Page
Kiberbulling: bu nima va uni qanday to'xtatish kerak
Qanday qilib biz internetni barchamiz uchun xavfsizroq joyga aylantirishimiz mumkin?

Kiberbulling nima?
Kiberbulling deb raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan bullingga aytiladi. Bu ijtimoiy media, xabar almashish platformalari, o'yin platformalari va mobil telefonlarda sodir bo'lishi mumkin. Bu takroriy xatti-harakatlar bo’lib, nishonga olinganlarni qo'rqitish, g'azablantirish yoki sharmanda qilishga qaratilgan. Misollar o'z ichiga quyidagilarni oladi:
- ijtimoiy tarmoqlarda kimdir haqida yolg'on ma’lumotni tarqatish yoki kimnidir xijolatli fotosuratlarini joylashtirish
- xabar almashish platformalari orqali zararli xabarlar yoki tahdidlar yuborish
- kimningdir nomidan ish qilish va ularning nomidan boshqalarga haqoratlaydigan xabarlar yuborish.
Yuzma-yuz bulling va kiberbulling ko'pincha bir-biri bilan bir vaqtda sodir bo'lishi mumkin. Ammo kiberbulling raqamli iz qoldiradi, bu foydali bo’lishi mumkin bo’lgan va tahqirlashni to'xtatish uchun dalillar keltirishi mumkin bo’lgan yozuvdir.