UNICEF Qoraqalpog‘istonda suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena sharoitlarini yaxshilashga ko’mak bermoqda

QO'NG'IROT, 2022-yil 22-dekabr – Bugun UNICEF va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Qo‘ng‘irot tumanida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena (STSG) obyektlarini topshirish marosimi o’tkazmoqda. 130 ming aholi, jumladan 25 ming maktab o‘quvchilari tumandagi 10 ta sog‘liqni saqlash muassasasi va 8 ta maktabda takomillashtirilgan STSG xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Mo‘ynoqva Bo‘zat tumanlarida ham STSG ob’yektlariyaxshilandi.
STSG qurilmalari bilan bir qatorda UNICEF yuqumlitibbiy chiqindilar va materiallarni qayta ishlash uchunQoraqalpog‘istonda birinchi bo‘lib o‘rnatilganmaydalagichga ega ekologik toza friktsion mashinasinitaqdim etdi. Ushbu mashinalar innovatsiondir, chunkiular tibbiy chiqindilarni yoqish bilan bog'liq xavflikantserogen toksinlarni yaratmaydi. Bundan tashqari, hosil bo'lgan sterilizatsiya qilingan tibbiy chiqindilarqurilish uchun asosiy material sifatida ishlatilishi yokiutilizatsiya qilinganida maishiy chiqindilarga qo'shilishimumkin.
"Tibbiy chiqindilarning atrof-muhitga ta'sirinikamaytirish maqsadida UNICEF mamlakatda tibbiychiqindilar utulizatsiyasini boshqarish tizimi bo'yichakeng qamrovli tashabbusni ishlab chiqdi. Bu tegishlisiyosat va standart operatsion tartib-qoidalarni xalqarostandartlar va ilg'or tajribalarga muvofiqlashtirishgayordam beradi," dedi UNICEFning O‘zbekistondagivakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. "Chiqindilarning samarali va iqlimga mos ravishdautilizatsiya qilishni boshqarishga sarmoya kiritish insonsalomatligi va atrof-muhit uchun bilvosita va to'g'ridan-to'g'ri xavf omillarini yo'q qiladi", deya ta’kidladi u.
STSG xizmatlarini yaxshilash orqali sog'liqni saqlashmuassasalarida tibbiy xizmatlar sifatini oshirishi vamaktablarda ta'lim olish uchun qulay muhit yaratishikutilmoqda. UNICEF quyosh batareyalari, quyosh suvisitgichlari, toza ichimlik suvi olish tizimlari va oqovasuvlarni xavfsiz utilizatsiya qilish uchun uch bosqichliseptik tanklar, shuningdek, tibbiy chiqindilarnisterilizatsiya va utilizatsiya qilish uskunalarini o'rnatishorqali STSG ob'yektlariga innovatsion yechimlarniqo'lladi.
UNICEF, shuningdek, 400 dan ortiq tibbiyot xodimlariniSTSG va sog'liqni saqlash muassasalaridainfektsiyalarning oldini olish va nazorat qilish bo'yichao'qitdi. 750 dan ortiq o'qituvchilar va 16 000 talabaSTSG va ovqatlanish bo'yicha o'qitildi.
“UNICEF bilan davom etayotgan hamkorligimizQoraqalpog‘istonda aholi va bolalar salomatliginimustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Viloyatda onalarva yangi tug‘ilgan chaqaloqlar salomatligini sezilarlidarajada yaxshiladik, endilikda STSG infratuzilmasini, jumladan tibbiyot muassasalari va maktablarda tibbiychiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirishgasarmoya kiritmoqdamiz,” dedi Qoraqalpog‘istonRespublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Murod Qurbonov.
Ushbu STSG infratuzilmasini yaxshilash dasturi UNICEF boshchiligida amalga oshirilayotgan BMTning “O‘smirlarsalomatligi, ovqatlanishi, suv ta’minoti, sanitariya, gigiyena va farovonligini yaxshilash hamda COVID-19 davrida va undan keyin yoshlarning iste’dodlaridanfoydalanish orqali Qoraqalpog‘istonning barqarorkelajagiga sarmoya kiritish” qo‘shma dasturining birqismidir. Qoʻshma dastur BMTning Orolboʻyi mintaqasiboʻyicha Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik trastfondi tomonidan 2021-yil yanvaridan 2022-yil dekabrigacha boʻlgan davr uchun 3 550 273 AQShdollari miqdoridagi byudjet bilan moliyalashtirilgan.
BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun insonxavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik trast fondiOʻzbekistondagi faoliyati toʻgʻrisida
2018-yil oxirida Birlashgan Millatlar Tashkilotishafeligida tashkil etilgan O‘zbekistondagi BMTningInson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondiOrolbo‘yi mintaqasida yashovchi jamoalarning ekologikva ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yichabirgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirish uchun milliyva xalqaro hamkorlikka yo'naltirilgan yaxlit platformahisoblanadi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun: https://www.aral.mptf.uz/
Qo'shimcha ma'lumot uchun kontaktlar:
Sagitjan Aytjanov
Suv ta'minoti, sanitariya va gigiyena bo'yichamaslahatchi
UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
Telefon: +998 93 5055257
Elektron pochta: saytjanov@unicef.org
***
Nargiza Egamberdieva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yichamaslahatchi
UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
Telefon: +998 71 233 95 12
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to’g’risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.