Bolalar va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari Oliy Majlis senatorlari bilan BMT Bola huquqlari bo’yicha qo’mitasi tomonidan O’zbekistonga taqdim etilgan tavsiyalarning bajarilishini muhokama qildilar
Yoshlar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnoma bola huquqlari sohasidagi ishlarni yanada yaxshilash zarurligini ko’rsatdi
TOSHKENT, 2023 yil 23-noyabr – Jahon bolalar kunini nishonlashga bag’ishlangan bir haftalik tadbirlar doirasida O’zbekistonning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan bolalar va nodavlat notijorat tashkilotlari (NTT) vakillari, jumladan nogironligi bo’lgan shaxslar Oliy Majlis senatorlari hamda vazirliklar rahbarlari bilan uchrashib, BMT Bola huquqlari bo’yicha qo’mitasi tavsiyalarining O’zbekistonda amalga oshirilishi yuzasidan o’z fikr va takliflarini bildirdilar.
Tadbirdan ko’zlangan maqsad fuqarolik jamiyati va bolalarning O’zbekistonda mazkur qo’mita tavsiyalarini amalga oshirishda faol ishtirokini ta’minlashdan iborat edi.
Uchrashuv davomida NNT vakillari, bolalar va yoshlar BMTning Bola huquqlari bo'yicha qo'mitasining O'zbekiston uchun tavsiyalarini fuqarolik jamiyati va bolalar orasida tarqatishning ahamiyatini ta’kidladilar. Ular bolalar bilan ishlashda ushbu ma'lumotlar ularga tushunarli shaklda va ularning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda bo'lishi kerakligini alohida aytib o’tdilar. Uchrashuv ishtirokchilari har bir bolaning barcha huquqlarini himoya qilishning zarurligi aytib, barcha uchun yanada yaxshi dunyoni yaratishda bolalar va yoshlar ishtirokining o'zgartiruvchi kuchi haqida ma'lumot tarqatish bo'yicha faoliyatni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Shundan so’ng, bolalar yaqinda o’tkazilgan U-Report so’rovi natijalarini taqdim etdilar. Unda 1800 dan ortiq respondentlar bola huquqlarini amalga oshirish bo’yicha o’z fikrlarini bildirganlar. Ularning 38 foizi maktabda bolalar huquqlarini o’rganmaganligini aytgan. So’rovda ishtirok etganlarning atigi 13 foizi o’z maktablarida Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiya o’rgatilishidan mamnundir. Bundan tashqari, so’rovda qatnashgan har 10- ishtirokchi “Mening huquqlarim va ularning himoyasi” mavzusidagi ma’lumotlarga qiziqish bildirgan.
So’rov natijalariga muvofiq, respondentlarning to’rtdan bir qismidan ozrog’i (22%) bola huquqlari buzilgan taqdirda, ularni qanday himoya qilishni biladi. Ba’zi bolalar o’z huquqlari haqida gapirishdan uyaladilar (16%) yoki o’z huquqlarini himoya qilishga harakat qilsalar, jazolanishdan qo’rqadilar (13%). Bolalarning 60 foizidan ortig’i, agar ularning huquqlari u yoki bu sabablarga ko’ra buziladigan bo’lsa, o’z huquqlarni himoya qila olmasliklarini aytishgan.
“Bola huquqlarini ta’minlash jamoaviy mas’uliyatni talab etadi. Bunda har bir insonning o’z hissasi bor”, - dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakilolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Joffri Ijumba. “Bolalarning alohida, mustaqil huquq egasi sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqlash hamda qayerda sodir bo’lishidan qat’i nazar, bolalar huquqlarining buzilishi uchun mas’uliyatni belgilash juda muhimdir. Bu BMT Bola huquqlari qo’mitasining yakuniy tavsiyalari bajarilishi ustidan parlament nazoratini hamda bolalar siyosati va dasturlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va monitoring qilishda bolalar va fuqarolik jamiyatining amaliy ishtirokini anglatadi.
Senat majlisining yosh ishtirikchilari bolalarning eng ko’p buziladigan huquqlari yuzasidan o’z fikrlarini bildirib, hukumat va parlamentga bir qator takliflarini bayon qildilar. Bolalar ham, NNT vakillari ham maktabga bormaslik, iqlim o’zgarishi va atrof-muhit, bolalarning yo’llardagi xavfsizligi, oiladagi zo’ravonlik va o’smirlarning ruhiy salomatligi masalalariga urg’u berdilar.
Boshqa masalalar qatorida, ular raqamli dunyoda bolalar huquqlarini belgilovchi BMTning Bola huquqlari bo'yicha qo'mitasining 2021 yildagi 25-son umumiy sharhini amalga oshirish muhimligini ham ta’kidladilar.
Yuqorida qayd etilgan U-Report so’rovlari shuni ko’rsatadiki, qishloq joylarda respondentlarning 70 foizi, shahar va viloyat markazlarida yashovchi respondentlarning 85 foizi internetdan bepul foydalanish imkoniyatiga ega. Senatdagi yig‘ilishning yosh ishtirokchilari internetdagi zararli saytlarga blok qo’yish hamda internetda bolalar xavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratishni so‘radilar.
NNT vakillari va yoshlar bola huquqlari bilan bog’liq masalalarning muhokamalarida - qonunchilik va ma’muriy qoidalarni ishlab chiqish hamda ularni amalda tabdiq etish bosqichlarida muntazam ishtirok etish istagini bildirdilar.
Qo’shimcha ma’lumot olish uchun kontaktlar:
Xojiakbar To’laganov Matbuot xizmati rahbari, Matbuot kotibi
O’zbekiston Oliy Majlisi Senati
Telefon: +99897 4020047
|
Shahlo Ashrafxanova Bola huquqlari monitoringi bo’yicha mutaxassis
UNICEF O’zbekiston
Telefon: +99893 5058141 El. pochta: sashrafkhanova@unicef.org
|
Nargiza Egamberdieva Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF O’zbekiston
Telefon: +99893 3803419 El.pochta: negamberdieva@unicef.org |
|
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to’g’risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.