Ijtimoiy siyosat
Har bir bolaning farovonligi oshirish va imkoniyatlarini yaxshilash orqali barcha bolalarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarini himoya qilish
UNICEF O‘zbekistonda yanada samarali va inklyuziv ijtimoiy siyosatni amalga oshirish orqali mamlakatdagi har bir bolaning hayotda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlashga intiladi. Biz O‘zbekiston hukumatining kundalik hayotda va favqulodda vaziyatlarda ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Maqsadimiz - har bir bola hayotining munosib boshlanishini ta’minlash, bolalar kambag’alligini qisqartirish, bolalar ehtiyojlariga qaratilgan davlat moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish, bolalar va yoshlarga do‘stona munosabatdagi mahalliy boshqaruv rivojlanishiga ko’mak berish.
UNICEF O’zbekiston hukumatining bir qator tizimli islohotlarni, jumladan, ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilish, ma’muriy konsolidatsiya va ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirishni amalga oshirishdagi asosiy hamkori hisoblanadi. Biz natijalarga qaratilgan byudjetlashtirishni ilgari surishda yordam beramiz, bu esa davlat moliyasini boshqarish bilan bog'liq muammolarni hal qilishga yordam beradi. Shuningdek, unicef o'zbekistondagi monetar va ko'p o'lchovli bolalar kambag’allibini o'lchashga yordam bermoqda.
Ijtimoiy siyosat dasturining yo’nalishlari