Qiyinchilikdan g'alabagacha: inklyuziv jamiyat qurishda qizlar qanday yetakchi bo'lishlari mumkin

Sevinch Karimova, 18 yosh, Skills4Girls dasturi ishtirokchisi

UNICEF
UNICEF
UNICEF
11 Oktabr 2024

Mening eshitish jihatidan nogironligim bois bolaligim oson bo’lmagan. Unda qiyinchilikalar ham, g’alabalar ham bo’lgan. Erta bolaligimdanoq men hamma joyda, shu jumladan o’z ota-onam bilan muloqotda ham to'siqlarga duch kelganman.   

 

Ushbu to‘siqni yengib o‘tish uchun men nafaqat imo-ishora tilini o‘zlashtirdim, balki boshqa fanlarni ham yaxshi o’rgandim. Maʼlumotlar olamiga kirish imkoniyati insonni oʻzgartiradi - bugungi kunda imkoniyatlar eshigini ochadi.  Aksincha, nogironlar uchun ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatining yo'qligi juda katta kamchilikdir.

Aynan muloqot zarur darajada bo’lmasligi va yetarli ma’lumotning yo’qligi sabab men o‘zimga o‘xshash insonlarning manfaatlarini himoya qilishga qat’iy qaror qildim. Har qanday to‘siqni mehnat va jamiyatimiz yordami bilan engib o‘tish mumkinligiga men ishonaman.

UNICEFning Skills4Girls loyihasidagi ishtirokim tufayli men grafik dizaynga bo‘lgan muhabbatimni kashf etdim, o‘zimni ijodiy ifodalashga yordam beradigan yangi ko‘nikma va texnikalarni o‘rgandim. Bu haqiqatan ham ilhomlantiruvchi va inkluziv tajriba bo’ldi.

Aynan shu tajriba eshitish nogironligi bo’lgan qizlarning huquqlarini keng miqyosda himoya qilishimga yordam berdi. STEM talabasi sifatida men axborot texnologiyalari sohasida ishlayman va UNICEF loyihasida ishtirok etish chog‘ida o‘rgangan ko‘nikmalarimdan jamiyatda eshitish bo’yicha nogironligi bo’lgan odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun foydalanaman. Shuningdek, bu menga tengdoshlarimga inklyuzivlik va ta'lim, jumladan, axborot texnologiyalaridan foydalanish muhimligini tushunishga yordam beradi.

Mening kelajagim yorqin va imkoniyatlarga to'la. Men dasturchi bo'lishni istayman, eshitish bo’yicha nogironligi bo’lgan odamilar uchun foydali bo'lgan ilovalarni yaratmoqchiman. Lekin bu sodir bo'lishi uchun menga va menga o'xshaganlarga qulayroq muhut kerak. Afsuski, hamma eshiklar ham biz uchun ochiq emas. Bizga kerakli ma'lumotni olish qiyin bo'ladi, chunki hamma narsa biz tushunadigan tarzda mavjud emas. Shuning uchun biz kundalik hayotimizda maxsus qurilmalar va yordamga muhtojmiz.

Nogironligi bo’lgan insonlar uchun zarur bo’lgan imkoniyatlarning yetishmasligi tufayli, ayniqsa doimiy muloqot va maxsus dasturiy ta’minotni talab qiluvchi STEM sohasida imkoniyat yo‘qligi sababli ta’limni davom ettirish va ish topish biz uchun juda qiyin. Ammo men dunyo o'zgarayotganiga ishonaman. Tobora ko'proq odamlar inklyuzivlik va universal dizayn nafaqat trend, balki kundalik ehtiyoj ekanligini tushunib yetmoqda.

Men eshitish no’giornligi bo’lgan insonlar uchun to‘siqlarsiz dunyo bo‘lishini istayman, toki biz fikrlarimizni erkin bildirib va muvaffaqiyatlarga erishishaylik. Buning uchun kompaniyalar eshitish no’gironligi bo’lgan odamlarning ehtiyojlariga moslashtirilgan ish joylarini yaratishlari kerak. Masalan, seminar va treninglar davomida surdo-tarjimon xizmatini tashkil etish, videoqo'ng'iroqlarda surdo-tarjimondan foydalanish zarur. Aynan bizning ma'lumotni idrok etishimizni hisobga oladigan, masalan, imo-ishora tiligagi maxsus STEM ta'lim dasturlarini yaratish muhimdir. Bu bizga murakkab texnik bilimlarni egallashga yordam beradi.

Men o‘qituvchilar va umuman odamlar imo-ishora tilini hech bo‘lmaganda boshlang’ich darajada bilishlarini istayman. Bu muloqotni osonlashtiradi va jamiyatimizda imkoniyatlarni kengaytiradi. Ishonchim komilki, biz kelajakda inklyuziv jamiyatni yaratamiz. Birgalikda harakat qilsak va har kim o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqara oladigan dunyo qursak, ko‘p narsaga erisha olamiz.