Kiberbulling haqida o'spirinlar bilishni xohlagan 10ta narsa
Kiberbulling: bu nima va uni qanday to'xtatish kerak

"Kiberbulling haqida nimalarni bilishni xohlar edingiz?" Biz yoshlarga ushbu savolni berdik va dunyo bo'ylab minglab javoblarni oldik.
Biz YuNISEF mutaxassislarini, kiberbulling va bolalarni himoya qilish bo'yicha xalqaro ekspertlarni yig'dik va savollarga javob berish va onlayn tahqirlash bilan kurashish bo'yicha o'z maslahatlarini berishi uchun Facebook, Instagram va Twitter bilan birlashdik.
Kiberbulling bo’yicha 10 ta ustuvor savol
- Men Internetda tahqirlashga duch kelmoqdamanmi? Qanday qilib hazil bilan haqoratlash o'rtasidagi farqni aniqlaysiz?
- Kiberbulling qanday oqibatlarga olib keladi?
- Agar biror kim meni Internetda tahqirlasa, haqorat qilsa, kim bilan gaplashishim kerak? Nima uchun bu haqda xabar berish muhim?
- Men kiberbullingni boshdan kechirmoqdaman, lekin ota-onamga bu haqda gapirishdan qo'rqaman. Ularga qanday murojaat qilishim mumkin?
- Do'stlarimga kiberbulling haqida xabar berishga qanday yordam berishim mumkin, ayniqsa ular bu haqda xabar berishni istamasalar?
- Internet tarmog’iga ulanish, onlayn bo'lish, menga juda ko'p ma'lumot olish imkoniyatini beradi; lekin bu shuningdek meni tahqirlash xavfiga ham qo’yadi. Internetga kirishdan voz kechmasdan, kiberbullingni qanday to'xtata olamiz?
- Shaxsiy ma'lumotlarimni ijtimoiy mediada meni boshqarish yoki meni tahqirlash maqsadida foydalanmasliklarini qanday qilib oldini olaman?
- Kiberbulling uchun jazo bormi?
- Internet kompaniyalari Internetda haqorat qilish va ta'qib qilish haqida o'ylamaydilar shekilli. Ular javobgarlikka tortilyaptimi?
- Internetda bolalar yoki yoshlar uchun bullingga qarshi vositalar bormi?
1-savol:
Men Internetda tahqirlashga duch kelmoqdamanmi? Qanday qilib hazil bilan haqoratlash o'rtasidagi farqni aniqlaysiz?
YuNISEF: Hamma do'stlar bir-birlari bilan hazil qilishadi, lekin ba'zida kimdir sizga shunchaki hazil qilyatganini yoki sizni xafa qilish uchun harakat qilyatganini aytish, aymiqsa Internetda, oson emas. Ba'zan ular buni "shunchaki hazil" yoki "jiddiy qabul qilmagin" deb kulishadi.
Ammo, agar sizni ko’nglingiz og’risa yoki boshqalar siz bilan kulish o’rniga sizning ustingizdan kulyatganini sezsangiz, u holda hazil o’z me’yoridan juda uzoqqa o’tgani ma’lum. Agar bu holat, siz u odamdan bas qilishni so'raganingizdan keyin ham davom etsa va siz bundan xafa bo'lsangiz, bu holda ushbu holat sizga nisbatan bulling bo’lishi mumkin.
Bulling onlayn tarzda ro'y berganda, bu holat keng doiradagi odamlarning, shu jumladan notanishlarning ham e'tiborini jalb qilishi mumkin. Qayerda bo'lmasin, agar siz bundan mamnun bo'lmasangiz, unga chidashingiz shart emas.
Bunga o'zingiz xohlagan nomni bering, agar siz o'zingizni yomon his qilsangiz va bu holat to'xtamasa, unda yordam so’rab murojaat qilish lozim. Kiberbullingni to'xtatish nafaqat tartibbuzarlarni tartibga chaqirish, balki har kim onlayn va real hayotda hurmatga loyiq ekanligini tan olish demakdir.
2-savol:
Kiberbulling qanday oqibatlarga olib keladi?
Bulling onlayn tarzda sodir bo'lganda, u sizga hamma joyda, hatto o’z uyingizda ham hujum qilinayotgandek tuyulishi mumkin. Guyoki qochib qutulib bo’lmaydiganga o'xshaydi. Buni ta’siri uzoq vaqt davom etishi va odamga ko'p jihatdan ta'sir qilishi mumkin:
Aqliy jihatdan - xafa, xijolat, uyalish, hatto g'azablangan bo’lish
Emotsional jihatdan - uyalish yoki yoqtirgan narsalaringizga qiziqishni yo'qotish
Jismoniy jihatdan - charchash (uyqusizlik) yoki oshqozon og'rig'i va bosh og'rig'i kabi alomatlar
Boshqalar tomonidan o’z ustidan kulishlari yoki ta'qib qilishlari hissi odamlarning bu haqda gapirishiga yoki muammoni hal qilishga urinishlariga xalaqit beradi. Favqulodda holatlarda, kiberbulling hatto odamlarning o’z hayotiga zomin bo'lishiga sabab bo’lishi ham mumkin.
Kiberbulling bizga ko'p jihatdan ta'sir qilishi mumkin. Ammo bunday muammolarni bartaraf etish va odamlar o'zlariga bo'lgan ishonchlari va sog'lig'ini tiklashlari mumkin.
3-savol:
Agar biror kim meni Internetda tahqirlasa, haqorat qilsa, kim bilan gaplashishim kerak? Nima uchun bu haqda xabar berish muhim?
YuNISEF: Agar siz bullingdan aziyat chekyapman deb o'ylasangiz, birinchi qadam ota-onangiz, yaqin oila a'zolaringiz yoki boshqa ishonchli kattalar singari siz ishonadigan odamdan yordam so'rashdir.
Maktabingizda siz psixolog, sport murabbiyi yoki o’zingiz yoqtirgan o'qituvchingiz bilan bog'lanishingiz mumkin.
Agar siz o’zingiz bilgan odam bilan gaplashish uchun noqulaylik sezsangiz, mamlakatingizda professional maslahatchi bilan gaplashish uchun ishonch telefoni haqida ma’lumotni izlang.
Agar bulling ijtimoiy platformada sodir bo'lsa, sizni tahqirlayatgan odamni siz bilan muloqotga kirishishini ta’qiqlashni o'ylab ko'ring va uning xatti-harakatlari haqida platformaning o'zida xabar bering. Ijtimoiy media kompaniyalari o'z foydalanuvchilarini xavfsizligini ta’minlashga majburdirlar.
Nima bo'layotganini ko'rsatish uchun dalillarni, yani matnli xabarlar va ijtimoiy media platformalarida e’lon qilingan ma’lumotlar haqida ekran suratlarini (skrinshotlarni) to'plash foydali bo'lishi mumkin.
Bullingga barham berish uchun uni aniqlash kerak va u haqda xabar berish muhimdir. Shuningdek, tartibbuzarga uning xatti-harakatlari nomaqbul ekanligini ko'rsatish ham yordam berishi mumkin.
Agar siz bevosita xavf ostiga tushib qolsangiz, u holda siz o’z davlatingizdagi politsiya yoki favqulodda xizmatlarga murojaat qilishingiz kerak.
Facebook / Instagram: Agar siz Internetda bulling xavfiga duch kelgan bo’lsangiz, sizga ota-onangiz, o'qituvchilar yoki siz ishonishingiz mumkin bo'lgan boshqa odamlar bilan gaplashishingizga maslahat beramiz, sizning xavfsiz bo'lish huquqingiz mavjud. Biz, shuningdek, to'g'ridan-to'g'ri Facebook yoki Instagram orqali har qanday bulling holati haqida xabar berishni osonlashtiramiz.
Siz har doim bizning jamoamizga Facebook yoki Instagram-dagi post, sharh yoki hikoya haqida anonim hisobot yuborishingiz mumkin.
Tarkibimizda ushbu hisobotlarni haftasiga 7 kun, kuniga 24 soat davomida 50 dan ortiq tillarda ko'rib chiqadigan jamoamiz bor va biz haqoratomuz yoki haqoratli narsalarni olib tashlaymiz. Ushbu hisobotlar har doim anonim saqlanadi.
Bizda, Facebookda qo'llanma bor, u sizga bulling bilan kurashish jarayoni davomida yoki boshqa odamni bullingdan jabr chekayotganini ko'rsangiz nima qilish kerakligini ko’rsatib boradi. Instagramda, shuningdek, Ota-onalar uchun qo'llanma mavjud va ushbu qo’llanma ota-onalar, vasiylar va ishonchli kattalar uchun kiberbullingga qarshi qanday kurashish bo'yicha tavsiyalarni beradi, va siz bizning xavfsizlik vositalarimiz haqida ma'lumot olishingiz mumkin bo'lgan markaziy ma’lumotlar bazasi ham mavjud.
Twitter: Agar siz kiberbullingdan zarar ko’ryapman deb o'ylasangiz, eng muhimi, xavfsizligingizni ta'minlash. Boshingizdan kechirayotgan narsalar to'g'risida kimdir bilan gaplashish juda muhimdir. Bu sizning o'qituvchingiz, boshqa ishonchli kattalar yoki ota-onangiz bo'lishi mumkin. Agar o’zingiz yoki do'stingiz kiberbullingdan zarar ko’rayatgan bo’lsa, bu haqda ota-onangiz va do'stlaringiz bilan nima qilish kerakligi haqida gaplashing.
Biz odamlarni bizning qoidalarimizni buzishi mumkin bo'lgan foydalanuvchilar haqida bizga hisobot berishga chorlaymiz. Siz buni bizning yordam markazimizdagi qo'llab-quvvatlash sahifalari orqali yoki "Tweet haqida xabar berish" ni bosish orqali xabar berish mexanizmi vositasida amalga oshirishingiz mumkin.
4-savol:
Men kiberbullingni boshdan kechirmoqdaman, lekin ota-onamga bu haqda gapirishdan qo'rqaman. Ularga qanday murojaat qilishim mumkin?
Agar siz kiberbullingni boshdan kechirayotgan bo'lsangiz, o'zingizni xavfsiz his qiladigan odam, ishonchli odam bilan suhbatlashish siz qilishingiz mumkin bo'lgan eng muhim qadamlardan biridir.
Ota-onalar bilan suhbatlashish hamma uchun ham oson emas. Ammo suhbatga yordam beradigan ba'zi narsalarni bajarishingiz mumkin. Siz ularning to'liq e'tiboriga ega ekanligingizni bilganingizdagina suhbatlashish uchun vaqt tanlang. Muammo siz uchun qanchalik jiddiyligini tushuntiring. Yodingizda bo'lsin, ular siz kabi texnologiyalarni juda ham yaxshi bi'lmasligi mumkin, shuning uchun ularga nima bo'layotganini tushunishga yordam berishingiz kerak bo'lishi mumkin.
Ularda siz uchun tezkor javoblar mavjud bo’lmasligi mumkin, ammo ular sizga yordam berishni xohlashadi va birgalikda yechimni topishingiz mumkin. Ikki bosh har doim ham bitta boshdan afzaldir! Agar nima qilish kerakligiga hali ham amin bo'lmasangiz, boshqa ishonchli odamlarga murojaat qiling. Ko'pincha siz haqingizda qayg'uradigan va sizga yordam berishga tayyor odamlar siz o'ylaganingizdan ko’ra ko'proq bo'ladi!
5-savol:
Do'stlarimga kiberbulling haqida xabar berishga qanday yordam berishim mumkin, ayniqsa ular bu haqda xabar berishni istamasalar?
YuNISEF: Har kim kiberbulling qurboniga aylanishi mumkin. Agar siz ushbu voqeani o’zingiz bilgan odam bilan sodir bo’layotganini ko'rsangiz, yordam taklif qilishga harakat qiling.
Do'stingizni tinglash juda muhimdir. Nima uchun ular kiberbulling haqida xabar berishni xohlamaydilar? Ular o'zlarini qanday his qilishmoqda? Rasmiy ravishda hech narsa haqida xabar berish shart emasligini ularga ayting, lekin yordam berishi mumkin bo'lgan odam bilan gaplashish juda muhimdir.
Esingizda bo'lsin, do'stingiz ozini kuchsiz his qilishi mumkin. Ularga mehribon bo'ling. Ular nimani va kimga aytishi mumkinligini o'ylab ko'rishiga yordam bering. Agar ular bu holat haqida xabar berishga qaror qilishsa ular bilan birga borishni taklif qiling. Eng muhimi, ularga siz ular bilan birga ekanligingizni va siz ularga yordam berishni xohlayotganingizni eslatib qo'ying.
Agar sizning do'stingiz hali ham voqea haqida xabar berishni istamasa, unda ularga vaziyatni hal qilishga yordam beradigan ishonchli katta yoshdagi odamni topishda yordam bering. Yodingizda bo'lsin, ba'zi holatlarda kiberbulling oqibatlari hayot uchun xavf tug'dirishi mumkin.
Hech narsa qilmaslik, odamda hamma unga qarshi ekanligini yoki hech kim unga ahamiyat bermayotgani haqida tushincha paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Sizning so'zlaringiz ahamiyatli bo’lishi mumkin.
Facebook / Instagram: Biz kimgadir xabar berish qiyin bo'lishi mumkinligini bilamiz. Ammo kimnidir tahqirlash yoki haqoratlash hech qachon yaxshi emas.
Facebook yoki Instagramga ma’lumotning mazmuni haqida xabar qilish bizning platformamizda xavfsizligimizni ta'minlashga yordam beradi. Bulling va tahqirlash tabiatan juda shaxsiydir, shuning uchun ko'p holatlarda biz ushbu xatti-harakatni aniqlash yoki ushbu ma’lumotni olib tashlashimiz uchun odamlar bizga bu haqda xabar berishi kerak.
Kiberbulling haqida xabar berish har doim ham Instagram va Facebookda anonim bo'lib qoladi va hech kim sizni ushbu xatti-harakatlar haqida bizga xabar berganingizni bilmaydi.
Siz o'zingiz boshdan kechirgan narsalaringiz haqida xabar berishingiz mumkin, ammo do'stlaringizdan biri uchun to'g'ridan-to'g'ri ilovadagi mavjud vositalardan foydalanib xabar berish ham juda oson. Qanday qilib hisobot berish haqida ko'proq ma'lumot Instagramning yordam markazida va Facebookning yordam markazida joylashgan.
Shuningdek, do'stingizga Instagramda "Cheklash" (Restrict) deb nomlangan vosita haqida xabar berishingiz mumkin, bu yerda siz o'zingizning hisobingizni kimnidirni bloklamasdan ehtiyotkorlik bilan himoya qilishingiz mumkin, bloklash ba'zi odamlar uchun og'ir bo'lib tuyulishi mumkin.
Twitter: Biz boshqa foydalanuvchilar nomidan xabar berish mumkin degan ma'noni anglatadigan uslubni ishga tushirdik. Buni endi shaxsiy ma'lumot va o'zini boshqa inson deb ko’rsatayatganlar to'g'risidagi xabarlarni yuborish uchun ishlatish mumkin.
6-savol:
YuNISEF: Internetdan foydalanishni juda ko'p afzalliklari mavjud. Ammo hayotdagi boshqa ko'p narsalar singari, Internetdan foydalanishda ham o’zingizni himoya qilishingiz lozim bo’lgan xavflar bor.
Agar siz kiberbullingga duch kelsangiz, o’zingizga kelishga vaqt ajratish uchun siz ba'zi ilovalarni yo'q qilishingiz yoki bir muncha vaqt oflayn qolishingiz mumkin. Ammo Internetni o'chirib qo'yish uzoq muddatli yechim emas. Siz hech qanday yomon ish qilmadingiz, shuning uchun siz nima uchun noqulay ahvolda bo'lishingiz kerak? Bu, hatto tartibbuzarlarga noto'g'ri signal yuborishi ham mumkin, bu ularning nomaqbul xatti-harakatlarini rag'batlantirishi ham mumkin.
Facebook / Instagram: Instagram va Facebookni o'zini ifoda etish uchun xavfsiz va ijobiy joylar sifatida saqlash biz uchun muhimdir, odamlar o'zlarini xavfsiz his qilsalargina ma’lumotlarni baham ko'rishga hotirjam bo'lishadi. Ammo, biz bilamizki, kiberbulling salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shu sababli Instagram va Facebookda kiberbullingga qarshi kurashga boshchilik qilamiz.
Biz buni ikkita asosiy usulda qilyapmiz. Birinchidan, texnologiyalar yordamida odamlarning bullingni boshdan kechirishini oldini olish va bullingni ko'rmasliklari orqali. Masalan, odamlar odamlarni bezovta qilish yoki xafa qilish uchun mo'ljallangan ma’lumotlarni avtomatik ravishda filtrlash va yashirish uchun sun'iy intellekt texnologiyasidan foydalanadigan sozlamalarni yoqishlari mumkin.
Ikkinchidan, biz odamlarga Facebook va Instagramda o'z tajribalarini sozlash uchun vositalarni berib, ijobiy xulq-atvor va o'zaro munosabatlarni rag'batlantirish uchun ishlamoqdamiz. Cheklash, bu o’z hisobingizni ehtiyotkorlik bilan himoya qilish ammo tartibbuzarni harakatlarini kuzatib borish imkoniyatini berishga mo'ljallangan vositadir.
Twitter: Yuzlab millionlab odamlar Twitterda fikr almashishgani sababli, hammaning ham fikri turlicha bo'lishi ajablanarli holat emas. Bu afzalliklardan biridir, chunki barchamiz o’zaro hurmatni yo’qotmagan holda kelishmovchilik va muhokamalardan saboq olishimiz mumkin.
Ammo ba'zida, kimnidir bir muncha vaqt tinglaganingizdan so'ng, endi ularni tinglashni xohlamasligingiz mumkin. Ularning fikr bildirish huquqi siz ularni tinglashingiz shart degani emas.
7-savol:
Shaxsiy ma'lumotlarimdan ijtimoiy mediada meni boshqarish, yoki meni tahqirlash maqsadida foydalanmasliklarini qanday qilib oldini olishim mumkin?
Biror narsani Internetga joylashtirishdan yoki tarqatishdan oldin ikki marta o'ylang, u abadiy onlayn bo'lib qolishi va keyinchalik sizga zarar yetkazishi mumkin. Manzilingiz, telefon raqamingiz yoki maktabingiz nomi kabi shaxsiy ma'lumotlarni ko’rsatmang.
Sevimli ijtimoiy media ilovalaringizning maxfiylik sozlamalari haqida bilib oling. Ularning ko'pida bajarishingiz mumkin bo'lgan ba'zi harakatlar quyidagilardir:
- Hisob qaydnomangizning maxfiyligini sozlash orqali profilingizni kim ko'rishi, sizga to'g'ridan-to'g'ri kim xabarlar yuborishi yoki xabarlaringizga sharhlar berishi mumkinligini tanlashingiz mumkin.
- Siz zararli sharhlar, xabarlar va fotosuratlar haqida xabar berishingiz va ularni o'chirishni so'rashingiz mumkin.
- "Do'stlikdan chiqarish" dan tashqari, siz odamlarni profilingizni ko'rish yoki siz bilan bog'lanishlarini taqiqlash uchun ularni butunlay ta’qiqlab (bloklab) qo'yishingiz mumkin.
- Shuningdek, ba'zi odamlarning izohlarini faqat ularni butunlay ta’qiqlab qo'ymasdan turib ko'rinishini tanlashingiz mumkin.
- Siz profilingizdagi yozuvlarni o'chirib tashlashingiz yoki ma'lum odamlardan yashirishingiz mumkin.
Sevimli ijtimoiy media platformalaringizning ko'pchiligida, odamlar siz ularni ta’qiqlab qo’yganingizda (blokirovka qilish), cheklaganingizda yoki ular haqida xabar beriganingizda u odamlar bu haqda xabardor qilinmaydilar.
8-savol:
Kiberbulling uchun jazo bormi?
YuNISEF: Aksariyat maktablar tahqirlashlarga/bullingga jiddiy munosabatda bo'lishadi va bunga qarshi choralar ko'rishadi. Agar siz boshqa o'quvchilar tomonidan kiberbullingga uchrayotgan bo'lsangiz, bu haqda maktabingizga xabar bering.
Har qanday zo'ravonlik qurboni bo'lgan odamlar, shu jumladan bulling va kiberbullinglar adolatga va huquqbuzarni javobgarlikka tortishga haqlidir.
Bullingga, ayniqsa kiberbullingga qarshi qonunlar, nisbatan yangi va hamma joyda ham mavjud emas. Shuning uchun ko'p mamlakatlar kiberbullinglarni jazolash uchun boshqa tegishli qonunlarga, masalan tazyiqqa qarshi qonunlarga tayanadilar.
Kiberbullinglarga oid maxsus qonunlarga ega bo'lgan mamlakatlarda ongli ravishda jiddiy hissiy qayg'u keltiradigan onlayn xatti-harakatlar jinoiy faoliyat sifatida qaraladi. Ushbu mamlakatlarning ba'zi birlarida kiberbulling qurbonlari himoya so'rab murojaat qilsa, ma'lum bir shaxs bilan aloqani taqiqlashi va ushbu shaxs tomonidan kiberbulling xavfi mavjud bo’lgani uchun vaqtincha yoki doimiy tarzda u shaxsni elektron moslamalardan foydalanishini cheklashlari mumkin.
Biroq, jazo har doim ham tartibbuzarning xatti-harakatlarini o'zgartirishning eng samarali usuli emasligini yodda tutish lozim. Odatda zararni tuzatishga va munosabatlarni yaxshilashga e'tibor qaratish yaxshiroqdir.
Facebook / Instagram: Facebookda bizda Hamjamiyat standartlari to'plami mavjud, va Instagramda hamjamiyatimizga oid ko'rsatmalar mavjud bo'lib, biz hamjamiyatimiz a’zolarini ushbu qoidalarga rioya qilishni so'raymiz. Agar biz ushbu qoidalarni buzadigan materialni aniqlasak, masalan, haqorat yoki ta'qib qilish bo'lsa, biz ushbu ma’lumotni olib tashlaymiz.
Agar ma’lumot noto'g'ri olib tashlangan deb o'ylasangiz, biz shikoyat qilishga ham imkoniyat beramiz. Instagramda, siz bizning yordam markazimiz orqali ma’lumot tarkibi yoki hisob quaydnomasini o'chirishga qarshi shikoyat qilishingiz mumkin. Facebookda siz xuddi shu jarayonni Yordam markazida ko'rishingiz mumkin.
9-savol:
Internet companies don’t seem to care about online bullying and harassment. Are they being held responsible?
Internet kompaniyalari tobora onlayn bulling masalasiga e'tibor bermoqdalar.
Ularning aksariyati ushbu muammolarni hal qilish va o'z foydalanuvchilarini yangi vositalar, ko'rsatmalar va onlayn tahqirlash haqida xabar berish vositalari bilan yaxshiroq himoya qilish usullarini joriy qilmoqdalar.
Ammo haqiqat shuki, bundan ham ko'proq narsa talab qilinmoqda. Ko'p yoshlar har kuni kiberbullingga duch kelmoqdalar. Ba'zilari Internetda tahqirlashning o'ta og’ir turlariga uchraydi. Natijada ba'zilari o'z hayotlariga suiqasd qilishmoqda.
Texnologik kompaniyalar o'zlarining foydalanuvchilarini, ayniqsa bolalar va yoshlarni himoya qilishlari uchun javobgardirlar.
Ushbu majburiyatlarni bajarmaganliklari uchun ularni javobgar qilish barchamizning vazifamizdir.
10-savol:
Internetda bolalar yoki yoshlar uchun bullingga qarshi vositalar bormi?
YuNISEF: Har bir ijtimoiy platforma turli xil vositalarni taklif etadi (quyida mavjudlarini ko'rib chiqing), ular sizning xabarlaringizni sharhlashi yoki ko'rishi, yoki avtomatik ravishda do'st sifatida ulanishi mumkin bo'lgan odamlarni cheklash va bulling holatlari to'g'risida xabar berishga imkon beradi. Ularning aksariyati kiberbullingni ta’qiqlash, ovozni o'chirish yoki xabar berishning oddiy bosqichlarini o'z ichiga oladi. Biz ularni o'rganishga taklif qilamiz.
Ijtimoiy media kompaniyalari, shuningdek, bolalarga, ota-onalarga va o'qituvchilarga Internetda xavf-xatarlar va xavfsiz bo'lish usullari to'g'risida ma'lumot olish uchun o'quv qo'llanmalari va ko'rsatmalar beradi.
Shuningdek, kiberbullingdan himoya qilishning birinchi yo'nalishi siz bo'lishingiz mumkin. O'zingizning jamoangizda kiberbulling qayerda yuz berishi haqida o'ylab ko'ring va bu haqda gapirish, tartibbuzarlarni tartibga chaqirish, ishonchli kattalarga murojaat qilish yoki bu borada xabardorlikni yaratish orqali yordam berishingiz mumkin. Hatto oddiy mehr-oqibat namoyishi ham katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
Agar o’z xavfsizligingiz yoki Internetda siz bilan sodir bo'lgan biror narsa haqida xavotirda bo'lsangiz, shoshilinch ravishda ishonchli odam bilan gaplashing. Yoki mamlakatingizdan yordam so'rab Child Helpline International tarmog’iga tashrif buyuring. Ko'pgina mamlakatlarda siz bepul qo'ng'iroq qilishingiz va kimdir bilan anonim tarzda gaplashishingiz mumkin bo'lgan maxsus ishonch telefoni mavjud.
Facebook / Instagram: Bizda yoshlarning xavfsizligini ta’minlashga yordam beradigan bir qator vositalar mavjud:
- Siz bulling o’tkazayatgan odamni ogohlantirmasdan undan o’z hisobingizni ehtiyotkorlik bilan himoya qilish uchun barcha xabarlarni e'tiborsiz qoldirishni yoki Cheklash (Restrict) vositamizni ishlatishingiz mumkin.
- Siz o'z xabarlaringizda sharhlarni boshqarishingiz mumkin.
- Siz o'zingizning sozlamalaringizni siz istagan odamlar sizga to'g'ridan-to'g'ri xabar yuborishi uchun o'zgartirishingiz mumkin.
- Va Instagramda sizga me’yordan naro o’tishi mumkin bo'lgan xabarni joylashtirishdan oldin uni qayta ko'rib chiqishga undaydigan xabar yuboramiz.
O'zingizni va boshqalarni kiberbullingdan qanday himoya qilish haqida ko'proq ma'lumot olish uchun Facebook yoki Instagramdagi manbalarimizni tekshiring.
Twitter: Agar Twitterdagi odamlar bezovta qiladigan yoki salbiy bo'lsa, bizda sizga yordam beradigan vositalar mavjud va quyidagi ro'yxat ularni sozlash bo'yicha ko'rsatmalar bilan bog'liq. Bizning "Twitter-da o'qitish va o'rganish" qo'llanmamizda ushbu ko'rsatmalar va boshqa narsalar mavjud.
- O'chirish - hisob qaydnomasi tvitlarini vaqt jadvalidan o'chirib tashlamasdan yoki bloklamasdan olib tashlash
- Bloklash - ma'lum bir hisob qaydnomalarini siz bilan bog'lanish, tvitlaringizni ko'rish va sizni kuzatib borishni cheklash
- Hisobot - haqoratli xatti-harakatlar to'g'risida hisobot berish