COVID-19 pandemiyasi davrida o'spirinlar o’z ruhiy salomatligini qanday himoya qilishi mumkin

Yangi (vaqtinchalik) normal holatga duch kelgan o'spirinlar uchun 6 ta strategiya.

UNICEF
мальчик сидит с телефоном в руках
UNICEF/UNI220248/Pancic
31 Mart 2020

O’spirinlik – murakkab davr, koronavirus kasalligi (COVID-19) esa uni yanada murakkablashtirishi mumkin. Maktablarning yopilishi va tadbirlarning bekor qilinishi tufayli ko'plab o'spirinlar hayotlaridagi muhim lahzalardan xusuasn maktabga borish va do'stlari bilan muloqatda bo’lishdan voz kechishga majbur bo’lmoqdalar.

Tarqalayotgan kasallik tufayli hayotdagi o'zgarishlarga duch kelayotgan,  xavotirlanish, yakkalanish va tashvishni his qilayotgan o'spirinlar ular yolg'iz emassliklarini bilishlari zarur. Yoshlar o'z ruxiy holatini qanday boshqarishlari mumkinligi to’g’risida o’spirinlar bilan ishlash bo’yicha tajribali psixolog, kitoblari eng ko'p sotiladigan muallif, oylik “New York Times” kolumnisti doktor Liza Deymur bilan suhbatlashdik.

1. Tashvishlanishingiz butunlay normal reaksiya ekanligini tan oling

Maktabning yopilishi va xavotirli sarlavhalar sizni tashvishga solayotgan bo'lsa, bunda siz yagona emassiz. Aslida, siz buni shunday his qilishingiz kerak. "Tashvishlanish, aslida, bizni tahdidlardan ogohlantiradigan va o'zimizni himoya qilish choralarini ko'rishga yordam beradigan normal va sog'lom funktsiya ekanligini psixologlar ko'pdan beri tushunib yetishgan," deydi doktor Deymur. "Tashvishlanishingiz sizga ayni daqiqada muhim bo’lgan qarorlarni qabul qilishga yordam beradi. Masalan, boshqalar bilan muloqotni cheklash, katta guruhlarda vaqt o'tkazmaslik, qo'llarniingizni yuvish va yuzingizga tegmaslik kabi." Bu his-tuyg'ular nafaqat sizni, balki boshqalarni ham xavfsiz saqlashga yordam beradi. "Sju yo’sinda hamjamiyatimiz a'zolariga ham g'amxo'rlik qilamiz. Atrofimizdagi odamlar haqida ham o'ylaymiz."

COVID-19 bilan bog’liq bezovtalikni tushunish mumkin bo'lsa-da, siz "ma'lumot olish uchun yoki ishonchli bo'lmagan kanallar orqali olinadigan ma'lumotni tekshirish uchun" ishonchli manbalardan (masalan, UNICEF va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti saytlaridan) foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling,"- deb tavsiya qiladi doktor Deymur.

Sizda kasallik alomatlari paydo bo’lganidan xavotir olsangiz, bu haqida ota-onangiz bilan gaplashish juda muhimdir. “Shuni inobatga olish kerakki, COVID-19 odatda, ayniqsa bolalar va yoshlarda engil formadaa o’tadi,”- deydi doktor Deymur. Bu kasallikning ko’p simptomlarini davolash mumkin.

Doktor Deymur o’spirinlarga o'zlarini yomon his qilayotgani yoki virus haqida tashvishlanayotganlarini ota-onalarig ayoki o’zlari ishingan yoshi kattalarga yordam olosh uchun  aytib berishin tavsiya qiladi.

Va yodda saqlang: "Biz o'zimizni va boshqalarni himoya qilishimiz hamda vaziyatni nazorat qilishimiz uchun ko'plab samarali usullar mavjud. Qo'llarni tez-tez yuvib turish va ularni yuzga tekkizmaslik hamda ijtimoiy masofani saqlash shular jumlasiga kiradi."

>> Qo’llarni yuvish bo’yicha maslahatlarimiz

 

мальчик сидит в темной комнате
UNICEF/UNI210299/Gelman

2. Chalg'itish uslublari

"Psixologlar shuni biladilarki, biz uzoq davom etadigan qiyin ahvolda bo'lganimizda, muammoni ikki toifaga bo'lish juda foydali: muammoni hal etish uchun nima qila olishimiz hamda biz nazorat qila olmaydigan holatla,"- deydi doktor Deymur.

Hozirda ko’p narsa ikkinchi toifaga tegishli bo’lib, bu nornal holdir. Biroq chalg'itadigan narsalar bilan band bo’lish muammoni hal etishga yordam beradi. Tinchlanish va har kuni ruxiy muvozanatni saqlash uchun doktor Deymur quyidagilarni tafsiya qiladi: uy ishlari bilan mashg’ul bo’lish, sevimli filmni tomosha qilish yoki qiziqarli romanni mutolaa qilish.

3. Do'stlaringiz bilan muloqotning yangi usullarini toping

Agar jtimoiy masofani saqlashga rioya qilish davrida do'stlaringiz bilan vaqt o'tkazishni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlar ayni muddaodir. Bunga ijodiy yondashing: #safehands (#xavfsizqo’llar) singari Tik-Tok tadbiriga qo'shiling. "Men o'spirinlarning ijodkor ekanlikalariga shubham yo’q,”- deydi doktor Deymur. "O’ylaymanki, ular bir-birlari bilan Internetda avvalgilaridan farq qiladigan muloqot yo'llarini topadilar."

“Biroq ekranlarga tikilib, ijtimoiy tramoqlarda uzoq vaqt qolib ketish yaxshi emas.  Bu salomatligingizga putur etkazadi hamda xavotlanishingizni yanada kuchaytirishi mumkin,"- deb davom etadi doktor Deymur va o’spirinlarga ota-onalari bilan birgalikda ekran oldida o’tkaziladigan vaqt jadvalini tuzishni maslahat beradi.

4. E’tiboringizni o’zingizga qarating

Biron yangi narsani o’rganishni, o’qimagan kitobingizni boshlashni yoki musiqa asbobida mashq qilish ko’ishni istarmidingiz? Hozir shuni qilish vaqti keldi. Diqqatingizni jamlab, paydo bo’lgan bo’sh vaqtingizdan unumli foydalanish usullarini izlash o’z ruxiy salomatligingizni yaxshilash usulidir. "Bunday hollarda men o’zim o'qishni istagan kitoblar ro'yxatini va o’zim bajarishni istagan ishlar ro'yxatini tuzaman,"- deydi doktor Deymur.

девочка выполняет физические упражнения дома
UNICEF/UNI304638/Ma

5. His-tuyg’ularingizga quloq soling

Do'stlar bilan tadbirlarda ishtirok eta olmaslik, sevimli mashg'ul bilan band bo’lishning imkoni yoqligi, sport musobaqalarida ishtirok etmaslik qiyin kechadi. “Bu holat haqiqatan ham o'spirinlarni qayg’uga solishi  tabiiy hol,"- deydi doktor Deymur. Bunga nima qilish kerak? Ko’nglingizdan otayotganlarni hus eting. “Og'riqli tuyg'ular haqida gap ketganda, buni yengishning yagona yo’li ularni his qilishdir. Shunda o'zingizni tezroq yaxshi his qila boshlaysiz».

O’z his-tuyg'ularini boshdan kechirish hamma uchun turlicha bo’ladi. "Ba'zi bolalar san'at bilan shug'ullanishadi, ba'zilari do'stlari bilan suhbatlashib, uchrashishga imkon bo’lmaganda ularning handard ekanliklarini his etishni afzal ko’radilar, ba’zilari esa oziq-ovqat banklarini to’ldirishni istaydilar,”- deydi doktor Deymur. Eng muhimi, o'zingizni yaxshi his etishga yordam beradigan narsalar bilan band bo’lishdir.

6. O'zingizga va boshqalarga mehribon bo'ling

Ba’zi o’smirlar maktabda koronavirus kasalligi (COVID-19) sababli tahqirlash va bullingga duch kelishmoqda. "Atrofdagilarning faol bo’lishi har qanday tahqirlashlarga qarshi kurashning eng yaxshi usuli,"- deydi doktor Deymur. “Bulling nishoniga aylangan bolalar va o’spirinlar tahqirlashga o’zlari javob qaytaradi deb kutib turish noto’g’ridir; aksincha bunday bolalarni yordam va qo’llab-quvvatlash uchun o’z do'stlari yoki kattalarga murojaat qilishga undashimiz kerak."

Agar siz do'stingiz tahqirlanishining guvohi bo'lsangiz, u bilan gaplashib ko’ring va yordam berishga harakat qiling. Beparvolik u odamni hamma unga qarshi ekanligini yoki hech kim unga ahamiyat bermayotganini his qilishiga olib kelishi mumkin. Sizning so'zlaringiz vaziyatni yaxshi tomonga o'zgarishga yordam beradi.

Yodda tuting: hozir har qachongidan ko'ra, biz etkazadigan ma’lumot va aytadigan gap boshqa insonlarga ozor berishi mumkin.

>> Kibertahqirlashga qarshi kurash bo'yicha maslahatlarimizni o'qing.