Qo'l yuvish - bolalar kasalliklarining oldini olishning eng oson yo'li

COVID-19 pandemiyasi virus tarqalishini to'xtatishning samarali usullaridan biri qo'llarning gigiyenasi bilan, ayniqsa qo'llarni sovun bilan yuvish bilan bog'liqligini yana bir bor eslatdi.

UNICEF Uzbekistan
Ребенок моет руки с мылом.
UNICEF
16 Oktabr 2020

15 oktabr Jahon qo'l yuvish kuni sifatida nishonlanib,u kasalliklarning oldini olish va hayotni saqlab qolishning samarali va arzon usuli sifatida sovun bilan qo'l yuvish muhimligi to'g'risida xabardorlikni oshirishga bag'ishlangan. Bu kampaniya butun dunyo bo'ylab odamlarni qo'l yuvish odatlarini yaxshilash uchun rag'batlantirish va safarbar qilishga qaratilgan.

COVID-19 pandemiyasi virus tarqalishini to'xtatishning samarali usullaridan biri qo'llarning gigiyenasi bilan, ayniqsa qo'llarni sovun bilan yuvish bilan bog'liqligini yana bir bor eslatdi.

“Uy sharoitida, sog'liqni saqlash va ta'lim muassasalarida qo'llarni yuvish uchun sharoitning yetarli emasligi odamning sog'lig'iga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan kasalliklar xavfini oshirishi mumkin,  bu esa keyinchalik ta'lim va iqtisodiy natijalarga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi», - dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. “Qo'llarni yuvish bolalarda ko'plab kasalliklar xavfining oldini olishga yordam beradi va boshqalar orasida COVID-19 tarqalishini to'xtatadi. Qo'l yuvish odatini iloji boricha erta o’rgatish sog'lom amaliyot bo’lib, buz buni rag’batlantirishimiz kerak".

Bolalar, shuningdek, barqarorlik uchun o'zgarishlarning potentsial agentlaridir. O'zgarishlarda ishtirok etishda va o'zgarishda bolalarning rolini transformatsion ta'lim va tarbiya berish, jumladan sog'liq va gigiyena masalalarida o’qitish orqali oshirish mumkin.

6 yoshgacha bo'lgan bolalar, jumladan maktabgacha ta'lim muassasalariga boradiganlarning ko’pchiligi uchun yuqumli kasalliklarga chalinish xavfi yuqoridir. Qo'l gigiyenasi samarali profilaktika chorasi hisoblanadi.

UNICEF pandemiya paytida ota-onalar o'rtasida so'rovnoma o’tkazish orqali 3-6 yoshdagi bolalarning  qo'l yuvish odati qay darajada ekanligini baholadi. Uning natijaridan m’lum bo’ldiki, ota-onalarning aksariyati yosh bolalarini ovqatdan oldin va keyin (81 %), hojatxonadan foydalangandan so'ng (76%), tashqaridagi o'yinlardan so'ng (78%) va ochiq havodagi faoliyatdan keyin uyga kirishdan oldin (79%) suv va sovun bilan 20 soniya davomida qo'llarini to'g'ri yuvishga o'rgatishgan.

Biroq, tashvish holat shuki, har o'nta boladan bittasi hali ham qo'l yuvish amaliyotini o'rganmagan. Ota-onalar qo’l yuvish odatini ham o'g'il bolalarga, ham qizlarga barobar o’rgatishlari lozim. Bolalar va kattalarga qo'l yuvishning to'g'ri usullarini o'rgatish bo'yicha sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirish muhimligini UNICEF yana bir bor ta'kidlaydi.

Девочка моет руки с мылом
UNICEF

Har bir bolaning sifatli ta'lim olish huquqi farovon maktab muhitini yaratish huquqini o'z ichiga oladi. Ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena xizmatlaridan foydalanish ana shunday shaoitni yaratishda muhim ahamiyatga ega. Bolalar kunning ko’p qismini maktabda o'tkazadilar, shuning uchun u yerda ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena xizmatlari o'quvchilarning, ayniqsa qizlarning bilimi, sog'lig'i va qadr-qimmatiga ta'sir qilishi mumkin.

Ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena xizmatlaridan foydalanish dasturini Barqaror rivojlanish maqsadlariga kiritish xavfsiz, zo'ravonlikdan holi, inklyuziv va samarali ta'lim muhitining muhim tarkibiy qismlari sifatida ularning ahamiyatini tobora ko'proq tan olishni anglatadi. Bu uydan tashqarida ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena xizmatlaridan foydalanish zarurligini ta'kidlaydigan bu turdagi universal xizmatlardan foydalanish imkoniyatining bir qismidir.

O'zbekistonda o'rtacha bitta maktabda faqat 4 ta qo'l yuvish joyi bor. O’quvchilar soni isobga olinsa, maktablardagi qo'l yuvish joylari yetarli emas: kunning birinchi yarmida (birinchi smenada) o'rtacha har 168 o'quvchiga bitta qo'l yuvish joyi to'g'ri keladi; ikkinchi smenada esa qo'l yuvish joyidan o'rtacha 84 o'quvchi foydalanadi. O'quvchilari ko'p bo'lgan shahar maktablarida qishloq yoki olis maktablarga qaraganda ushbu holat yanada qiyinroq.

Suv va sanitariya sharoitida faqat 11% maktablarda JSST va UNICEFning suv ta'minoti, sanitariya va gigiyena bo'yicha qo'shma monitoring dasturi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq asosiy yoki ilg'or sharoitlar mavjud. Taxminan 32% maktablarda xizmatlar talabga javob bermaydi yoki cheklangan. Shahar maktablariga nisbatan olis joylardagi maktablarda asosiy gigiyena xizmatini qamrab olish darajasi past bo'lgan.

UNICEF bolalar va oilalarning tegishli qo'l yuvish vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta'minlash uchun butun dunyo bo'ylab ishlaydi. So’nggi ma’lumotlar tahliliga asosida UNICEF O'zbekiston hukumatiga mamlakat maktablarida ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena xizmatlarini yanada takomillashtirishni taklif qiladi:

  • Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya va gigiyena bo’yicha zarur sharoitlarni yaratish uchun sarmoyalar kiritish (maktabdagi hojatxonalar, oshxonalar, tibbiyot xonalari, o'yin maydonchalari kabi ahamiyatli joylarda qo'l yuvish joylarining mavjud bo’lishi va qo’llarning sovun bilan yuvilishi; yetarli miqdordagi ichimlik suvi inshootlari, yetarli miqdordagi suv mavjud bo’lgan ayollar va erkaklar hojatxonalari, va boshqalar);
  • Qo'l yuvish, sanitariya va boshqa gigiyena xizmatlarini ko'rsatishning innovatsion usullarini iqtisodiy jihatdan eng yaxshi xalqaro tajribalardan ularni sharoitga moslashtirib foydalanish;
  • Maktablarda sog'liqni saqlash va gigiyena qoidalarini, ayniqsa qo'l yuvish odatlarini, xususan COVID-19 sharoitidagi talablar doirasida faol ravishda targ'ib qilish.

Ushbu tashabbuslar, ayniqsa zaif va kam ta'minlangan jamoalarda, arzon mahsulotlar va xizmatlarning mavjudligini va barqarorligini ta'minlashga qaratilgan.