma uchun qo’llar gigienasi qo‘shma tashabbusini boshladi. U xalqaro hamkorlar, milliy hukumatlar, davlat va xususiy sektor va fuqarolik jamiyatini hamyonbop mahsulotlar va xizmatlarning mavjudligini, xususan noqulay hududlarda, ta'minlash uchun birlashtiradi.

 

###

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

Sara Alhattab, UNICEF Bosh vakolatxonasi, Tel: +962 7 80180363,

salhattab@unicef.org

 

Nargiza Egamberdiyeva, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Теl: 998933803419,

negamberdieva@unicef.org

 

UNICEF haqida

UNICEF dunyoning eng zaif vaijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni qamrab olish uchun dunyoning eng qiyin joylarida faoliyat yuritadi. 190 dan ortiq mamlakatlar va hududlarda biz har bir bola uchun hamma uchun yaxshiroq dunyoni qurish maqsadida harakat qilamiz

Twitter va Facebook da UNICEF faoliyatini kuzatib boring.

 

Birlashgan monitoring dasturi haqida

JSST va UNICEFning suv ta'minoti, sanitariya va gigiena sohasidagi birlashgan monitoring dasturi (BMD) Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) va ichimlik suvi, sanitariya va gigiena (WASH) bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni kuzatish uchun mas'uldir. BMD uy xo‘jaliklari, maktablar va sog‘liqni saqlash muassasalarida WASH bo‘yicha yutuqlarning milliy, mintaqaviy va global baholanishini ishlab chiqadi.

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99871 2339512
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.