Diqqat-eʼtibor – bolalarga qarshi zoʻravonlikning oldini olishdagi samarali vosita

Mirobod tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish boʻlimi boshligʻi Nigora Shomatova bolalarga eʼtibor qaratish muhimligi toʻgʻrisida

UNICEF
UNICEF
UNICEF
06 Noyabr 2023

“Zo'ravonlik - bu harakatsiz uzib boʻlmaydigan tsikl. Er xotinga tazyiq oʻtkazgan oilada katta boʻlgan bolalar oʻz ota-onasining taqdirini qaytarishga moyil boʻladi. Xususan, oʻgʻil farzand oʻz turmush oʻrtogʻini kaltaklashi, qiz farzandning esa zoʻravonga turmushga chiqishi ehtimoli yuqori. Bolalarning psixologiyasiga bolalik paytlaridan asos solingani bois ular sogʻlom muhitda katta boʻlishi va ota-onasidan xulq-atvorning toʻgʻri modelini qabul qilishi uchun imkon qadar harakat qilish muhim”, deydi Nigora Shomatova. 

Nigoraning jamoasi turli toifadagi ijtimoiy zaif, shu jumladan, yetimlar, qonun bilan ziddiyatda bulgan hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar bilan ishlaydi. Mutaxassislar bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari va xavf ostidagi oilalar duch keladigan boshqa muammolar toʻgʻrisida maʼlumot berishi mumkin boʻlgan mahalliy aholi va taʼlim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Ishlarni koʻrib chiqqach, boʻlim xodimlari xavf ostidagi bolalar va oilalarga zarur koʻmak va yordamni koʻrsatish bilan shugʻullanadi.

Ota-ona janjallashgan, ajrashgan yoki uyda zoʻravonlik boʻlgan holatlarda bolalar azob chekadi,” deydi Nigora. “Faoliyatim davomida turfa xil holatlarga guvoh boʻlganman. Ota-onalar ichkilikka mukkasidan ketgan holatlar koʻp boʻlgan. Baʼzida esa farzandini bir shisha aroqqa sotishga uringanlarni ham koʻrganmiz. Ayrim vaziyatlarda bolalar ota-onasining diqqat-eʼtibori yoʻqligi va ota-onaga nisbatan boʻlgan nafrat tufayli uydan qochib ketadi. Bunda voyaga yetmagan qizlar fohishalik bilan oʻgʻil bolalar esa jinoyatchilik bilan shugʻullanishi holatlari koʻplab uchraydi. Bunday bolalar turli xil ruhiy va jismoniy travma olib, uzoq vaqt davomida professional yordamga muhtoj boʻladi”.

Bolalar oʻzini bunday tutishiga sabab aslida aniq boʻib, bu –  farzandlari toʻgʻrisida qaygʻurmaydigan, ularga eʼtibor bermagan ota-onalariga qaratilgan nido. Ammo istalgan eʼtibor oʻrniga, bolalar jazolanadi va tazyiqqa uchraydi.

Oilaviy zoʻravonlikni aniqlash uchun maktab direktorlari va o
ʻqituvchilar bolaning holatini yaqindan kuzatib borishi lozim. Bola darslarni oʻtkazib yuborgan, maktabga koʻkargan tana qismlari bilan kelgan, soglig'i yomonlashgan yoki baholari tushib ketgan hollarda maktab rahbariyati bu toʻgʻrisida zudlik bilan mahalla organlari yoki bolani himoya qilish boʻlimlarini xabardor qilishi lozim. Bundan tashqari mahalla organlari ota-onalar bilan ishlashi ham muhim, negaki bolaga yordam berish uchun butun oilani jalb qilish lozim. 

Afsuski, Nigora va uning hamkasblari barcha oilalarga yordam bera olmaydi, negaki hamma ham yaxshi tomonga oʻzgarishni istamaydi. Ularning vazifasi – oila va bolalarni o
ʻzgarish tomon yoʻnaltirish va birinchi yordam koʻrsatish. Ammo buning oʻzi yetarli emas. Oʻzgarishga erishish uchun oilaning irodasi va saʼy-harakatlari talab etiladi.

“Yaqin va samimiy munosabatlar – baxtli oilaning asosi boʻlib, farzandlar baxt va mehr muhitida tug
ʻilishi va katta boʻlishi lozim”, deb taʼkidlaydi Nigora.