Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun kislorod - hayotga umid
Har bir bolaga sog‘lom kelajak uchun eng yaxshi imkoniyatni berishga qaratilgan sifatli tibbiy yordam
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning og‘ir nafas yo‘llari infeksiyalariga chidamlilik darajasi juda past bo‘lib, bu holat ularning hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Ushbu maqolada O‘zbekistonda tibbiyot xodimlar zamonaviy bilimlar va yangi turdagi kislorod jihozlaridan foydalanib, har kuni eng kichik bemorlarning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishmoqda.
Toshkent shahridagi tug‘uruqxonalarning birida neonatolog shifokor Qunduz chaqaloqning yurak urishi monitorini diqqat bilan kuzatar ekan, ich-ichidan duo qilardi. Chunki yangi tug‘ilgan chaqaloqning ahvoli juda og‘ir edi. U qattiq pnevmoniya bilan og‘rigan va deyarli nafas ololmasdi. Qunduz bir lahzaga chaqaloqning ota-onasiga yomon xabarni qanday aytayotganini hayolidan o‘tkazdi.
Biroq shundan so‘ng kutilmagan hol yuz berdi: chaqaloqning nafasi barqarorlasha boshladi va yurak ritmi me’yorga qaytdi.
COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi nafaqat koronavirus bilan kasallangan bemorlarni, balki gripp kabi virusli infeksiyalardan aziyat chekkan bemorlarni ham davolashda ortiqcha ish yuklamasi bilan ishlab kelayotgan edi. Natijada tizimda jiddiy bo‘shliq mavjud. Mexanik ventilyatsiya apparatlari, CPAP tizimlari va anesteziya uskunalari kabi jihozlar muayyan bosim darajasida barqaror va ishonchli kislorod manbaiga muhtoj edi. Shu bilan birga, ayniqsa keng tarmoqli, yirik tibbiy muassasalarda kislorod ballonlari yetarli miqdorda mavjud emasdi va bu talablarni qondirolmay qoldi. Qolaversa, tibbiyot muassasalariga qo‘shimcha kislorod ta’minlash stansiyalari, shuningdek, nafas olish yo‘llari bilan bog‘liq shoshilinch holatlarda ishlay oladigan qo‘shimcha malakali kadrlar zarur edi.
UNICEFning qo‘llab-quvvatlashi bilan barcha yetishmovchiliklar bartaraf etildi va qiyinchiliklar yengib o‘tildi. Qunduz yangi tug‘ilgan chaqaloqning ota-onasiga eng og‘ir xabarni aytishga tayyorlanayotganida, shifoxona bemorlar bilan to‘la, barcha xodimlar va jihozlar juda band edi. Chaqaloqni shifoxonaga keltirishganida uning ahvoli og‘ir edi va qiynalib nafas olayotgan edi. Qunduz darhol bu oddiy holat emasligini angladi. Har bir soniya hal qiluvchi ahamiyatga ega edi, chunki ozgina kechikish ham bolaning hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin edi.
UNICEF tomonidan taqdim etilgan maxsus tayyorgarlik va zamonaviy jihozlar tufayli Kunduz aniq harakat yo‘lini bilardi. U ehtiyotkorlik bilan chaqaloqning barmog‘iga pulsoksimetr moslamasini taqdi va uning qo‘lini qattiq ushlab, o‘z qo‘lidagi titroqni to‘xtatishga urindi. Asbob jiddiy xavf signalini berib, ishga tushdi va qondagi darajasining pastligini ko‘rsatdi.
Qunduz chaqaloqni nafas olishni qo‘llab-quvvatlovchi zamonaviy moslamalar bilan jihozlangan izolyatorga o‘tkazdi. UNICEF tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha kislorod berilishiga oid o‘quv mashg‘ulotlarini eslab, kislorod niqobini chaqaloqning yuziga mosladi va chaqaloqning o‘pkalariga barqaror havo oqimi ta’minladi. Bir necha daqiqalardan so‘ng chaqaloqning nafas olishi barqarorlasha boshladi va asta-sekin muntazam ritmga qaytdi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq UNICEF ko‘magida ta’minlangan muhim tibbiy jihozlar va kislorod terapiyasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlaridan foyda ko‘rgan va hayoti saqlab qolingan 1 000 dan ortiq pnevmoniya va nafas olish qiyinchiligi sindromi (RDS) bilan og‘rigan chaqaloqlar qatoriga kiradi.
2023-yilda UNICEF ning ACT-A dasturi doirasida Toshkent shahar perinatal markazi zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Jumladan, qisqa siklli adsorbsiya usuli orqali kislorod generatsiyasi uchun moslamalar, shuningdek kislorod terapiyasi uchun niqoblar, filtrlar, sarf o‘lchagichlar va pulsoksimetrlar yetkazib berildi.
2023-yilda UNICEF ning ACT-A Supplies Financing Facility dasturi orqali Toshkent perinatal markaziga kislorod ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan pressure swing adsorption (PSA) turdagi kislorod generatsiyasi jihozlari, shuningdek kislorod terapiyasi uchun zarur moslamalar – niqoblar, filtrlar, floumetrlar va pulsoksimetrlar yetkazib berildi.
Shuningdek, nafas olishni qo‘llab-quvvatlash vositalari – nazal kanyulalar, namlagich idishlari va kislorod konsentratorlari taqdim etildi. Bundan tashqari, laringoskoplar, reanimatorlar, stetoskop kabi tibbiy vositalar hamda turli yordamchi jihozlar va zahira ehtiyot qismlar ham taqdim etildi.
«UNICEF ko‘magi chegaralangan kislorod ishlab chiqarish va ta’minot imkoniyatlari bilan bog‘liq muammolarga javob berishda sog‘liqni saqlash tizimimizning salohiyatini mustahkamlashda beqiyos ahamiyat kasb etdi», — deya ta’kidlaydi Toshkent shahar filiali Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (onalik va bolalik salomatligi bo‘yicha) direktori o‘rinbosari Usmonova Malika Shamsuddinovna. — UNICEF bilan hamkorlik haqiqiy o‘zgarish olib kirdi va mutaxassislarimizga hayotiy muhim yordam ko‘rsatish uchun yanada ko‘proq imkoniyat yaratdi».
Bir necha kundan so‘ng yangi tug‘ilgan chaqaloqning salomatligi sezilarli darajada yaxshilandi. Qunduzning esa har bir bolaga sog‘lom kelajak uchun eng yaxshi imkoniyatni berishga qaratilgan sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga bo‘lgan sadoqati har qachongidan ham mustahkam bo‘ldi.