O'zbekistondagi ta'lim sifatini oshirish imkoniyatlari

Dalillar mamlakatda ta'lim sifatini takomillashtirish imkoniyatlari mavjudligini ko’rsatmoqda

26 Iyun 2019
Образование
UNICEF

UNICEF, "Yuksalish" umummilliy harakati bilan birgalikda, "Inson kapitalini rivojlantirish: kelajak uchun ta'lim" mavzusida strategik muloqot o’tkazdi.

Xalq ta'limi, maktabgacha ta'lim, oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, boshqa davlat organlari, ilmiy doiralar, BMT va xalqaro tashkilotlar O'zbekistondagi ta'lim sifatini oshirishning dolzarb muammolari va imkoniyatlarini muhokama qildilar. Muloqotda qaror qabul qiluvchilar, pedagoglar, tadbirkorlar va yoshlarning o'zlari ishtirok etdilar.

2019 yil aprelida O'zbekiston Prezidenti 2030 yilga qadar Xalq ta'limi tizimini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqladi. Ta'lim infratuzilmasini yaxshilash va kengaytirish hamda o’qitish metodikalarini takomillashtirishdan tashqari, konsepsiyada talabalar o’zlashtirishini baholashning xalqaro tadqiqoti – PISA reytingiga ko'ra O’zbekiston 2030 yilga qadar jahonning 30 ta etakchi mamlakatlari qatoriga kirishi maqsad qilib qo’yilgan.

"Kam ta'minlangan oilalarning farzandlari ta’lim oladigan maktablarda o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi pastligi kuzatiladi, va bu maktablarni qo’llab-quvvatlash kerak," -  dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonas rahbari Sasha Graumann. " Barcha bolalar sifatli ta'lim olish uchun teng imkoniyatlarga ega bo’lishlari uchun bunday maktablarni zarur o'quv materiallari va yuqori malakali o'qituvchilar bilan ta'minlash zarur,"- deb ta’kidladi u.

Muloqotda maktablarning sinfxonalaridagi jarayonlarga alohida e'tibor qaratildi. Maktabgacha ta'lim bosqichidanoq o'qish, yozish va hisoblash kabi ko'nikmalar bilan bir qatorda muloqot qilish va tanqidiy fikrlash kabi ko'nikmalarni  rivojlantirish muhim, chunki busiz yoshlar yanada yuksak darajadagi fikrlashni talab qiladigan kelgusi ta’limga va ish joyiga ega bo’la olmaydilar. Natijada mehnat bozoridagi raqobatda engib chiqish imkoniyatidan mahrum bo’ladilar.

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: [email protected]

UNICEF to’g’risida

Ơz faoliyati orqali  UNICEF har bir bolaning huquq va farovonligi ta'minlanishiga  erishishga harakat qiladi. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va barcha bolalarning, xususan, ijtimoiy jihatdan  yakkalab qơyilgan, alohida e’tibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlari yơlida harakat qilamiz.

UNICEF va uning O’zbekistondagi faoliyati tog’risida tơliq ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.