16/19
COVID-19 pandemiyasi bilan bo’liq vaziyatga munosabatning badiiy aksi
COVID-19 pandemiyasi davrida o'zimiz, oilalarimiz va farzandlarimizni barcha mavjud vositalar yordamida himoya qilamiz - bu UNICEF ko’magida Toshkent shahridagi “Ilhom” teatrida tashkil etilgan "16/19" san'at ko'rgazmasining mavzusi.




Ko'rgazmada namoyish etilgan san'at asarlarining mualliflari COVID-19 ga nisbatan munosabat borasida o’tkazilgan ijtimoiy tadqiqit natijalaridan olhomlanib, 16 xildagi shaxslarni tasvirlaganlar. "Inkor qiluvchilar", "yig’uvchilar", "innovatorlar", "altruistlar" shular jumlasidandir. Ushbu ijodiy ishlar pandemiaga tegishli bp’lgan bizning shaxsiy va jamoaviy javoblarimiz va mas'uliyatlarimiz haqida fikr yuritishga undaydi.

"Mening ishim nafas olish qiyinligini his qilishni aks ettiradi. Tana va o'pkada nima sodir bo'layotganini tasvirda ko’rsatilgan. Men odamlar bu his-tuyg'ularni xavfsiz tarzda boshdan kechirishlariniistayman. San'at ma'lum birqadriyatlar va g'oyalarni yetkazish vositasidir. Mazkur holda hayot va sog'liqningqadri ifodalangan."
“Odamlar o'z uylarida qolishga majbur bo’lganlarida, bu hxolat deyarli rasmga o'xshardi. Ushbu san'at asariga bir butun sifatida qaraganingizda, barcha niqoblar bir-biriga yaqin bo'lib tuyuladi, lekin yaqinroq bo'lganingizda ular orasidagi masofani ko'rishingiz mumkin. Bu yerda har kim o'zi uchun ma'no topishi mumkin."
"Men xaritalar tasvirlari bilan ikkita san'at asarini taqdim etdim, chunki pandemiya butun insoniyatga ta'sir qildi. Barcha insonlar bu muammoni hal qilish uchun birlashishi kerak. Bu ko‘rgazma hayotni qanday qadrlashimiz va uni himoya qilishimiz kerakligini ko‘rsatadi”.
Namoyish qilingan rasmlar, haykallar, installyatsiyalar, fotosuratlar va filmlar tomoshabinlarda chuqur tassurot qoldirdi.
“Bu sanʼat asarlari men uchun juda koʻzga koʻrinarli, taʼsirli, ravshan, chunki men ham bu tuygʻularni pandemiya choʻqqisida his qilganman. Bu juda yaqin va tushunarli san'at,"
"Ijod xabarlarni yetkazishning eng yaxshi usuli deb hisoblayman. Umid qilamanki, ushbu ko’rgazmaga tashrif buyurgan immunizatsiyada o’tmagan odamlar emlanishga qaror qilishadi, emlangan odamlar esa to'g'ri qaror qabul qilganlariga ishonch hosil qilishadi."
"Pandemiya haqidagi turli xil qarashlar va fikrlarni namoyish etish orqali odamlarni emlanishga boʻlgan munosabatini hamda ularning COVID-19 ning oldini olish choralariga rioya qilishlarini oʻrganishga va o'z-o’zini soʻroq qilishga ilhomlintiramiz,"
UNICEF hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va aholi salomatligini muhofaza qilish xizmati hamkorlida tashkil etgan “16/19” nomli ko‘rgazma “Ilhom” teatrida 2022-yil 25-aprelgacha davom etdi.