Tayanch bo’la oladigan kuchli qo'l va yelka

Ikki qizning otasi Kamoliddin Diyarovning hikoyasi

UNICEF Uzbekistan
Камол со своими дочерьми и супругой.
UNICEF Uzbekistan
12 Oktabr 2020

Yangi tug'ilgan qizimizni birinchi bor qo'lga olganimda, hali juda ko’p narsalarni o'rganishim kerakligini angladim. Axir oyimiz va dedamiz bolaligimizdan bizga hamma narsani o'rgatadilar, biroq yaxshi ota-ona bo’lish uchyn buning o’zi etarli emas.

Hozir mening ikkita ulg’aygan qizim bor. Shaxlo19, Go'zal esa 17 yoshda. Ular dastlabki qadamlarini qo'ya boshlaganidayoq, ayolim bilan ularning kelajagi haqida tez-tez gaplashar edik. Ular kim bo'lishadi, qizlarimizni nima kutmoqda? Biz ularni turli to’garaklarga olib borardik, qizlarimizning qiziqishlari va orzu-umidlarida qo'llab-quvvatlardik.

Farzandlarimiz o'zlariga yoqadigan faoliyatni tanlashlarini va bizning istaklarimiz bunga halal bermasligini istar edik. Qizlarimiz bilan munosabatlarda eng muhim narsa, har qanday stereotiplarga qaramay, ularni tushunish, qo'llab-quvvatlash va ularga ishonch bildirish edi, hozir ham shunday bo’lib qolmoqda.

Шахло и Гузаль - дочки Камола
UNICEF Uzbekistan

Menimcha, har bir inson, u erkak yoki ayol bo'lishidan qat’iy nazar, o’z fikriga ega bo’lishga haqlidir. Men ulg’yish va mustaqil hayotni boshlashning asosiy bosqich sifatida yaxshi ta'lim olish zarurligiga aminman.

Shaxlo kollejni tugatmoqda va universitetga huquqshunoslik yo’nalishi bo’yicha o'qishga kirishga tayyorlanmoqda. Bu uning ongli ravishda qilgan tanlovidir. U bolaligidan adolat uchun kurashchi bo’lgan. Go’zal esa  ijod qilishni xush ko’radi. U hozirda badiiy kollejda o'qib, universitetga o’qishga kirishga  tayyorlanmoqda. U rejissyor-multiplikator bo'lishni orzu qiladi.

Ota-onan, xususan ota bo’lishdagi asosiy narsa farzandini qo'llab-quvvatlash, uning ehtiyojlari va istaklarini tushunishdir. O'g'il yoki qiz bo'lsin, bola har doim tayanish uchun kuchli qo'l va yelkaga muhtoj bo’ladi.