BMT va O‘zbekistonning birgalikdagi yutuqlari

22 Dekabr 2021
Участники встречи в ходе дискуссии
UNICEF Uzbekistan/2021

Toshkent, 17 dekabr 2021 yil – Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg‘armasi (UNICEF), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va BMT taraqqiyot dasturi (BMTTD) milliy va xalqaro hamkorlarning uchrashuvini o‘tkazishdi. Ishtirokchilar BMTning O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma dasturining yutuqlarini muhokama qilib, amalga oshirilayotgan islohotlar va COVID-19 post-pandemiyasi asosida ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga hissa qo‘shdilar.

Majlisni Moliya vazirining o‘rinbosari va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari boshqarishdi. Davra suhbatida vazirliklar, idoralar, shuningdek, xalqaro rivojlanish tashkilotlari, elchixonalar va BMT agentliklarining 40 dan ortiq vakillari ishtirok yetdi.

"O‘zbekistondagi Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish uchun Qo‘shma dastur Umumjahon ijtimoiy himoya bo‘yicha Global hamkorlikni va mahalliy kontekstni aks ettirib, quyidagi tamoyollarni birlashtiradi: to‘liq hayot davomidagi ijtimoiy himoya; to‘liq qamrov; barqaror va adolatli moliyalashtirish; fuqarolik jamiyati ishtiroki va ijtimoiy muloqot, ayniqsa nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan, hech kimni ortda qoldirmaslik tamoyiliga asoslangan xolda. O‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda davomiy ko‘mak ko‘rsatayotgan barcha milliy va rivojlanish hamkorlariga minnatdorchilik bildiramiz va ularning 2022-yili va undan keyingi yillardagi yangi hissalarni kutib qolamiz.” - Janob Munir Mammadzade, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari.

2020 yilda UNICEF, XMT va BMTTD Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani mustahkamlash bo‘yicha Qo‘shma dasturi (Qo‘shma dastur) doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining ehtiyojlarini qondiradigan va hech kimning ortda qolmasligini ta'minlaydigan har tomonlama kuchli ijtimoiy himoya tizimini yaratish maqsadida harakatlarini birlashtirdilar. Qo‘shma dastur Barqaror rivojlanish maqsadlari qo‘shma jamg‘armasi (BRM) tomonidan ikki sababga ko‘ra moliyalashtirildi: BRMga erishish jarayonini tezlashtirish maqsadida ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, shuningdek ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish.

O‘zbekistonning ijtimoiy himoya tizimi institusional, siyosiy va dasturiy darajada parchalangan, bu esa aholi farovonligiga qaratilgan davlat dasturlarining muhim portfelini samarasiz boshqarishga va sohaga davlat investisiyalari samarasini pasayishiga olib keldi. Ijtimoiy himoya tizimi universal bo‘lmagan tamoyilga asoslanganligi sababli, farovonlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari aholining zaif qatlamlarining barcha guruhlarini qamrab ololmadi. Shunday qilib, bu ijtimoiy ajratib qo‘yish, marginalizasiya, qashshoqlikni, tengsizlikni chuqurlashtirishga olib keldi va iqtisodiy o‘sishga to‘sqinlik qildi. Natijada ijtimoiy himoya tizimi aholining atigi 55% ini, asosan, ijtimoiy sug‘urta orqali qamrab oldi, bu esa aholining 44% ini qamrab oldi. Kambag‘allik chegarasidan pastda yashovchi uch kishidan faqat bittasi ijtimoiy nafaqa olishi mumkin edi.

Qo‘shma dastur orqali UNICEF xizmatlarni birlashtirish va ijtimoiy himoya tizimida yetakchilikni mustahkamlash, shu bilan birga davlat dasturlarini amalga oshirishni yaxshilash uchun institusional islohotlarni ilgari surdi. Shunday qilib, ijtimoiy himoyani ta'minlash bo‘yicha yagona institut yaratish bo‘yicha ishlar olib borildi. Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda ijtimoiy himoya agentligini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror loyihasi ishlab chiqildi. Hujjatda Agentlikning asosiy vazifalari, tuzilmasi va aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda takomillashgan yondashuvlarni joriy etish rejasi bayon etilgan.

Qo‘shma dasturni amalga oshirish jarayonida Ijtimoiy himoyaning yagona ijtimoiy reestri tizimi respublika miqyosida muvaffaqiyatli joriy etildi va tatbiq etildi. Tizim ma'muriy to‘siqlarni olib tashladi, aniq tanlash mezonlarini belgilab oldi va to‘lov jarayonini soddalashtirdi. Natijada, har oyda ijtimoiy nafaqa olish uchun da'vo arizalari soni 5 baravarga, ya'ni 80 mingdan 400 mingga, ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olish 600 mingdan 1,2 millionga ko‘paydi.

XMT Qo‘shma dastur orqali O‘zbekiston hukumati bilan birinchi milliy ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqdi. 2021 yil fevral oyida Respublika Prezidenti 5634 - "2021-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi va shu bilan bir qatorda 2021-2030 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy himoya strategiyasi konsepsiyasini va ushbu Milliy strategiyani ishlab chiqish uchun yo‘l xaritasini tasdiqladi.

Keyinchalik, 2022-2030-yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy yordam, ijtimoiy sug‘urta, ish topishda bir nechta to‘siqlarga duch kelgan shaxslarga imkoniyatlar yaratish, mehnat bozorida sharoitlarni yaxshilash va ijtimoiy muhofaza qilish xizmati sxemalarini takomillashtirish chora-tadbirlarini o‘z ichiga olgan ijtimoiy to‘liq himoya Milliy strategiyasi fuqarolik jamiyati vakillari va nogironlar bilan hamkorlikda Moliya vazirligi nazorati ostida ishlab chiqilgan. Milliy strategiyaga ijtimoiy himoya tizimini moliyalashtirish bo‘yicha uch yillik reja va maqbul moliyalashtirish ssenariylari qo‘shilagan. Hozirgi vaqtda milliy Qonunchilik xalqaro ijtimoiy ta'minot standartlariga muvofiqligi tahlil qilinmoqda.

BMTTD aholining eng zaif guruhlari, xususan nogironlar huquqlarini qo‘llab-quvvatladi. BMTTD BMTning nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikasiya qilish va amalga oshirishga ko‘maklashdi, faoliyat olib borish, hayotiy faoliyat va salomatlikning cheklash, nogironlik, mavjud infratuzilma va davlat xizmatliriga oid statistik ma'lumoltar yig‘ish xalqaro tasnifiga silliq o‘tish uchun  bilim oshirishga ko‘mak berdi. 

Bu yutuqlar aholining barcha qatlamlari uchun ijtimoiy himoya qilish huquqini ta'minlash uchun uzoq yo‘l boshlanishini belgilab berdi. BMTning ishtirokchi agentliklari O‘zbekiston hukumatiga ijtimoiy himoya tizimini isloh qilishni amalga oshirish, ijtimoiy himoya Milliy strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy nafaqalarni rejalashtirish va taqdim etishni amalga oshirish, ijtimoiy himoya mexanizmlarini muvofiqlashtirish va amalga oshirish, aholining ayrim guruhlari, shu jumladan nogironlar va norasmiy ishchilar uchun ochiqligini kafolatlash bo‘yicha idoralar salohiyatini oshirishga chaqirdi. Doimiy amaliy yordam ko‘rsatish chaqiruvi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilga qadar umumjahon ijtimoiy himoyasi bo‘yicha harakatlarga chaqiruviga mos keladi. Bu chaqqiriqda mamlakat va xalqaro hamkorlarning barcha uchun ijtimoiy himoya tizimlari va chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha global majburiyatni qo‘llab-quvvatlashga, shu jumladan 2030 yilga qadar minimal  darajalarga (BRM 1.3) erishishga qaratilgan murojaati bor.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi mutaxassislarga murojaat qilishingiz mumkin:

Dariya Nabisheva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: +998935005015.

Email: dnabisheva@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Dariya Nabisheva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi
Telefon: +998935005015
Elektron pochta: dnabisheva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.