Bola o’sib-ulg’ayishidagi ehtiyojlarga e'tibor qaratgan holda, O'zbekistonda sifatli ta'lim asoslari

Mutaxassislar mamlakatda ta'lim sifatini oshirish bo’yicha yangi yondashuvlarni muhokama qilmoqdalar

05 Sentabr 2019
представитель юнисеф проводит презентацию перед аудиторией
UNICEF Uzbekistan

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi UNICEF bilan hamkorlikda ta'lim sifatini ta’minlash va baholash bo’yicha yangi yondashuvlarni muhokama etish va kelishib olish uchun, mutaxassislar va ta’lim sohasi vakillari o'rtasida muhokamalar uyushtirdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti janob Shavkat Mirziyoyev o'zining so'nggi nutqida mamlakatda ta'lim sifatini oshirish bo'yicha keyingi chora-tadbirlar ko’rilishi zarurligini ta'kidladi.

Seminar qatnashchilari jahon tajribasi bilan tanishish va UNICEF tomonidan taklif etilgan xalqaro ekspert ishtirokida qayta ko'rib chiqilgan ta'lim muassasalari sifatini baholashning yangi milliy mexanizmlari loyihalarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Tizim vakillari ta'lim tizimining sifati va samaradorligini oshirish uchun ta'lim muassasalari ishining aniq sifat standartlari va ular faoliyatini baholashning yangi mexanizmlari zarurligiga kelishib oldilar. Ushbu mexanizmlar o'quv jarayonlariga yo'naltirilishi, qo'llab-quvvatlovchi vazifani bajarishi hamda o'qituvchilar va o'quv muassasalari ma'muriyatining uzluksiz rivojlanishiga rag’batlantiruvchi omil bo'lib xizmat qilishi kerak. Bu ta'lim muassasalariga o'z ishlarini doimiy ravishda takomillashtirishga va ta'limda yanada yuqori natijalarga erishishga imkon beradi.

“Davlat inspeksiyasining asosiy strategiyasi – ta'lim sifatini nazorat qilishdan ta'lim sifatini ta'minlashga ơtish, eng yaxshi tajriba va standartlarni ta'lim muassasalariga yoyish, har bir ta'lim muassasasining ta'lim sifatiga hisobdorligini oshirish”, - dedi Inspeksiya boshlig'ini o’rin bosari Asliddin Odilov.

"Yangi tizim va sifatni ta'minlash mexanizmlari o'qitish va o'qishni takomillashtirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak" dedi UNICEFning O'zbekistondagi Ta'lim masalalari bo’yicha bo'limi rahbari Dipa Shankar. Uning qo’shimcha qilishiga ko'ra, "O'zbekistonda ta'lim sifatini ta'minlash tizimli yondashuvga asoslangan bo’lishi va bolaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi kerak".

Xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, ta'lim muassasalari uchun o'z-o’zini baholash imkoniyati sifatni oshirishning eng samarali mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Ushbu mexanizm muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun maktablar va maktabgacha ta'lim muassasalarini o'z-o'zini baholashlarida qo'llab-quvvatlash muhimligi va erishilgan natijalar yanada ommabop bo’lishi zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, tashqi sifatni baholashni amalga oshiradigan malakali mutaxassislar guruhini yaratish ham muhimdir.

Xalq ta'limi vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi va boshqa davlat organlari, ilmiy doiralar, BMT va xalqaro tashkilotlar vakillari sifatni ta'minlash uchun taklif etilgan asoslarning turli ko'rsatkichlarini muhokama etdilar.

OAV uchun mas'ul xodimlar

Atul Kumar
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha bo’lim rahbari
UNICEF
Telefon: +99871 233 95 12
Elektron pochta: akumar@unicef.org

UNICEF to’g’risida

Ơz faoliyati orqali  UNICEF har bir bolaning huquq va farovonligi ta'minlanishiga  erishishga harakat qiladi. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va barcha bolalarning, xususan, ijtimoiy jihatdan  yakkalab qơyilgan, alohida e’tibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlari yơlida harakat qilamiz. 

UNICEF va uning O’zbekistondagi faoliyati tog’risida tơliq ma'lumot olish uchun www.unicef.org/uzbekistan saytiga tashrif buyuring, hamda Twitter va Facebook sahifalarimizni kuzatib boring.