UNICEF vakolatxonasining rahbari Munir Mamedzadening o'zbekistonlik bolalar va ayollarni vatanga qaytarishning uchinchi bosqichi borasidagi bayonoti

09 Dekabr 2020

Toshkent, 2020 yil 8-dekabr: UNICEF bugun tongda 73 nafar bola va 25 nafar ayolning Suriyadan Toshkentga olib keninishi to’g’risidagi xabarni qutlaydi. Qurolli to'qnashuvlardan jabr ko'rgan bolalar repatriatsiyasi va integratsiyasini ta’minlashdagi O'zbekistonning doimiy yetakchiligi hamda qat'iyati namunalidir.

Ushbu uchinchi repatriatsiya ko’pchiligi juda yosh bo’lgan 170 dan ziyod bolalarni vatanga qaytarish va ularning reintegratsiyasini ta’minlagan 2019 yildagi ikkita muvaffaqiyatli kampaniyadan keyingisi bo’ldi. Oiladagi mehr va g'amxo'rlikning muhim ahamiyatini inobatga olgan holda, ushbu bolalarning aksariyati endi oila a'zolari bilan yashayaptilar.

UNICEF o’zining dunyo bo'ylab qurolli to'qnashuvlardan jabr ko'rgan bolalar, oilalar va jamoalarga ko’mak berish bo'yicha ko'p yillik tajribasiga tayangan holda, bolalar va ayollarni vatanga qaytarish hamda ularning oilalari va hamjamiyatlari bilan birlashishtirishdagi O'zbekiston Hukumatining sa’y-harakatlarini birinchilar qatorida qo'llab-quvvatlab kelmoqda.

UNICEF qurolli guruhlarga aloqador yoki ular nazoratida yashagan deb hisoblanishi mumkin bo’lgan bolalar va ularning onalari ahvoli bilan bog’liq muammoni hal qilishda O'zbekiston Hukumatini qo'llab-quvvatlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu bolalarning ba'zilari og’ir qiyinchiliklar qurboniga aylangan. Biroq tajriba, jumladan O'zbekiston tajribasi, bunday bolalar o’zlarini tiklab olishga va reintegratsiyaga, ta'limdagi bo'shliqlarni to'ldirishga hamda o'z hamjamiyatlarining hayotiga ijobiy hissa qo'shishga qodir ekanliklarini ko'rsatadi. Bolaning eng yaxshi manfaatlarini ta’minlash tamoyiliga muvofiq, UNICEF Hukumatni barcha bolalarning o'z mahalliy jamoalariga xavfsiz integratsiyasini davom ettirish va kengaytirishga, oila birligini saqlab qolishga va ularning, jumladan qonun bilan kontaktda bo'lgan bolalarning, qurolli to'qnashuv qurbonlari maqomini saqlashga da'vat etadi.

UNICEF ushbu bolalar va ayollarga nisbatan xalqaro standartlar va ilg'or tajribalar asosida munosabatda bo’lish borasidagi Hukumat sa’y-harakatlarida ko’mak berish uchun psixologik-ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va qayta integratsiya xizmatlarini taqdim etishga tayyor ekanligini bildiradi.

Batafsil ma'lumot olish uchun murojaat qiling:

Nargiza Egamberdiyeva, jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

Telefon: +99871 233 95 12,

Elektron pochta: [email protected]

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: [email protected]

About UNICEF

UNICEF works in some of the world’s toughest places, to reach the world’s most disadvantaged children. Across 190 countries and territories, we work for every child, everywhere, to build a better world for everyone.

For more information about UNICEF and its work for children visit www.unicef.uz.

Follow UNICEF on Twitter | Facebook | Instagram