‘16/19’san'at ko‘rgazmasi COVID-19 ga qarshi vaksinatsiyani targ‘ib qiladi

15 Mart 2022
Постер выставки 16/19
Ilkhom theatre

ТОSHKENT, 2022 йил 15-mart – UNICEF, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Mark Vaylning “Ilhom” teatri bilan hamkorlikda, ‘16/19’ badiiy ko‘rgazmasini tashkil qildi. Joriy yilning 15-martdan 25-aprelgacha teatrda O‘zbekiston rassomlarining ijodiy ishlari namoyish etiladi.

Hamkor tashkilotlarning birgalikdagi sa'y-harakatlari odamlarni emlanish va boshqa profilaktika choralariga nisbatan o‘z xatti-harakatlarini tanqidiy ko‘rib chiqishga undash orqali COVID-19ga qarshi emlanishni targ‘ib qilishga qaratilgan.

Ko‘rgazma ‘16/19’ deb nomlanadi, chunki 16 ta ijodiy ish COVID-19ning insonlarga ta'sirini aks ettiradi. Mualliflar turli shaxslarning COVID-19 sharoitidagi tanlovlari va harakatlari sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar haqida o‘z nuqtai nazarlari bilan o‘rtoqlashadilar. Ushbu sohadagi bunday yondashuv odamlarning qarorlariga ta'sir qilishi va ularni emlanishga undashi kutilmoqda.

“Aholining salomatligi uchun emlanishning yuqori darajasiga erishish va COVID-19 xavfini kamatirish uchun odamlarni kasallikning oldini olish choralarining ahamiyati haqida o‘ylashga undash muhimdir. Umid qilamizki, san'at yordamida odamlarning pandemiya davridagi tajribasini tasavvur qilish orqali ularni emlanishga va bu orqali kollektiv immunitetni shakllantirishda bizga yordam berishga ishontira olamiz", dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o’rinbosari Botirjon Qurbonov.

Hamjamiyatlarni san'at orqali muloqotga jalb qilish maqsadida COVID-19ga qarshi profilaktika choralarini, jumladan, emlanishni targ‘ib qilish uchun "16/19" ko‘rgazmasi pandemiyaga nisbatan odamlar o‘zini tutishining turli usullarini muhokama qilishga yordam beradi. Ko‘rgazma tomoshabinlarni profilaktika tadbirlariga nisbatan hozirgi munosabatini tanqidiy ko‘rib chiqishga va COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan sog‘liqni saqlash choralarini ko‘rishga undaydi.

Dunyo bo‘ylab barcha mamlakatlar COVID-19dan ziyon ko‘rdi. JSST ma'lumotlariga ko‘ra, 2022-yil 12-mart holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab qariyb 452 milliondan ortiq kasallanish holati va 6 milliondan ortiq o‘lim qayd etilgan.

"Barcha mamlakatlar COVID-19 ta'siriga uchradi. 2022-yil 12-mart holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 452 milliondan ortiq kasallik va 6 milliondan ortiq o‘lim qayd etilgan. COVID-19ning ketma-ket to‘lqinlariga qarshi kurashda hali xam zaifmiz. Shu bois UNICEF  immunizasiya bilan bog‘liq xulq-atvorni ijobiy tomonga o‘zgartiradigan ijtimoiy muloqotni ilgari suradi. Ishonamizki, COVID-19 davrida insonlar holatini talqin qilgan rassomlarning 16 nafar san'at namunalari tashrif buyuruvchilarga kasallikning oldini olish uchun immunizasiya naqadar muhimligini yana bir bor anglashda yordam beradi. Bu ertangi kunga qoldirmay, bugun zarur bo‘lgan qadamdir”, dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Joffri Ijumba.

“Ilhom” teatri jamoasi profilaktika choralarini, jumladan, emlanishni targ‘ib qilish maqsadida COVID-19 pandemiyasi davrida odamlarning kayfiyatini aks ettirish uchun san'atkorlarni safarbar qildi. Rassomlarning ijodiy ishlari barchaga COVID-19ning profilaktika choralari infeksiyalarning oldini olish va hayotni saqlab qolishning oddiy, samarali va imkoni bor usullari ekanligini eslatib turadi.

“Global COVID-19 pandemiyasi istisnosiz barchaga ta'sir qildi. O‘zbekiston yosh rassomlari tomonidan tayyorlangan ‘16/19’ ko‘rgazmasining asosiy mazmuni: biz hammamiz turlimiz, qo‘rquv, xavotir, pessimizm va optimizmni his qilishga haqlimiz. Va biz bir-birimizning pozisiyamizni qabul qilish orqali bir-birimizni qo‘llab-quvvatlay olamiz. San'at o‘zini ifoda etish vositasi sifatida birlashtiradi va bag‘rikenglikka o‘rgatadi”, dedi “Ilhom” teatrining xalqaro dasturlar direktori Irina Bxarat.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun murojaat qiling:

Maftuna Saidova

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmat matbuot kotibi

Telefon: +99899 841 25 90

El.pochta: maftunasaidova90@mail.ru

***

Anastasiya Pryadkina

“Ilkhom” teatri adabiy qismi rahbari

Telefon: +998 90 316 41 14
El.pochta: ilkhom.theatre@gmail.com

***

Nargiza Egamberdiyeva

UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi

Telefon: +99893 380 34 19

El.pochta: negamberdieva@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.