Amerika Qo’shma Shtatlari hukumati Covid-19 ga qarshi 2 million doza Pfizer vaksinasini COVAX dasturi orqali O’zbekistonga taqdim etdi

14 Mart 2022

TOSHKENT, 14-mart 2022 yil – Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati COVID-19 ga qarshi kurashda O’zbekistonni qo’llab-quvvtalashni davom ettirar ekan, Pfizer vaksinasining yana 2 million dozasini bugun taqdim etdi. Ushbu vaksinalar UNICEF tomonidan COVAX dasturi orqali yetkazib berildi.

"Vaksinalar COVID-19 ga qarshi kurash uchun oʻz vaqtida yetkazildi. Niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash va qoʻl yuvish singari barcha xavfsizlik choralariga amal qilgan holda, vaksinatsiya pandemiyadan chiqishning yagona yoʻlidir", dedi Sanitariya-epidemiologik farovonlik va sog‘liqni saqlash xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliev.

AQSh tomonidan bugun beshinchi marotaba vaksinar yetkazib berildi. Bu singari yordam past va o'rta daromadli mamlakatlarda mavjud bo’lgan vaksinalr yetishmovchiligini kamaytirish hamda pandemiya yangi to’lqinlarining oldini olishda muhim ahamiya kasb etadi.

"COVID-19 mutatsiyaga uchrasi va uning variantlari o'zgarishi sababli faqat vaksinatsiya insonlar hayotini saqlab qolishi mumkinligi aniqdir. Bugun taqdim etilgan vaksina dozalari O‘zbekiston xalqi uchun juda muhim, o‘z vaqtida va hayotni saqlaydigan xayriyadir, chunki butun dunyo singari mamlakat COVID-19ning birin-ketin sodir bo’layotgan to‘lqinlari bilan kurashmoqda”, dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o’rinbosai Joffri Ijumba."Vaksina dozalarini taqsimlash mexanizmi bo’lgan COVAX dasturi orqali AQSh tomonidan ko’rsatilayotgan izchil yordam davom etayotgan birdamlikning ulkan namoyishidir”.

COVID-19 vaksinalarining adolatli taqsimlanishini ta'minlaydigan COVAX dasturi doirasida Amerika Qo'shma Shtatlari hozirda eng yirik donordir. Ushbu taqdim etilgan vaksinalar O‘zbekistonda COVAX dasturining global maqsadlariga erishishga qaratilgan bo’lib, aholining 20 foizini emlashga yo‘naltiriladi.

“COVID-19 xavfini kamaytirish tanlovdir. Pandemiya boshlanganidan beri ikki yil o'tgach, SARS-CoV2 va uning variantlari tarqalishini kamaytirish uchun zarur vositalar mavjud. Biz niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, qo'l yuvish, olomondan uzoqroq bo’lish, deraza va eshiklarni ochib yopiq joylarni shamollatish orqali sog'liqni saqlash va ijtimoiy choralarga rioya qilishda davom etishimiz lozim. Shuningdek, mavjud dozalarning to‘liq seriyasi, jumladan, kuchaytiruvchi doza bilan emlash odamlar COVID-19 dan og‘ir kasallik va o‘limdan himoyalanishlari uchun qilishlari mumkin bo‘lgan eng muhim narsadir”, deb ta’kidladi JSSTning  O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari doktor Liann Kuppens.

OAV qo’shimcha ma’lumot olishlari uchun kontaktlar:

Umidjon Xudaykulov

Immunizatsiya dasturi bo’yicha maslahatchi

Telefon: +998 93 5509775

El.pochta: ukhudaykulov@unicef.org

***

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

Telefon: +998 93 380 34 19

El. pochta: negamberdieva@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.