Har bir qiz munosib ta'lim va kasbga loyiqdir
Ba'zan rafiqam Gavkharxon qizlarimni juda yaxshi ko'rganim uchun Qodir Xudo bizga faqat qiz farzand beradi deb hazil qilar edi
Ehtimol, har qanday erkak kishi o'g'l farzandi bo'lishini istar. Bu menga ham tegishli edi. Rafiqam va men birinchi farzandimizni kutganimizda, men o'g'il tugìlisa ham, qiz tugìlisa ham quvonishga ruhan tayyor edim. Eng muhimi sog'lom bo'lsa bas. To’ng’ichimiz qiz bo’ldi. Keyinchalik oilamizda yana ikki qiz dunyoga keldi.
Ba'zan rafiqam Gavkharxon qizlarimni juda yaxshi ko'rganim uchun Qodir Xudo bizga faqat qiz farzand beradi deb hazil qilar edi. Bu ajoyib sovg'a, uch nafar qizning otasi bo'lganim uchun taqdirimdan juda minnatdorman.
Bolalarimiz sevimli kasblarida o`zlarini topsin deb men va rafiqam doimo ularga ta'lim olishlari uchun sharoit yaratishga harakat qilganmiz. Hamma qizlarimiz o'zlari tanlagan mutaxassisliklari bo'yicha o'qishadi yoki mehnat qilishadi.
Katta va o`rtancha qizlarimiz, Shahnozaxon va Lazizaxon, mos ravishda, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlashgan. Ular o`z kasblariga mehr qo'yishgan va doimiy ravishda mutaxassisliklari bo’ycha bilim va ko'nikmalari ustida ishlaydilar. Bu ularning oiladagi baxtli hayotiga xalaqit bermaydi. Ular allaqachon o'zlari ona, oila bekalaridir.
Axborot texnologiyalari, ilm-fan, iqtisodiyot va biznes qizlar uchun emas degan gaplarni tez-tez eshitib turaman. Ko'p oilalar tikuvchi, hamshira, o'qituvchi yoki tarbiyachi kabi kasblar qizlar uchun mos deb hisoblaydilar. Men o'zim matematika mutaxassisiman va bunday stereotiplarga qo’shilmayman. Oilam misolida shunga ishonchim komilki, har bir qiz bola, xuddi o'g'il bola kabi, mukammal dasturchi, olim, me'mor, tadbirkor bo'lishi mumkin va har qanday zamonaviy kasb egasi sifatida mehnat bozorida munosib o'rin egallashi mumkin
Mening kenja qizim Lobarxon tibbiyot kollejida tehsil oladi. Bizning butun oilamiz uning malakali tibbiyot mutaxassisi bo'lish istagini qo'llab-quvvatlaydi. Mening fikrimcha, inson shaxs sifatida shakllanishida uni tushunish, qo'llab-quvvatlash hamda ta'limga sarmoya qilish muhim ahamiyatga ega.
Ishonchim komilki, har bir bola - o'g'il ham, qiz ham bu dunyoga baxtli bo'lish uchun keladi. Biz ularning huquqlarini hurmat qilishimiz kerak, huquqlar esa bolaning jinsidan qat´i nazar hammalari uchun bir xildir.