O‘zbekiston bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrash borasidagi o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etmoqda
UNICEFning tarixda ilk bor maktabgacha ta'limga bag‘ishlangan global hisobotida dunyoning aksariyat davlatlari tomonidan maktabgacha ta'limga yetarlicha sarmoya yo‘naltirilmayotganligi ma'lum qilinadi
Bugun e’lon qilingan chop etilgan yangi hisobotida UNICEF butun dunyo bo‘yicha jami 175 mln. maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar maktabgacha ta'lim muassasalariga bormayotganliklarini ma’lum qiladi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 600 000 dan ortiq o‘g‘il va qiz bolalar –maktabgacha yoshdagi bolalarning 70%ga yaqini – maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan. Bu esa, har uch boladan ikkitasi ularning ta'limiga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan o‘ta muhim sarmoyalardan bebahra qolayotganliklari va hayotlarining dastlabki yillaridan boshlab tengsizlikdan jabr ko‘rishlari mumkinligini anglatadi.
«Maktabgacha ta'lim bilim olishning poydevorini tashkil qiladi. Ta'lim jarayonining keyingi har bir bosqichi maktabgacha ta'limning qanchalik muvaffaqqiyatli bo‘lishiga bog‘liq, - ddi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. – Ayni chog‘da butun dunyodagi juda ko‘plab bolalar bunday imkoniyatdan mahrum qilinganlar. Bu esa bolalar sinfda qolishlari yoki umuman maktabni tashlab ketishlari xatarini oshiradi va ularni nisbatan muvaffaqqiyatliroq tengdoshlari soyasida qolib ketishga sabab bo’ladi».
UNICEFning tarixda ilk bor maktabgacha ta'limga bag‘ishlangan global hisoboti «A World Ready to Learn: Prioritizing quality early childhood education» («Ta'lim olishga hozir dunyo: sifatli maktabgacha ta'limning ustuvorligi») deb nomlangan bo‘lib, unda maktabgacha ta'lim muassasasiga hech bo‘lmasa bir yil qatnagan bolalarda maktabda muvaffaqqiyatli ta'lim olishlarida zarur bo’ladigan hayotiy ko‘nikmalarni orttirish ehtimoli yuqori bo‘lishi hamda sinfda qolish yoki maktabni tashlab ketish ‘yish xatarlari kam bo‘lishi, shu bois ular ulg‘ayganlarida tinch va gullab yashnaydigan jamiyatlar va mamlakatlarni shakllantirishga katta hissa qo‘shishlari mumkinligi ta'kidlanadi.
Maktabgacha ta'lim bilan qamrab olingan bolalar dastlabki savodxonlik va hisoblash ko‘nikmalarini bunday ta'limni olmagan bolalarga nisbatan ikki barobardan ham tezroq egallaydilar. Aksariyati maktabgacha ta'lim dasturlari bilan qamrab olingan mamlakatlardagi bolalarning ko’pchiligi boshlang‘ich maktabni yakunlaydilar va natijada o‘qish hamda matematika bo‘yicha eng zarur ko‘nikmalarning minimumini egallaydilar.
Hisobotda ta'kidlanishicha, maktabgacha ta'limdagi davomatga ta'sir qiluvchi asosiy omillar qatoriga uy xo‘jaliklari farovonligi, onaning ma'lumoti va geografik joylashuv kabilar kiradi. Ayni chog‘da, qashshoqlik yagona eng muhim omil bo‘lib qolmoqda. Quyida hisobotdagi asosiy xulosalardan ba'zilari keltirilgan:
Qashshoqlikning tutgan o‘rni: Dunyoning 64 ta mamlakatida eng qashshoq oilalarga mansub bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta'lim dasturlari bilan qamrab olinish ehtimoli eng boy oilalarga mansub bo‘lgan bolalarnikiga nisbatan yetti barobar kamdir. Bir qator mamlakatlarda boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut yanada yaqqoldir.
O‘zbekistondagi eng boy uy xo’jaliklaridagi bolalar maktabgacha ta'lim muassasalariga eng kam ta'minlangan oilalar farzandlariga nisbatan ko‘proq qatnashadi.
- Nizolarning ta'siri. Nizolar ta'siriga tushgan yoki tabiy ofatlardan jabrlangan 33 ta mamlakatda yashayotgan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning uchdan ikki qismiidan ziyodi maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan. Maktabgacha ta'lim bunday sharoitdai bolalarga o‘z boshlaridan kechirgan aziyatlarni yengib o‘tishlarida yordam beradi. Zero, bunday ta'lim bolalarni tizimga solingan bilimlar bilan qurollantiradi, ularni havfsiz muhit bilan ta'minlaydi. Bunday muhitda ular bilim olish va o‘yinlar bilan band bo’lish hamda o‘z kechinmalari va fikrlarini bayon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
- Muvaffaqqiyatli ta'limning siklik jarayoni. Ma'lumotlar mavjud bo‘lgan mamlakatlar bo‘yicha olib borilgan tahlilda aniqlanishicha, onalari o‘rta yoki undan yuqori ma'lumotga ega bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinish ehtimoli faqat boshlang‘ich ma'lumotga ega bo‘lgan yoki umuman hech qanday rasmiy ma'lumoti bo‘lmagan onalarning farzandlarinikiga nisbatan besh barobardan ham yuqori ‘lar ekan.
2017 yili butun dunyo bo‘ylab maktabgacha ta'limga davlatlar byudjetining ta'limga ajratilgan qismidan 6,6 foizi yo‘naltirilgan bo‘lib, ayni chog‘da ma'lumotlar mavjud bo‘lgan mamlakatlarning salkam 40 foizida ta'lim uchun ajratilgan byudjet ulushidan aynan maktabgacha ta'limga yo‘naltirgan nisbatlari 2 foizni ham tashkil qilmagan. O‘zbekistonda maktabgacha ta'limni bunday sarmoyalash 11 foizni tashkil etadi. Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda davlatlar o‘z byudjetlarida ta'lim uchun ajratgan ulushlaridan 11,3 foizini maktabgacha ta'limga yo‘naltiradilar.
Jahon miqyosida maktabgacha ta'limga sarmoya yo‘llashning bunday tanqisligi xizmatlar sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Xususan, maktabgacha ta'limda pedagoglarining jiddiy yetishmasligi ham mazkur muammoning bir qismidir. Umumiy hisobda butun dunyo bo‘yicha maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning 60 foizdan ziyodi daromad darajasi quyi bo‘lgan mamlakatlarda va o‘rta daromadning quyi qismida bo‘lgan mamlakatlarda hayot kechiradi. Ammo ayni shu mamlakatlarda maktabgacha ta'lim pedagoglarining bor-yo‘g‘i 32 foizga yaqini faoliyat yuritadi. Buning ustiga, hozirgi kunda daromad darajasi quyi bo‘lgan mamlakatlarda bor-yo‘g‘i 422 ming maktabgacha ta'lim pedagoglari faoliyat yuritmoqdalar. Aholi soni o‘sib borayotgan vaqtda, “tarbiyachi-pedagog”ning risoladagi nisbati 20:1 deb olinsa, 2030 yilga qadar butun dunyoda maktabgacha ta'lim bilan qamrov bo‘yicha ko‘zlangan darajaga erishish uchun ja'mi 9,3 mln. yangi maktabgacha ta'lim pedagoglari lozim bo‘ladilar. O‘zbekistonda maktabgacha ta'lim murabbiylarining nisbati shaharlarda o‘rtacha 25:1 ni, qishloq joylarda esa – 5:1ni tashkil etadi. Bu esa qamrovning juda ham pastligidan dalolat beradi.
«Agar hozirda hukumatlar ularning ishchi kuchlari ertangi kun iqtisodiyotida raqobatbardosh bo‘lishini istasalar, harakatni maktabgacha ta'limdan boshlashlari lozim, - deb ta'kidlaydi Sasha Graumann. – Agar farzandlarimiz hayotlarini muvaffaqqiyatli ravishda boshlashlarini istasak, ular iqtisodiyot globallashib borayotgan davrda muvaffaqqiyatli bo‘lishlarini istasak, hukumat rahbarlari maktabgacha ta'limga ustuvo yo’nalishlardan biri qilishlari va uni yetarlicha resurslar bilan ta'minlab berishlari lozim”.
UNICEF mamlakatlar hukumatlarini hech bo‘lmaganda bir yillik sifatli maktabgacha ta'limni joriy etishni qat'iy tavsiya etadi va bu orqali maktabgacha ta'limni har bir bolaning, ayniqsa, ijtimoiy jihatdan eng zaif bo‘lgan va e'tibordan chetda qolgan bolalar ta'limining ajralmas qismiga aylantirishga chorlaydi. UNICEF O‘zbekiston hukumatining bir yillik bepul va majburiy maktabgacha ta'limni joriy etish yo‘lidagi say'-harakatlarini qutlaydi. Hozirgi kunda ushbu tashabbus mamlakatning uchta hududida joriy etilmoqda.
UNICEF hukumatlarni mamlakat byudjetidan ta'limga ajratilgan qismining eng kamida 10 foizini maktabgacha ta'lim qamrovini kengaytirish majburiyatini olishga hamda pedagoglarga, standartlar sifatiga hamda ta'lim olish imkoniyatlarining teng huquqli ravishda kengaytirishga sarmoya yo‘naltirishga chorlaydi.
***
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi mutaxassislarga murojaat qiling:
Jorjina Tompson (Georgina Thompson)
UNICEFning Nyu-Yorkdagi Bosh vakolatxonasi
Telefon: +1 917-238-1559 [email protected]
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF haqida
UNICEF bir qator mamlakatlar va hududlarda eng bechorahol bolalarga yordam ko‘rsatish uchun o‘ta og’ir sharoitlarda faoliyat yuritadi. Biz dunyoning 190 ta mamlakat va hududlarida har bir bolaning farovonligi uchun, butun jahonda, dunyoni barcha uchun yanada maqbul qilish maqsadida faoliyat olib boramiz. UNICEF va uning bolalar manfaatlari yo‘lida olib borayotgan faoliyati bo‘yicha ma'lumotlar quyidagi veb sayt sahifalarida taqdim etilgan:www.unicef.org.
UNICEF xususidagi yangiliklarni Twitter va Facebook da kuzating.