Zoʻravonliksiz hayot: Shahzodning hikoyasi

Onasi Shahzodni olti yoshli ukasi bilan uyda tashlab ketib, Rossiyaga ishlash uchun ketganida, Shahzod toʻqqiz yoshda edi. Ular otalari bilan kamdan-kam muloqot qilishadi, chunki uning boshqa oilasi bor.

Niginakhon Tursunova
Шахзод беседует с сотрудницей ЮНИСЕФ во дворе дома
UNICEF Uzbekistan/2022
20 Aprel 2022
(Shaxsni himoya qilish uchun ismi oʻzgartirildi) 

Aka-uka ularga nisbatan yomon munosabatda boʻlgan onalarining dugonasi bilan yashagan edilar. Bu ayol esa juda koʻp ichardi va ikki yil davomida bolalarni doimo haqorat qilardi va kaltaklardi.

Shahzodning ukasi oʻz dardi, eshitgan haqoratlari, e’tiborsizlik va yaxshi hayotdan umidi haqida hikoya qilib berganiga bir yil boʻldi. Hozir u allaqachon 13 yoshda, Shahzod esa 16 yoshga toʻldi. Ularning hayoti yaxshi tomonga oʻzgardi.

Aka-uka loyihadan yil davomida psixologik, moliyaviy va tibbiy yordam olishdi. Bundan tashqari, ijtimoiy ishchilar ularning onalarini uyga qaytishga koʻndirishdi. Hozir bolalar onasi bilan, gʻamxoʻrlik muhitida yashaydilar.

“Men farzandlarimning yonida boʻlmagan davrda, ular juda koʻp zoʻravonliklarni boshdan kechirishdi. Endi men uchun ularga yordam berish vaqti keldi”, - deydi bolalarning onasi.

“Barqaror hayot” nodavlat notijorat tashkiloti xodimlari aka-ukalarning hayoti, maktabga borishi, ruhiy salomatligi, oilaviy munosabatlarini doimiy nazorat qilib bordi. Ular bolalar uchun darsdan tashqari bepul mashgʻulotlarni tashkil qilishdi va UNICEF hamkorlari ularga oʻquv materiallarini taqdim etishdi.

Ijtimoiy ishchilar bolalarning otasini ota-onalik mas’uliyatini oʻz zimmasiga olishga va ota-oʻgʻil munosabatlarini mustahkamlashga ishontirishdi. Endi u bolalarini qoʻllab-quvvatlab, aloqada boʻlib turadi.

Ijtimoiy ishchilar onaga bolalari uchun nafaqa olishda amaliy yordam berishdi. Uy-joy masalasi ham hal qilindi va endi uy uchun rasmiy hujjatlar onaning qoʻliga tegdi.

Endi u Shahzodning orzusini roʻyobga chiqarish yoʻlida astoyid harakat qilib, uni tibbiyot kollejiga oʻqishga kiritmoqchi. Bolaning farovonligi ham ancha yaxshilandi. Endi u diplom olishga va oʻz vatanida klinika ochishga qiziqmoqda.

Kelajakda stomatolog boʻlish uchun oʻqiyman!”, - deydi Shahzod.

Bu oila Yeropa Ittifoqi va UNICEF tomonidan moliyalashtirilgan “Janubi-Sharqiy, Janubiy va Markaziy Osiyoda migratsiya ta’siriga uchragan bolalarni himoya qilish” doirasida qoʻllab-quvvatlangan boshqa koʻplab oilalardan biridir.