Mojaro zonalaridan, birinchi navbatda Suriya va Iroqdan qaytayotgan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqi va BMT ko’magi

Suriya va Iroqdan qaytayotgan uchinchi mamlakat fuqarolarini BMT tomonidan global darajada qo’llab-quvvatlashda ishtirok etish

16 Dekabr 2021

 

Toshkent, 2021yil 17-dekabr - Bugun O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi UNICEF ko‘magida “Qurolli mojarolar davom etayetgan hududlaridan qaytarilgan ayollar, bolalar va yoshlarni jamiyatga moslashtirish va reabilitatsiya qilish bo‘yicha” xarakatlar rejasi ijrosini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazdi. Tadbir, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan, “Mojaro hududlaridan, birinchi navbatda, Suriya va Iroqdan qaytgan fuqarolari uchun Markaziy Osiyo davlatlari uchun Yevropa Ittifoqi va BMT tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi” loyihasining idoralararo ishchi guruh vazifasini ham bajaruvchi texnik ishchi guruhi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Tegishli vazirliklar, Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman), UNICEF, nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari qurolli mojaro hududlaridan qaytgan ayollar va bolalarni reintegratsiya qilishda erishilgan natijalar, qiyinchiliklar va imkoniyatlar to’g’risida taqdimot qildilar.

“63 dan ortiq oila va 183 nafar bolaga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, pasport olishda, yashash joyi bo‘yicha ro’yxatdan o’tishda hamda qonuniy vasiylikni rasmiylashtirishda yordam ko‘rsatildi. Qolaversa, maktab yoshidagi barcha bolalar maktabga kirdi”, dedi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova. “Barcha tegishli vazirliklar faoliyatini muvofiqlashtirish mojaro hududlaridan qaytgan bolalar va ayollarga sifatli xizmat ko'rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi".

"Qaytib kelgan bolalar va oilalarning reintegratsiyasi zaif shaxslar va umuman aholining huquqlari va imkoniyatlari kengayishiga, yanada kengroq ijtimoiy-iqtisodiy integratsiya uchun ularning salohiyatini oshirish orqali tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga, kambag’allik va ijtimoiy ajratishni qisqartirishga yordam beradi", dedi Fransua Bejo, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyaning hamkorlik bo‘limi rahbari.

Ishtirokchilar Harakat dasturi doirasida boshlangan ishlarni 2022 yilda ham davom ettirish zarurligini muhokama qildilar. Psixologik-ijtimoiy yordam ko'rsatish, ta'lim va sog'liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish, bolalarni muassasa sharoitidan oilalarga reintegratsiya qilish shular jumlasiga kiradi.

“O‘zbekiston nafaqat o‘z fuqarolarini qurolli mojarolar hududlaridan qaytarish bo‘yicha, balki zarur gender va yosh jihatlarini hisobga olgan holda ayollar va bolalarning reintegratsiyasini ta’minlash bo‘yicha ham butun dunyoda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Bolalar va ayollarni qo'llab-quvvatlash bir oy yoki bir yildan ortiq vaqtni talab qilishi sababli, bolalar va ularning huquqlarini himoya qilish ustuvorligiga e'tibor qaratgan holda muvofiqlashtirilgan uzoq muddatli yordamni ta'minlash muhimdir", dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Joffri Ijumba.

Qoʻshimcha maʼlumot olish murojaat qiling:

Eshmuminov Farhod

Matbuot xizmati bo’limi bosh mutaxassisi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Telefon: +998 97 4005578

***

Antonia Luеdeke

Bolalarni himoya qilish masalalari bo'yicha mutaxassis, UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: + 99871 2339512;

Elektron pochta: [email protected]

OAV uchun mas'ul xodimlar

Антония Людеке
Специалист программы «Защита Ребенка»
ЮНИСЕФ в Узбекистане
Telefon: +998 71 2339512
Elektron pochta: [email protected]

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.