Jahon immunizatsiya haftaligi global vaksinatsiya kampaniyasi davrida nishonlanmoqda

COVID-19 pandemiyasi immunizatsiya har doimgidan ham muhimligini ko’rsatmoqda

26 Aprel 2021
Вакцинатор держит ампулу с вакциной в руках
UNICEF Uzbekistan/2021

TOSHKENT, 26 aprel 2021 yil – Jahon immunizatsiya haftaligi davomida UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi COVID-19 bois rejali emlashlarda yuzaga kelgan katta uzilishlarga qaramay, yuqori darajadagi immunizatsiya qamrovini saqlab qolganligi bilan O’zbekiston hukumatini tabriklaydi, hamda o'zlarini xavfli kasalliklardan himoya qilishlari uchun butun mamlakat bo'ylab kattalarni emlashga undaydi.

O'zbekiston bolalarni kasalliklarga qarshi emlashda katta yutuqlarga erishdi. Shu bilаn birga, hali immunizatsiya xizmatlari va vaksinalarni boshqarish sohasini raqamlashtirish, qizamiq va poliomiyelit singari o’ta xavfli kasalliklarning avj olishi ehtimolini bartaraf etish bo’yicha ishlarni davom ettirish zarurati mavjud. 

«O'zbekiston bolalarni immunizatsiya bilan qamrab olishning yuqori bo’lgan 98% qamrovni ta’minlashga erishishda uzoq yo'lni bosib o'tdi. O’sib kelayotgan avlod kuchli va sog'lom bo'lishi uchun barcha bolalarni hayotiy zarur bo’lgan vaksinalar bilan ta'minlash bo'yicha ushbu xayrli ishni davom ettirishimiz kerak,» - dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. "Biz COVID-19 vaksinasining yanada kengroq tarqalishini kutib, kattalarni bu kasallikka qarshi emlanishga chorlar ekanmiz, farzandlarimizni boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi muntazam ravishda emlatish zarurligini unutmasligimiz kerak," - deb ta'kidladi u.

COVID-19 vaksinasining tarixiy tarqalishi va pandemiya sababli bolalarni muntazam ravishda emlash jarayonidagi qayd etilgan uzilishlar UNICEFning O'zbekistondagi va butun dunyodagi muhim faoliyatini yanada dolzarb ekanligini ko’rsatdi.

So‘nggi 3 yil davomida mamlakat, viloyat va tuman miqyoslarida vaksinalar omborxonalarini qurish, sovuqliq xonalarini jihozlash, sovutgichlar va muzlatgichlar hamda vaksinalarni tashish uchun transport vositalarini sotib olish, shuningdek vaksinalar logistikasi boshqaruv tizimni ishlab chiqish uchun UNICEF hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Milliy immunizasiya dasturini qo‘llab-quvvatlashga deyarli 20 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritdi. 

Bundan tashqari, UNICEF vaksinalar va emlashlar bo'yicha global alyans (GAVI) ko'magi bilan vaksinalarni xavfsiz va sifatli yetkazib berishni ta'minlash uchun 223 ta maxsus avtomashinalarni O’zbekiston hukumatiga taqdim etdi. Bu COVID-19 ga qarshi emlash jarayoni amalga oshirilayotgan davrda muhimdir. Shuningdek, UNICEF xodimlar malakasini oshirish, sovuqlik zanjiri ob’yektlaridan foydalanish hamda sovutgichli yuk mashinalarini, vaksinalar uchun konteynerlarni va sovuqlik kameralarini ishlatish  bo’yicha zarur qo'llanmalar ishlab chiqishda ham yordam bermoqda.

Har yili aprel oyining so'nggi haftasida nishonlanadigan Jahon immunizatsiya haftaligi barcha yoshdagi odamlarni kasalliklardan himoya qilish uchun vaktsinalardan foydalanishni targ'ib qilishga qaratilgan. 2021 yilda "Vaksinalar bizni yaqinlashtiradi" shiori ostida o’tkazilayotgan haftalik hamma yerda, har bir insonning butun hayoti davomida sog'lig'i va farovonligini oshirishda immunizatsiyaning ahamiyatini targ'ib qilish uchun butun dunyo bo'ylab barchani immunizatsiyada faolroq ishtirok etishga undaydi.

Bu sa'y-harakatlarning barchasi milliy immunizasiya tizimini yanada mukammalashtirishga xizmat qiladi.

Batafsil ma’lumot olish uchun murojaat qiling: 

Umidjon Xudaykulov

Immunizatsiya dasturi bo’yicha maslahatchi

Telefon: +998 93 5509775

El. pochta: ukhudaykulov@unicef.org

***

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

Telefon: +998 93 380 34 19

El. pochta: negamberdieva@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.